Hozirgi zamon



Yüklə 279,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix04.07.2023
ölçüsü279,56 Kb.
#119262
1   2   3   4   5   6   7   8
Xudoyorova Ozoda Baxtiyarovna


часть
1
 
«
Научный импульс
»
Октябрь
, 2022 
78 
a
vtoritar qobiliyat, deb ham yuritiladi. Hurmatga ega bo‘lish ta’lim beruvchi shaxsiy 
sifatlarning butun bir kompleksiga, chunonchi, uning irodaviy sifatlariga ( dadilliligi, 
chidamliligi, qat’iyligi, talabchanligi va h.k), shuningdek, tarbiyalanuvchilarga ta’lim hamda 
tarbiya berish mas’uliyatini his etishga, bu ishonchni tarbiyalanuvchilarga ham yetkaza 
olishiga bog‘liq
bo‘ladi.
7. Kommunikativ qobiliyat 
–muomala va muloqot o‘rnata olish, bolalarga kirishib ketish 
qobiliyati, tarbiyalanuvchilarga to‘g‘ri yondashish yo‘lini topa olish, ular bilan pedagogik 
nuqtayi nazardan samarali o‘zaro munosabatlar o‘rnata bilish, peda
gogik nazokatning 
mavjudligi. 
8. Diqqatni taqsimlash qobiliyati 
–bir necha obyektlarga bir davrning o‘zida o‘z 
munosabatini bildirish. Ta’l
im beruvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari 

hajmi, uning 
kuchi, ko‘chuvchanligi, idora qilina olishi va ishga
solinishning taraqqiy etganligi muhimdir. 
Qobiliyatli, tajribali ta’lim beruvchi o‘z fikrini (yoki tarbiyalanuvchi fikrini) bayon qilishda
diqqat bilan kuzatadi, aynivaqtda barcha tarbiyalanuvchilarni o‘z diqqat
-
e’tiborida tutadi, 
toliqish, e’tiborsizlik,
tushunmaslik alomatlarini hushyorlik bilan kuzatib boradi, barcha 
intizom buzilish hollarini e’tibordan qochirmaydi, nihoyat o‘z shaxsiy x
atti-harakatlarini 
(mimikasi, pantomimikasi, yurish-turishni) ham kuzatib boradi. 
9. Kelajakni ko‘ra bilish qobiliyat


insonning kelajagini oqilona tasavvur qilishdan 
iborat bashorati. Bu o‘z harakatlarining oqibatlarini oldindan ko‘rishda, tarbiyalanuvch
ining 
kelgusida qanday odam bo‘lishi haqidagi tasavvur bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsni tarbiyalab 
yetishtirishda, tarbiyalanuvchining qanday fazilatlarning taraqqiy etishini oldindan aytib 
bera olishda ifodalanadigan maxsus qobiliyat. Bu qobiliyat pedagogik optimizmga, 
tarbiyaning qudratiga, odamga ishonish bilan bog‘liq bo‘ladi.
10.Konstruktiv qobiliyat 
–o‘quv
-tarbiya ishlarini rejalashtirish va natijasini oldindan 
aytish qobiliyati. Bu qobiliyat tarbiyalanuvchi shaxsning rivojini loyihalashga, o‘quv
- tarbiya 
mazmunini, shuningdek, tarbiyalanuvchilar bilan ishlash metodlarini tanlab olishga imkon 
beradi. Pedagogik qobiliya
tlarni har tomonlama o‘rganish qobiliyatlar shaxsning aql
-idroki, 
his-
tuyg‘usi va iroda sifatlarning namoyon bo‘lishidan iborat ekanligini ko‘rsatadi.
Bugungi olimlar, yuqorida bayon qilingan qobiliyatlar qatoriga, zamonaviy 
pedagogning qobiliyatini ham kiritishmoqda. 
Zamonaviy pedagogning qobiliyati 

zamonaviy ta’lim beruvchi, shogirdlarini aql
-u 
donishlikka, iymon-etiqodga, faol hayotiy pozitsiyaga, tashabbuskorlikka, tadbirkorlikka, 
ijodga yo‘naltirish kabi qator qobiliyatlarga ega bo‘lishi zarurligi ko‘zda tutilmoqda. Ushbu 
qobiliyat turi, ta’lim oluvchilarning kelajak faoliyatlariga yo‘naltirilganligi uchun, uni biz 
strategik qobiliyat atadik. 
Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari 
Pedagogik texnika 

pedagogik mahoratning tarkibiy qismlaridan biri bo
‘lib, 
o‘qituvchning o‘quvchilarga ta’sir o‘tkazish vositasi hisoblanadi. Pedagogik texnikani yetarli 
darajada egallagan o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqotga kirishish mahorati yuqo
ri 
bo‘ladi. Zarur so‘z va gapni kerakli paytda, talab etiladigan ohang
da ishlatish, qanday qarash, 


Международный
научный
журнал

3
(100), 
Yüklə 279,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə