Hujayraning tayanch harakat tizimi referat



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə5/6
tarix21.10.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#129997
1   2   3   4   5   6
Hujayraning tayanch-harakat sistemasi. Hujayra sikli. Hujayraning bo\'linish. Mitoz.

Sentriolalar
Sentriolalar Flemming (1875) va Beneden (1876) lar tomonidan topilgan. Ular hujayra markazi tarkibiga kiradi. Hujayra markazi esa Boveri (1888) tomonidan yetilayotgan askarida tuxumida kuzatilgan.
Ba’zi ob’ektlarda sentriolalar juft (diplosoma) bo’lib, sitoplazmaning oqish zonasi bilan o’ralgan, undan radial holda ingichka fibrillar tarqaladi, uni sentrosfera deb ataladi. Sentriola va sentrosfera birgalikda hujayra markazi yoki sentrosomani hosil qiladi. Sentriolalar hayvon hujayralarida doimo bo’ladi, ammo sodda hayvonlar, yuksak o’simlik va tuban zamburug’ hujayralarida kuzatilmagan. Hujayraning bo’linishida sentriolalardan bo’linish duki hosil bo’ladi va qutblarga joylashadi. Sentriolalarning nozik tuzilishi elektron mikroskop yordamida o’rganildi (38-rasm).

38-rasm. Sentriola va kiprikchalarning ko’ndalang kesmasi sxemasi. A-sentriolaning proksimal qismi, B-distal qismi, C-kiprikchaning kesmasi. 1-markaziy naycha, 2-radial naychalar (spisalar), 3-qo’lcha, 4-amorf modda, 5-kiprikchani o’rab turuvchi membrana, 6-kiprikning spisasi, 7-kiprikchaning mufta bilan o’ralgan markaziy mikronaychalari.
Har bir sentriola 0,3-0,6 mkm uzunlikdagi silindr shaklida bo’lib, uning diametri 0,1-0,15 mkm dir. Silindrning devori 9 guruh mikronaychalardan tashkil bo’lgan. Har bir guruh esa 3 tadan naycha (triplet) dan tuzilgan. Hamma hujayralar sentriolalari naychalarining soni bir xil va doimiy. Sentriolalar juft bo’lib, bir-biriga perpendikulyar joylashadi, ammo hech qachon bir-biriga tegib turmaydi(ilova,24). Tripletning birinchi mikronaychasi
(A-mikronaycha) ning diametri 25 nm va devorining qalinligi 5 nm bo’lib, 13 ta globulyar subbirlikdan tashkil topgan. Har bir tripletning uzunligi sentriola uzunligiga teng. Ikkinchi va uchinchi(V va S) mikronaychalarni A- mikronaychadan farqi shuki, ularning har biri 11 tadan subbirliklardan iborat va qo’shni mikronaychalar bir-biriga zich joylashadi. Har bir triplet silindrning markaziga nisbatan taxminan 400 li burchak hosil qilib joylashadi.
Odatda interfaza hujayralarida doimo ikkita sentriolalar duplet yoki diplosoma hosil qilib yonma-yon joylashadi. Diplosomada bir sentriolaga ikkinchisi perpendikulyar joylashadi. Ulardan biri “ona”, ikkinchisi “qiz” sentriolalardir. Ikkala sentriolalar uchlari bilan shunday yaqinlashganki, qiz sentriolaning proksimal uchi ona sentriolaning yuzasiga qaragan holda joylashadi. Ona sentriolasining distal uchida tripletlarda o’simta (shpor) shaklida amorf modda joylashadi. Qiz sentriolada ular bo’lmaydi.
Har bir sentriola atrofida strukturasiz yoki ingichka tolali matriks bo’ladi. Yana sentriola atrofida bir nechta qo’shimcha strukturalar: satellitlar, mikronaychalar moslamalari, sentrosfera hosil qiluvchi qo’shimcha

39-rasm. Aksolotl leykotsiti diplosomasining tuzilishi.
1-ona sentriola, 2-qiz sentriola, 3-satellit oyoqchasi, 4-satellit boshchasi, 5-mikronaychalarning birlashish joyi,6-mikronaychalar.
Elektron mikroskopik tekshirishlarning ko’rsatishicha sentrosfera shu’lalari diplosomadan tarqalayotgan mikronaychalar ekan. Ona sentriola atrofida joylashgan perisentriolyar satellitlar sentriola devorida joylashadigan konussimon oyoqchasi va shu oyoqchada tugaydigan boshchadan tuzilgan.
Satellitlarning soni har xil bo’lib, sentriolaning turli qismlarida joylashadi.
Bundan tashqari, sentriola bilan struktura jihatidan bog’liq bo’lmagan uning yonida joylashgan mayda zich tanachalar bo’ladi, unga bir yoki bir nechta mikronaychalar keladi. Mikronaychalar satellitlar boshchalariga ham keladi. Bu qo’shimcha mikronaychalar sentriolaning mikronaychalaridan bevosita chiqmaydi, ular faqat satellitlar bilan yoki matriks bilan tutashgan bo’ladi. Xuddi shu mikronaychalar sentriolalar atrofida sentrosferani hosil qiladi.
Qo’shimcha strukturalarni mikronaychalarning tubulinlardan yig’ilishi markazlari deyish mumkin. Sentriolalarning kimyoviy tuzilishi o’rganilmagan, ammo shunga qaramay sentriola mikronaychalari tarkibiga tubulinlarning kirishiga barcha asoslar bor.
Interfaza hujayrasida sentriolalar yadro va yadro membranasi bilan bog’liq bo’lar ekan. Ultratsentrifuga yordamida yadro ajratilganda u bilan birga barcha sentriolalar ham shu fraksiyada bo’ladi. Sentriolalarning yadro bilan aloqasi, asosan, mikrofilamentlar va oraliq filamentlar orqali amalga oshadi.


Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə