Hujayraning tayanch harakat tizimi referat



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə3/6
tarix21.10.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#129997
1   2   3   4   5   6
Hujayraning tayanch-harakat sistemasi. Hujayra sikli. Hujayraning bo\'linish. Mitoz.

Mikrofilamentlar
Mikrofilamentlar deyarli barcha hayvon va o’simlik hujayralarida topilgan. Ular uzunligi 7 nm keladigan ingichka oqsil ipchalardir. Mikrofilamentlar ayniqsa, sitoplazmaning yuza (kortikal) qatlamida, harakatchan hujayralarning psevdopodiylarida uchraydi va turli yo’nalishlarda bir-birini kesib o’tuvchi ingichka ipchalardan iborat to’rni hosil qiladi. Bundan tashqari, ular ingichka ichakning epiteliysi hujayralarida ham uchraydi va hujayraning tanasi bo’ylab o’tadigan tutamlarni hosil qiladi.
Lyuminessent mikroskop orqali mikrofilamentlarning tarkibida aktin va boshqa oqsillarning borligi aniqlangan. Mikrofilamentlarni to’qimalar kulturasida fibroblastlarda o’rganish qulay ekan, chunki ular shisha idish bo’ylab faol harakatlanadi. Agar uni shishadan ajratilsa, u yumaloqlashib oladi. Oynaga yopishib olsa, yuza bo’ylab cho’ziladi. Bunda u bir necha ko’rinishni (bosqich) namoyon qiladi: yopishishni boshlanishi, radial yassilanish va qutblanish(Vasilev, Gelfrand,1981,). Hujayra substratga o’tirgach radial cho’zilishni boshlarida harakatlanish xususiyatini namoyon qiladi, o’z atrofiga psevdopodiylarni chiqaradi, ularning uchlari substratga yopishadi. Bunday hujayralar radial yassilangandan so’ng qutblana boshlaydi. Bu vaqtda psevdopodiylar hujayraning bir tomonida, uning faolroq qismida qoladi.
Sitoplazmaning xuddi shu qismi fibroblastni harakat yo’nalishini belgilaydihujayra qutblanish bosqichiga o’tib harakatlana boshlaydi (ilova,21), hujayraning boshqa yuzalari faolligini yo’qotib, barqaror bo’lib qoladi.
Fibroblastlarning harakatini birinchi bo’lib, V.Lyuis mikrokinoni qo’llash orqali o’rgandi. U psevdopodiylar joylashgan qism ayollar ko’ylagining etagiga o’xshash kengaygan burmali bo’lishini, uning qirg’oqlarida lamellopodiy deb ataluvchi o’simtalar hosil bo’lishini kuzatdi. Ularning uchlari substratga mustahkam yopishganda o’sha tomonga qarab hujayra tortiladi, agar yopishmasa lamellopodiy sitoplazmaga tortib olinadi.
Fluoressent metodini qo’llash orqali qutblangan, harakatlanayotgan fibroblastlarni o’rganish, hujayraning faol qismi korteksida, hujayra tanasida harakat yo’nalishi bo’ylab joylashgan mikrofilament tutamlarida va psevdopodiylarning qirg’oqlarida aktinni bo’lishi kuzatildi.
Shu metod yordamida hujayrada qisqarish jarayonida ishtirok etuvchi miozin, α-aktin, tropomiozin bo’lishi aniqlandi (ilova,22).
α-aktinin mikrofilamentlar tutami plazmatik membranaga yaqinlashgan va lamellopodiy substratga mustahkam birikkan qismida joylashadi. Shuningdek, u mikrofilamentlar tutami tarkibida ham uchrab, yo’l-yo’l ko’rinishni namoyon qiladi. Bu holda α-aktinin Z disk miofibrillariga o’xshash fibrilyar aktin molekulalarini bir-biriga bog’laydi.
Fibroblastlarning miozini muskul miozinidan aminokislotalarning joylashish tartibi bilan farqlanadi va u yo’g’on fibrillar hosil qilmaydi.
Aktomiozin oqsili kompleksiga kiruvchi tropomiozin ham mikrofilamentlar tutami tarkibida topilgan. Mikrofilamentlar harakatning hujayraviy shaklini ta’minlovchi elementar strukturalar hisoblanadi.
Ichak epiteliysi so’rg’ichlarida plazmatik membranaga valin oqsili yordamida birikadigan aktinli mikrofilamentlar topilgan.
Mikrofilament tutamlari hujayraning harakatida va uning alohida
komponentlarining harakatini ta’minlovchi kuchli qisqaruvchi strukturalarning paydo bo’lishida qatnashadi. Ehtimol, hujayra ichidagi barcha organellalarning harakati ham mikrofilamentlar bilan bog’liq bo’lsa kerak. Sitoplazmaning harakati-sikloz ham shu bilan bog’liq.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə