Hujayraning tayanch harakat tizimi referat


Protoplazmaning oqishi - sikloz



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə2/6
tarix21.10.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#129997
1   2   3   4   5   6
Hujayraning tayanch-harakat sistemasi. Hujayra sikli. Hujayraning bo\'linish. Mitoz.

Protoplazmaning oqishi - sikloz
Bu harakatni yirik vakuola atrofida yupqa sitoplazmatik parda hosil qiladigan o’simlik hujayralarida (elodeya) kuzatish ancha qulay. Sitoplazmaning periferik qismlarida to’xtovsiz harakat kuzatiladi va xloroplastlarni hamda hujayradagi granulalarni hosil bo’lgan joydan boshqa qismlarga siljitadi. Analogik harakatlar yuqori hayvonlarning to’qimalari kulturasida ko’proq kuzatiladi. Bu harakatlarni mikrokinematografiya metodi yordamida o’rganiladi.
Hujayra ichidagi harakatlarga yana mitotik harakat ham kiritiladi. Bu harakat hujayra markazi va xromosomalarning siljishi bilan xarakterlanadi. Sitoplazmaning barcha harakatlarini sikloz deb ataladi.
Ba’zi hujayralar ixtisoslashgan strukturalar-kipriklar va xivchinlarga ega bo’lib, ular hujayralarni yoki ularning atrofidagi suyuqlikni harakatga keltiradi. Shu narsa isbotlandiki, qandaydir harakat apparati, albatta, qandaydir hujayra ichi tayanch, sinch yoki skelet tuzilmalari bilan bog’liq bo’lar ekan. Shuning uchun hujayraning bunday tuzilmalarini harakat-tayanch sistema deb atash mumkin.
Hujayraning haqiqiy harakat komponentlariga turli mikrofilamentlar va mikronaychalarga to’plangan oqsillarni, hujayraichi tayanch yoki skelet strukturalariga esa mikrofibrillar va mikronaychalarni kiritish mumkin. Barcha harakat apparatlarining ishini yaxshi tushunish uchun birinchi navbatda muskullarning qisqarishini o’rganish zarur.
Muskullar qisqarishi
Muskul to’qimasi hujayralarining sitoplazmasida qisqaruvchi ipchalarmiofibrillar bo’ladi. Ular, ayniqsa, skelet muskullarida, yurak muskuli va silliq muskullarda ko’plab bo’ladi. Skelet va yurak muskulida miofibrillar o’ziga xos tuzilgan bo’lib, ular ko’ndalang yo’lli bo’lib ko’rinadi. Yorug’lik mikroskopida miofibrillar tutamining barcha qismlari bir xil emas, unda qoramtir va oqish qismlar bo’ladi. Qoramtir disklarni anizotrop disk deb (Adisk), oqishlarini-izotrop disk deb (I-disk) ataladi. I-disk Z chiziq orqali ikkiga ajraladi. Har bir miofibrill (yo’g’onligi 0,5 mkm) navbatlashib joylashadigan qismlardan tuzilgan bo’ladi:A+0,5I+Z+0,5I+A+0,5I..v.b. Shunday qilib, miofibrillning tuzilish va funksional birligi ikki Z chiziqlarining oralig’isarkomera ekan. Sarkomeraning kattaligi bo’shashgan holda bir xil (hayvonning turiga qarab 1,8-2,8mkm) bo’ladi. Sarkomeraning tuzilishi elektron mikroskop orqali o’rganildi. Ma’lum bo’lishicha, miofibrill o’z navbatida yana ham ingichkaroq ipchalar-protofibrillardan tashkil topar ekan, ularning diametri sarkomeraning turli qismlarida turlicha bo’ladi. I disklarda uzunligi 1 mkm atrofida bo’lgan ingichka (7nm) iplar, A disklarda ingichka iplardan tashqari uzunligi 1,5 mkm bo’lgan yo’g’on (16 nm) iplar ham bo’lar ekan. Protofibrillar bir-biriga parallel holda joylashadi, biri ikkinchisiga o’tmaydi.
Agar e’tibor berib qaralsa, sarkomeraning uzunasiga protofibrillarning uchta: Z chiziq bilan birikkan ingichka, keyin yo’g’on va yana Z chiziq bilan birikkkan ingichka qismlar ko’zga tashlanadi. A disk zonasida yo’g’on fibrilldan tashqari Z chiziqdan keladigan ingichka fibrill oxiri joylashadi (ilova,19).
Ingichka iplar, asosan, aktin, qisman tropomiozin va troponin, yo’g’onlarimiozin oqsilidan tarkib topganligi aniqlangan. Z disklar α-aktin va desmin oqsillaridan tuzilgan. Aktinning molekulyar og’irligi 43,5 ming bo’lib, kattaligi 3 nm keladigan globulyar oqsildir. U ATF va ba’zi oqsil faktorlari ishtirokida yo’g’onligi 7 nm gacha bo’lgan ipsimon strukturalarga aylanadi. Bunday aktin fibrillari bir-biri atrofida aylanuvchi ikkita spiraldan tashkil topgan. Yo’g’on iplarning tarkibiga kiruvchi miozin juda yirik oqsil (mol. og’irligi 470 ming) bo’lib, 6 ta zanjirdan tuzilgan. Ulardan ikkitasi uzun bo’lib, biri ikkinchisini spiral holda o’raydi; 4 tasi qisqa bo’lib, ular uzun ipning uchiga birikadi va globulyar “boshcha”ni hosil qiladi, u ATF aza faolliligi ega bo’lib, aktin bilan bog’lanib aktomiozinni hosil qiladi, u esa qisqarish xususiyatiga ega bo’ladi.
Miozinning uzun (150 nm) molekulalari bog’lam (tutam) ni hosil qiladi, uning tarkibiga 300 ta shunday molekulalar kiradi. Bunday yo’g’onlashgan (16nm) miozin protofibrillarida uzun iplar “dumi-dumiga” qaragan holda yotadi, natijada miozinning boshchasi bunday iplarning oxirida joylashadi, o’rta qismida esa boshchalar bo’lmaydi. Boshchalar ko’ndalang ko’priklar hosil qiladi, ular aktin va miozin iplarini bir-biriga bog’laydi. Boshchaning aktin bilan bunday bog’lanishida aktomiozin kompleksi hosil bo’ladi.
Aktin protofibrillari bir uchi orqali Z disk bilan bog’langan. Z disk tarmoqlangan α-aktin oqsil molekulasidan iborat, u miofibrillarga ko’ndalang joylashgan fibrillyar to’rni hosil qiladi. Z diskga ikki tomondan qo’shni sarkomeralarning aktin iplari birikadi. Z disklarning vazifasi sarkomeralarni bir-biriga bog’lashdan iborat, ular qisqaruvchi strukturalar hisoblanmaydi. Umuman olganda, muskulda qisqaruvchi, o’z uzunligini qisqartuvchi molekula yo’q. Qisqarishni yuzaga kelishi Z disklar orasidagi masofaning kichrayishi, ya’ni sarkomeralar uzunligini kichrayishi hisobiga amalga oshadi. Muskul qisqarishi mexanizmi miofibrilda joylashgan barcha sarkomeralar oralig’ining bir vaqtda kichrayishidan iborat. G.Xaksli muskullar qisqarishi asosida yo’g’on va ingichka iplarni bir-biriga nisbatan siljishi yotadi, degan fikrni ilgari surdi. Bunda yo’g’on-miozinli iplar aktinli iplar orasiga kiradi va Z disklarini birbiriga yaqinlashtiradi. Bu sirpanuvchi iplar modeli faqat ko’ndalang yo’lli muskullarni emas, balki barcha qisqaruvchi strukturalarning qisqarishini tushunishga imkon beradi. (ilova,20).
Silliq muskullarda ham aktin va miozinli iplar bor, ammo ko’ndalang yo’lli muskuldagidek to’g’ri joylashmagan. Ularda sarkomeralar yo’q, aktinli protofibrillar tutami asosida qat’iy tartibli bo’lmagan holda miozin molekulalari joylashadi va skelet muskuldagi kabi yo’g’on tuzilma hosil qilmaydi.
Muskul hujayralaridan boshqa hujayralar ham harakatlana oladi, ayrim qismlari qisqara oladi. Ularda ko’ndalang chiziqli fibrillar yo’q, bunday hujayralarda harakat jarayonlari turli xil mikrofilamentlar yordamida amalga oshadi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə