Hujayraning tayanch harakat tizimi referat



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə4/6
tarix21.10.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#129997
1   2   3   4   5   6
Hujayraning tayanch-harakat sistemasi. Hujayra sikli. Hujayraning bo\'linish. Mitoz.

Oraliq filamentlar
Oraliq filamentlar mikrofibrillar deb ham atalib, yo’g’onligi 10 nm ga teng bo’ladi, shuning uchun ularni 10 nm filamentlar (100Å) deb atashadi.
Ular odatda tutamlar hosil qiladi va asosan sitoplazmaning periferiyasida joylashadi, ammo ularning yadro atrofida joylashganligi ham kuzatilgan (ilova,23). Kimyoviy tarkibi jihatidan ular turli-tuman bo’ladi. Masalan, epiteliy hujayralarida keratin (tonofilamentlar), mezenxima hujayralaridavimentin, muskul hujayralarida-desmin, nerv hujayralarida-neyrofibrill oqsili ko’rinishida uchraydi. Oraliq filamentlar, asosan, mexanik, skelet yoki sinch vazifasini bajaradi. Ko’pchilik epiteliy hujayralarida, ayniqsa, teri epiteliysida ular yo’g’on tonofibrill tutamini hosil qiladi. Ular bu hujayralarga egiluvchanlik, taranglik va mustahkamlik beradi. Bular ko’pchilik desmosomalar bilan birikib, haqiqiy mexanik funksiyani namoyon qiladi. Oraliq filamentlar mikrofilamentlar va mikronaychalar kabi harakatchandir. Masalan, fibroblastlar yassilanishi vaqtida ular dastlab yadro atrofiga yig’iladi, keyinroq esa hujayraning periferik qismlarida ham kuzatiladi. Hujayra bo’linishida ular ikkita taqasimon strukturaga ajraladi, keyinchalik qiz hujayralarning yadrosini o’rab oladi. Bu kuzatishlar oraliq filamentlar yadroni sitoplazmaning muayyan joyida turishini ta’minlarmikin, degan fikrga ham olib keladi.
Mikronaychalar
1963 yilda hayvonlar va o’simliklar hujayrasi sitoplazmasining tashqi qatlamlarida diametri 250 Å, devorining qalinligi 50-80Å, uzunligi bir necha mk keladigan naychasimon organoidlar ochildi. Buni dastlab, Robertis va Frasti tomonidan mielinli nerv tolasidan ajratilgan aksoplazmada kuzatdilar va mikronaychalar deb nomladilar.
Mikronaychalarning ochilishi uchun o’simlik to’qimalarini fiksatsiya qilishning yangi usullarini ishlab chiqilgandan keyingina imkon yaratildi.
Mikronaychalar oqsillardan iborat bo’lib, membranali tuzilishga ega emas. Ular aniq morfologik tuzilishga egaligi uchun hujayraning boshqa komponentlaridan oson ajratiladi. Mikronaychalar barcha eukariotik hujayralarda topilgan, bakteriya va prokariotlarda topilgan emas. Bular barcha hujayralarda o’xshash tuzilish va vazifaga ega.
Mikronaychalar sitoplazmada erkin, ba’zan vaqtinchalik to’plamlar hosil qilib joylashadi. Masalan, o’simlik va hayvon hujayralarida duk iplarini hosil qiladi. Ular murakkab tuzilgan sentriola va bazal tanachalar tarkibiga kiradi. Mikronaychalar kiprik va xivchinlarning tuzilish birligi hisoblanadi. Mikronaychalar to’g’ri, tarmoqlanmagan, ichi bo’sh silindrlardir. Ularning tashqi diametri 24+2 nm, ichkisi 15 nm, devorining qalinligi 5 nm. Mikronaychalar devori zich joylashgan, kattaligi 5 nm atrofida bo’lgan yumaloq subbirliklardan iborat. Elektron mikroskop ostida mikronaychalarning ko’ndalang kesimida 13 ta subbirlik ko’rinadi, ular bir qavatli xalqani hosil qiladi. Ajratib olingan mikronaychalarni turli metodlar orqali o’rganish, ularning devori ipsimon strukturalar (protofilament) bo’lib, ular uzunasiga joylashgan 5 nm keladigan globulalardan tuzilganligini ko’rsatadi. Bu globulyar fibrillar bir-biriga zich joylashib, mikronaycha devorini hosil qiladigan xalqasimon qatlamlarni shakllantiradi. Sodda hayvonlarning kiprik, xivchin, bo’linish dukining mikronaychalari o’xshash tuzilish va xususiyatga ega. Ular faqat mikronaychalar uchun xos bo’lgan oqsil- tubulinlardan tuzilgan. Elektroforez metodini qo’llash orqali mikronaychalarda ikki xil: α- va β- tubulinlar bo’lishi aniqlandi. Ular dimerlarni hosil qiladi va mikronaychalar devorini tashkil qiluvchi subbirliklar hisoblanadi.
Mikronaychalar tarkibiga tubulinlardan tashqari 20 ga yaqin yuqori molekulali qo’shimcha oqsillar ham kiradi va mikronaychalarning shakllanishida tubulinlarni polimerlanishida qatnashadi.
Mikronaychalarning hosil bo’lish jarayoni (sborka) o’z-o’zini yig’ish asosida bo’ladi. Buni kerakli sharoitlarni yaratib, 370 S da probirkada amalga oshirish ham mumkin. Muhitga tayyor mikronaychalar qo’shish orqali tubulinlarning polimer holiga o’tishini tezlashtirish mumkin. Shuningdek, probirkada mikronaychalarni parchalash (razborka) yoki depolimerlash ham mumkin, buning uchun muhitga Ca++ ionlari yoki kolxisin qo’shiladi. Tabiiy sharoitda sitoplazmada doimo mikronaychalarning yig’ilishi va parchalanishi yuz berib turadi (37 rasm).
Tirik hujayralarda yangi mikronaychalar sentriollarda, bazal tanachalarda, mitotik xromosoma kinetoxorlarida hosil bo’ladi, ular “mikronaychalar shakllanishi markazlari” hisoblanadi. Shu narsa isbotlandiki, alohida tubulinlar ham, mikronaychalar ham o’zlari qisqarish xususiyatiga ega emas ekan.

37-rasm. Mikronaychalar.
A-mikronaychalarda tubulin subbirliklarining joylashish sxemasi. Bmikronaychalarning tubulinlardan yig’ilishi. 1-subbirliklarni spiral joylashuvi, 2-subbirliklarning ikki qismdan
tuzilganligi, 3-subbirliklarning ajralib, qayta birlashuvi, 4-mikronaychaning ko’ndalang
kesigi

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə