I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


O‘tkir nur kasalligining yashirin davri



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

O‘tkir nur kasalligining yashirin davri.
Bu fazaning davomliligi kasallikning 
og‘irlik darajasiga bog‘liq bo‘lib 1-4 xafta davom etadi. Yashirin davr o‘tkir nur


70 
kasalligi ogir formalarida bir necha kungacha qisqaradi, 10 Gr-dan ortiq dozalarda 
umuman kuzatilmasligi mumkin. Bu fazada kasallikning tashqi belgilari yuqoladi va 
bemor go‘yo sog‘aygandek bo‘ladi. Ammo qonni tekshirish kasallikning 
rivojlanishda davom etayotganini ko‘rsatadi. Birinchi davrda kuzatilgan neytrofil 
leykotsitoz bu fazada leykopeniya bilan almashinadi. Keyinroq trombopeniya, 
retikulopeniya yuzaga keladi, limfopeniya saqlanadi. Suyak ko‘migida aplaziya, 
ayollarda tuxumdonda atrofiya, spermatogenezning susayishi yuzaga keladi. 
O

tkir nur kasalligi klinik alomatlari rivojlangan fazasi. 
Bu fazada bemorning 
ahvoli qaytadan yomonlashadi, harorat ko‘tariladi, yurak urishi tezlashadi, kuchli 
darmonsizlik paydo bo‘ladi. Kasallikning klinikasi gemorragik, pansitopenik sindrom 
va infeksion asoratlarning belgilaridan iborat bo‘ladi.
Gemorragik sindrom, bu fazada rivojlanadigan trombopeniya, qon tomirlar 
devorining o‘tkazuvchanligining ortishi va qon ivishining biokimyoviy omillari-
protrombin, fibrinogen va boshqa faktorlar etishmovchiligi tufayli yuzaga keladi. 
Teri, shilliq pardalar, me’da-ichak trakti, o‘pka, yurak, miya va boshqa a’zolarda turli 
kattalikda qon kuyulishlar yuzaga keladi va kasallikning bu fazasida bemorlarning 
o‘lish sabablaridan biri hisoblanadi. 
Bu faza uchun ikkinchi tur xarakterli o‘zgarishlar: periferik qonda leykotsitlar 
umumiy 
sonining 
kamayib 
ketishi, 
neytropeniya, 
absolyut 
limfopeniya,
trombopeniya, retikulopeniya va asta-sekin eritropeniya yuzaga keladi. 
O‘tkir nur kasalligi og‘ir formalarida suyak ko’migi hujayralarining go‘yoki 
qirilib ketishi, kasallikning engilroq formalarida kumuk va limfa tugunlarda 
regeneratsiya alomatlari kuzatiladi. Organizmda qator biokimyoviy o‘zgarishlar–
gipoproteinemiya, gipoalbuminemiya, qonda azot qoldig‘ining ortishi, xloridlarning 
kamayishi, modda almashinishining xamma turlarning buzilishi, ishtaxasizlik, ich 
ketishi, bularning natijasida oriqlab ketish ro‘y beradi. Qon ishlab chiqarishning 
aplaziyasi, jigar, buyrak va boshqa a’zolar funksiyasini buzilishi, o‘limga olib 
keluvchi ikkinchi asosiy sabab hisoblanadi. 
Nur ta’sirid a ro‘y bergan leykopeniya, limfotsitopeniya, teri shilliq pardalarning 
to‘sik (barer) funksiyasining buzilishi, immunitetning xujayra va gumoral 
faktorlarining kuchsizlanishi infeksion asoratlar – stomotitlar, tonzillitlar, gastro-
entero-kolit, pnevmaniya va boshqa infeksion kasalliklarni yuzaga keltiradi. 
Organizmda bakterimiya va sepsis yuzaga keladi. Infeksion asoratlar kasallikning bu 
fazasida o‘limga olib keluvchi asosiy faktorlardan yana biri hisoblanadi. Kasallikning 
3-fazasi 1-3 xafta davom etadi. 


71 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə