I. Asosiy qism Maktabgacha yoshdagi bolalarni ahloqiy tarbiyaning ahamiyati


Vatanga muhabbatni tarbiyalash va baynalmilalchilik tarbiyasi



Yüklə 37,11 Kb.
səhifə4/5
tarix18.05.2023
ölçüsü37,11 Kb.
#111009
1   2   3   4   5
Katta gurux bolalariga ahloqiy tarbiya bеrishning shakl va usullari.

Vatanga muhabbatni tarbiyalash va baynalmilalchilik tarbiyasi
Vatan hissi... U bolada oilaga, eng yaqin kishilari –ota, ona, buva, buvi, aka –uka, opa –singillariga bo’lgan munosabatdan boshlanadi. Bu uni qadrdon uyi va yaqin kishilari bilan bog’laydigan ildizlardir.
Eramizdan oldin yashagan yunon adiblaridan biri “Vatan sha’niga” asarida: “Mening bu gaplarim g’oyat eski gaplardir. Lekin haqiqat shunday: o’z otasini sevmagan farzand o’zganing otasini ham hurmat qila olmaydi, o’z vatanini sevmagan kishi o’zgalar vatanini qadrlay olmaydi”, deb yozgan ekan. Uning bu gaplari oradan ikki ming yildan ortiq vaqt o’tgan bo’lsa ham, uning uchun o’sha paytda “eski bo’lgan gaplar” hozir naqadar zamonaviy jaranglamoqda.
Vatan deganda nimani anglash mumkin? Vatan – arabcha ona yurt degani.
Vatan – bu odam tug’ilib o’sgan, tarbiyalangan, mehnat quvonchini totgan, shu odam mansub bo’lgan xalq tarixi bilan bog’langan hamda turixan shakllangan ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy va madaniy muhitdir.
Vatan – ko’p qirrali tushunchadir, bu ma’lum xalq yashaydigan hudud, ijtimoiy –iqtisodiy va siyosiy tuzum, milliy hayot, madaniyat, til, milliy an’analar, ya’ni kishi mansub bo’lgan jamiyatning moddiy va ma’naviy sharoitlari yig’indisini o’z ichiga oladi.
Vatanparvarlik –vatanga muhabbat, unga sodiqlik, uning manfaatlari yo’lida xizmat qilishga tayyor turish demakdir. Vatanparvarlik ijtimoiy, tarixiy va ahloqiy his- tuyg’u sifatida olamning ijtimoiy taraqqiyoti davomida paydo bo’ladi.
Ibtidoiy jamoa tuzumida vatanparvarlik faqat o’z urug’doshlariga, ona yerga, ona tiliga, urf –odatlarga bog’liq his bo’lgan bo’lsa, sinflar paydo bo’lishi bilan vatanpvarlik g’oyalari chuqurlashib, ijtimoiy hayotning tobora ko’proq sohalariga chuqurroq kirib bordi.
Davrlar o’tishi bilan bu tuyg’u buyuk qudratga aylanadi. Buyuk o’zbek mutafaakirlarining fikricha, “Biz tug’ilgan yurtimizdan uzoq ketsak, bizni tortib kelaturg’on quvvat o’z vataniimizning, ona tuproqning mehru muhabbatidir”. Biz Vatan so’zini ne-ne so’zlarga qo’shib, ne –ye qadriyatlarga sifat berib ishlatamiz: “Vatan tuprog’i”, “Vatan adabiyoti”, “Vatan tuyg’usi”, “Vatan tarixi”. Maqollarimizda o’zbek xalqining ona vatanga bo’lgan cheksiz muhabbati, hurmati, sadoqati o’z ifodasini topgan. Ularda vatan, el –yurt ulug’lanadi, har kim o’z elida erkin nafas olishi, izzat –hurmatda yashashi ko’rsatilib, vatanni sevish, uyga hamisha sodiq bo’lish zarurligi uqtiriladi. “Bulbul chamanin sevar, odam vatanini”, “Onaga bo’lgan muhabbat – vatanga bo’lgan muhabbatning kurtagi”, “Kim onasin sevmagan, kim vatanin sevmagan?!”, “Har kimning o’z elati o’ziga shirin”, “Har qush o’z uyasida erkin”, “Har qush o’z uyasiga qarab uchadi”, Har toycha suv ichgan bulog’ini maqtaydi”, “Har ko’katning o’z suygan tuprog’i bor”, “Tovushqonga tug’ilgan tuprog’i aziz” abi maqollarda ona yurt o’zining butun borligi bilan madh etiladi va har kimning o’z vatani o’zga yurtlardan afzalligi, naqadar yoqimli va nihoyatda azizligi faxr va g’urur ila madh etiladi.
Shu bilan birga o’z vatanini faqat sevibgina qolmay, balki uni asrab, avaylashga chaqiruvchi xalq maqol a matallarini ham ko’plab uchratish mumkin: “O’lsang o’l –vatanda bo’l”, “Vataning tinch –se tinch”, “Eling omon bo’lsa, sen omon”, “Vatanga falokat –o’zingga halokat”, “Ona yurting omon bo’lsa, rangi – ro’ying somon bo’lmas” kabi maqollarda Vatanning tinchligini saqlash, uning dahlsizligini ta’minlay, ona tuprog’ini dushman oyog’i ostida toptamaslik, vayron bo’lishiga yo’l qo’ymaslik –oliy burch ekanligi uqtiriladi.
“Yurtim –ko’ksim, elim –iligim”, “Esi butun elidan chiqmas”, “Tog’ gulining tog’da o’sgani yaxshi”, “Tuqqan yerdan oyoq uzilsa ham ko’ngil uzilmas”, “Shunqor qiyasin sog’inar, to’rg’ay uyasin”, “Oyodan yorug’ narsa yo’q qora bulut bo’lmasa, odamdan g’arib narsa yo’q qaytib yurtin topmasa”, “Vafosizga vatan yo’q” kabi maqollarda unib o’sgan yurtni noshukurchilik qilib tashlab ketish juda yomon va xunuk oqibatlarga olib borishi ta’kidlanadi.
Bu haqda bobokalon shoirimiz A.Navoiy shunday yozganlar:
Vatan tarkini bir nafas aylama,
Yana ranji g’urbat havas aylama.
Chunki vatandan tashqarida baxt yo’q, begona yurt hech qachon vatan bo’lolmaydi. O’z vatanini tashlab ketishga majbur bo’lgan va chet ellarda yashashgan majbur bo’lgan zahiriddin Muhammad Bobur o’z vatanini cheksiz sevgan, o’z xalqiga chuqur hurmat bilan qaragan vatanparvar shoirdir. Uning vatan muhabbatini kuylashga bag’ishlangan chiroyli ruboiylari bor.
Tole yo’qi jonimga balolig bo’ldi,
Har ishni ayladim xatolig’ bo’ldi,
O’z yurtni qo’yib hind siri yuzlandim,
Yorab netayin ne yuz qaroliq bo’ldi.
U chet elda bo’lsa ham o’z ona yurtidan bir dam bo’lsa –da ko’nglini uzolmadi, ona vatanini qo’msab azob chekdi:
Ko’pdin berikim yoru diyorim yo’qdir,
Bir lahzai bir nafas qarorim yo’qtir.
Boshqa o’rinda:
Yod etmas ermish kishini g’urbatda kishi.
Shod etmas emish ko’nglini jannatda kishi.
Ko’nglum bu g’ariblikda, shod o’lmadi oh,
G’urbatda sevinmas emish albatta kishi,
deb o’z taqdiridan noliydi.
Haqiqiy vatanparvarlik vatan manfaati yo’lida kerak bo’lsa hatto qurbon bo’lishga ham tayyor turishda namoyon bo’ladi. Chunki o’zingni vatanga qanchalar yaqin his etsang, uni shu qadar vujud kabi aniqroq va sevibroq tasavvur qilasan. O’z ota –onasi, o’z ona tuprog’i, qishlog’i, o’z millati va xalqi, o’z tarixi, madaniyatini sevmagan kimsa qanday qilib begonalarni sevolsin, qanday qilib bunday shaxsdan tom ma’nodagi baynalmilalchi chiqsin?
O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov o’zining “O’zbegim” qasidasida ona vatanni chiroyli ta’riflagan:
Tarxingdir ming asrlar ichra pinhon o’zbekgim,
Senga tangdur Pomiru oqsoch Tyanshon o’zbegim,
So’ylasin Afrosiyobu so’ylasun O’rxun xati,
Ko’hna tarix shodasida bitta marjon o’zbegim.
Men buyuk yurt o’g’lidurman, men bashar farzandiman,
Lekin avval senga bo’lgum sodiq o’g’lon o’zbekgim.
Tarixiy obidalarga, bolalar ruhi ufurib turgan asori –atiqalarga hurmat ila munosabatda bo’lish tarixga bo’lgan hurmat, ehtiromning bir qirrasidir. Unut bo’lgan tariximizni tiklash, payhon bo’lgan zaminimizni poklash, kelajak avlodga ajdodlarimizdan qolgan merosimizni eson –omon yetkazish –har bir insonning, vatanparvar, xalqparvar, tarixiparvar insonlarning ham qarz, ham farzidir. Vatanparvarlik tuyg’usi, tarbiyasi ota –onaga, o’z mahalla, qishlog’iga, nohiya, shahar, viloyat va jumhuriyatiga bo’lgan cheksiz muhabbatdan, uning tarixi va madaniyatiga bo’lgan mislsiz va tengsiz hurmat va sadoqatdan boshlanadi.
Vatan tuyg’usi kichkina odam ko’z o’ngida ko’rayotgan narsadan qoyil qolishidan, uni hayratlantiradigan va qalbida aks –sado beradigan narsalardan boshlanadi. Kattalarning vazifasi –bola oladigan ko’plab taassurotlardan unga eng tushunarli bo’lganlarini: eng yaqin kishilari, jonajon o’lka tabiati va hayvonot dunyosi, kishilarning xalq farovonligi, vatanning gullab –yashnashi yo’lidagi mehnati, o’rtoqlik, o’zaro yordam va boshqalarni tanlab berishdan iboratdir. Xo’sh, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tushunchasiga nima ko’proq mos keladi va nima uni qiziqtirishi va hayajonlantirishi mumkin?
Dastavval, bu u tug’ilgan va yashayotgan joylardir. Jona-jon ona tabiat vatanga muhabbatni tarbiyalashning kuchli omillaridan hisoblanadi. Uning go’zalligi bilan zavqlanish. Tabiat dunyosiga ehtiyokorona munosabatda bo’lishdan, inson mehnatining tabiatdagi o’zgartiruvchilik rolini tushunishigacha – bularning hammasi jonajon o’lkaga muhabbatni shakllantirishning manbalaridir.
Bolalikda jonajon tabiat haqida hosil qilingan yorqin taassurotlar inson xotirasida bir umrga saqlanib qoladi, chunki uning obrazlarida vatan o’z ifodasini topgan bo’ladi. Odam vatanga bo’lgan muhabbatini o’zi tug’ilgan va o’sgan oilasi, bolalar bog’chasi va maktabi, bolalar bilan o’ynagan o’yinlari va joylari bilan bog’laydi. Vatanga muhabbat –eng chuqur ijtimoiy hislardan biridir. Bizning davlatimizda Vatanga muhabbat hissi baynalmilalchilik hissi bilan uyg’unlashib ketadi.
Vatanga muhabbat hissi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda kattalar tomonidan bolalarning ruhiy taraqqiyotini va ular tafakkurining aniq va obrazliligini e’tiborga olgan holda ma’lum izchillik bilan tarbiyalab boriladi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarda vatanga muhabbat hissini ularga yaqin va tanish bo’lgan aniq faktlar, yorqin misollar orqali tarbiyalab boriladi. Tarbiyachilar bolalarda o’z oilasiga, uyiga, bolalar bog’chasiga va bolalarni o’rab turgan tevarak –atrofga mehr –muhabbatni va ularga sodiq bo’lishni tarbiyalayotib, eng muhim ijtimoiy his bo’lgan vatanga muhabbatni tarbiyalab boradi.
Kichik bog’cha yoshidagi bolalar tevarak –atrofdagi voqyea, hodisalarning faqat tashqi belgilarini anglab oladilar. Ular Hayit, Navro’z bayramini hamma kishilar shodiyonalik, bilan kutib olishalirni ko’radilar, bundan juda zavqlanadilar, ammo buning saboblari, natijalari bilan qiziqmaydilar. Ammo bu yoshdagi bolalar tevarak –atrofdagi kishilar mehnati, ularning bolalarga ko’rsatayotgan g’amxo’rliklari bilan kattalar tanishtirib borsalar, aniq misollar orqali tushuntirsalar, ayni muddao bo’ladi.
Bolalarning ahloqiy tarbiyasiga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning samaraliroq bo’lishi uchun har bir yosh bosqichi ruhiyatini yaxshi bilish kerak. Psixolog va pedagog olimlar olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasi bolalarda ahloqiy rivojlanish juda erta boshlanishini ko’rsatdi: bola hayotining birinchi oyidayoq kattalar u bilan gaplashganidan quvonib ketadi. Bog’cha yoshiga kelganda kattalar bolani yaxshi parvarishg qilsalar, u kattalarga mehr qo’yadi. Tadqiqot ishlari natijasi shuni ko’rsatadiki, bola 2-3 yoshga kirganidayoq unda uyatchanlik, mustaqillik yoki o’ziga ishonchsizlik, xudbinlik yoki g’amxo’rlik, o’z tengdoshlariga e’tibor bilan munsoabatda bo’lish kabi shaxsiy xususiyatlar namoyon bo’la boshlaydi. Bular hammasi bolalarning tevarak – atrofdagilar bilan bo’ladigan munosabatini belgilaydi.
Bir qancha olimlarning ta’kidlashicha, katta guruh bolalari hoziravoblik, xayrixohlik va haqqoniylik kabi ahloqiy hislatlarni egallab olar ekanlar. Shu bilan birga, ular boshqalarning iztirob chekayotganiga ko’pincha befarq bo’lar ekanlar, bunday hislarni ular anglab yetolmas ekanlar. Bolalarni ijtimoiy hayot voqyea –hodisalari o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklar to’g’risidagi eng oddiy bilimlarni egallab olishlari ularda dastlabki vatanparvarlik va baynalmilalchilik hislarini tarbiyalashga asos bo’lib xizmat qiladi.
Maktabgacha tarbiya yoshining o’ziga xos tomoni shundaki, bu yoshda bolalar hali ahloqiy tushuncha yoki xulqni so’z bilan aniq ta’riflab berolmaydilar, uni boshqa shunga o’xshash voqyealar bilan solishtira olmaydilar. Ammo bolalar bog’chasidagi to’g’ri tashkil etilgan pedagogik jarayon ahloqiy voqyealarning umumiy ma’nosini anglab olishga yordam beradi. Agar bolalar boshqalarda yaxshi xulq namunalarini ko’rsalar, o’zlari ham ularga o’xshashga harakat qiladilar. Axloqiy tarbiyaning g’oyaviy asosi uning maqsadi, vazifasi va prinsipini belgilaydi, ruhiy –pedagogik asosi esa bolalar bog’chasida ahloqiy tarbiya berishning aniq vazifasi va mazmuni, vositalari va metodini, shuningdek pedagogik shart –sharoitini belgilab beradi.
Axloqiy tarbiya jismoniy, aqliy, mehnat, estetik tarbiya bilan va bolalarning o’z faoliyati bilan uzviy bog’liqdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ahloqiy sifatlarni shakllantirish ko’p qirrali va murakkab jarayondir. Bolalarni ahloqiy shakllanishi bir biri bilan uzviy bog’liq va biri ikkinchisini taqozo qiladigan ta’lim – tarbiya ishlarini muntazam va izchil ravishda bajarishni talab etadi. Tarbiyaviy ta’sir o’tkazishning aniq va mukammal tizimigina ahloqiy tarbiyaning samaradorligini ta’minlaydi.
Tarbiyaviy ishda mukammal tizimning mavjudligi bir xil ishni ortiqcha takrorlavermaslikka, tarbiyachiga nisbatan biri ikkinchisiga to’g’ri kelmaydigan qarama – qarshi ta’sirlarning oldini olishga tarbiyachilarga bir xil talablar qo’yish va yakdillik bilan ta’sir o’tkazishga imkon beradi. Oliy o’quv yurtlarida, maktabgacha ta’lim muassasalarida ma’naviy – ahloqiy, tarbiyaviy ishlar, tadbirlar ko’plab o’tkaziladi.
Axloq – odobga doir suxbatlar, ma’naviyatga doir mavzularda maruza va munozaralar o’tkazish usullariga ham yetarli darajada e’tibor berilmaydi. Ayrim metodlarga yopishib olish va boshqalarga e’tibor bermaslik bo’lajak tarbiyachilarda yoki hozirgi zamon tarbiyachilarida ma’naviy – ahloqiy fazilatlarni shakllantirish ishiga salbiy tasir etadi.
Pedagogik matbuotda ahloqiy tarbiya xaqida masalaga borgan sari ko’proq e’tibor berilmoqda. Pedagog olimlarning asarlarida bayon etilgan nazariy qoidalar bo’lajak tarbiyachilarning ahloqiy tarbiya tizimini ishlab chiqishga imkon beradi. Axloqiy tarbiya tizimi nima? Tizim qismlardan tuzilgan bir butun, yani malum tartibda joylashtirilgan bir – biri bilan bog’liq yaxlit bir narsa yoki jarayon degan manoni anglatadi. Bolalarda ahloqiy sifatlar qandaydir biror universal shakl, vosita yoki usul yordamida emas, balki xilma xil shakllar, vositalar, metodlar, har xil faoliyat turlari ta’sirida, yani ahloqiy tarbiya tizimi natijasida shakllanadi. Tarbiyaviy ishlar tizimi malum vazifani bajaradigan, tuzilish jihatidan o’zaro bog’liq bo’lgan qo’plab qismlarni o’z ichiga oladi.
Tarbiya tizimi barkamol avlodni, yuksak ahloqiy fazilatli bolalarni shakllantirish maqsadiga bo’ysindirilgan, o’zaro bir – biriga bog’liq va mos keladigan shakl, usul va vositalarning yaxlit birli-gidan iborat. Tizim tarbiya jarayonini boshqarish imkoniyatini o’z ichiga oladi. Talim jarayonida faqat ahloqiy tarbiyagina emas, balki aqliy, xuquqiy, iqtisodiy, ekalogik, estetik va mexnat tarbiyasi ham amalga oshiriladi. Pedagogik tarbiya metodlariga quyidagilar tasnif qilinadi:
1. Ishontirish metodi.
2. Axloqiy xatti – harakatlarni mashq qildirish metodi.
3. Namuna, ibrat metodi.
4. Rag’batlantirish va jazolash metodi.
Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli va buyuk ish bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o’z mas’uliyatini anglashga, ta’lim - tarbiya vazifalariga ijodiy yondashishga, o’z mahoratini doimo takomillashtirishga va do’st o’rtoqlariga yordam berishga intiladi.
Demak, bola shaxsini shakllantirishda tarbiyachi alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, har bir bolaning shaxs sifatida shakllanishida javobgar ekanligini taqozo etadi. Shunga ko’ra tarbiyachi bolalarga kundalik xayotda, o’yinlarda, mashg’ulotlarda, birgalikdagi mexnat faoliyatida ular bilan bo’ladigan muomalada, muloqotda ibrat, namuna bo’lishi, bolani har tomon-lama diqqat bilan o’rganishi, uning shaxsiy hususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq – atvori, uning ish natijalarini xaqqoniy baxolashi va ularga o’z vaqtida yordam ko’rsata olishi hamda oilaviy axvoli bilan qiziqishi zarur hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida ham tarbiyachi – murabbiy kadrlarning ma’naviy – ahloqiy qiyofasi, aqliy saloxiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo’yilmoqda.
Tarbiyachilarning o’ziga zamonaviy bilim berish, ularning malumotini oshirish kabi paysalga solib bo’lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Tarbiyachi bolalarimizga zamonaviy bilim berishi uchun avvalo murabbiyning o’zi ana shunday bilimga ega bo’lishi kerak. Tarbiyachi ta’lim – tarbiya jarayonida samarali shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo’lish kerak.

XULOSA
Insoniyat jamiyati paydo bo’libdiki, ahloq – odob hamisha unga hamrox bo’lib kelgan. Lekin har bir tarixiy davrda u o’ziga xos hususiyatlarini namoyon etib keldi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach milliy qadriyatlarimiz orqali yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Bu maqsad ayniqsa ta’lim va tarbiya bilan shug’ullanuvchilar oldiga ulkan vazifalarni qo’yadi. Vazifalarni amalga oshirishda tajribalarga e’tibor qaratish zarur, yani ahloqiy tarbiyani bola tug’ulganidan boshlab, dastlab oilada va u yashayotgan muxitda berib borilsa, so’ng maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy o’rta ta’lim muassasalarida bosqichma – bosqich amalga oshirilib boriladi. Axloqiy komillikka intilish ayniqsa maktabgacha yosh davrda kuchayadi.
Yosh avlodni marifatli, madaniyatli bo’lib shakllanishi eng avvalo oiladan boshlanadi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim muassasasida sog’lom ma’naviy – ahloqiy muxitni vujudga keltirish va mustaxkamlash umumdavlat ahamiyatiga ega. Bolalarni milliy mustaqillik ruxida tarbiyalash, ularda milliy g’urur, milliy ong va o’z – o’zini anglash, vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirishni taqozo etadi. Bolada vatanga nisbatan mexr- muruvvat g’oyalarini singdirish, millat o’tmishiga uning qadriyatlariga bo’lgan xurmat xissini tarbiyalashdan kelib chiqadi.
Ota – onaga, bolaga, bolani ota – onaga bo’lgan mexr – muxabbati vatanga bo’lgan muxabbatini hozirgi ma’naviy ahloqan pok ma’naviyatli tarbiyachilar bolalarga beradilar.
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi bolalarni ma’naviy – ahloqiy tarbiyalashda o’zlari qo’yidagi ma’naviy – ahloqiy sifatlarga ega bo’lishlari zarur: - vatanparvar; ma’naviyatli; madaniyatli; kamtar; zexnli; odil; sofdil; qobilyatli; mexnatsevar; ijodkon; tashabbuskor; mexribon; izlanuvchan.
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida to’plangan dalillar, bayon qilingan fikr va mulohazalardan quyidagi umumiy xulosalarga kеlish mumkin. Jamiyat oilalardan tashkil topadi. Jamiyatning tashkil topishi va taraqiy etishi oilaga bog’liqdir. Chunki inson zotini davom ettiruvchi avlod, mеhnat qilib, moddiy va ma'naviy boylik yaratuvchilar jamiyatni boshqaruvchilar oilada dunyoga kеladilar va tarbiya ta'siri kamol topadi, shaxs sifatida shakllanadi, jamiyatagi ma'naviy ahloqiy o’zida yaqqol aks ettirgan, ijtimoiy rivojlanish yo’lida paydo bo’lgan ijtimoiy muammo va quyinchiliklarni hal etishda muhim o’rin tutadi.
Mamlakatimizda o’tkazilayotgan iqtisodiy va ma'naviy islohatlarni amalga oshirishda, sifat –jihatdan yuksak pog’onaga ko’tarishda moddiy va ma'naviy jihatdan tayanch vazifasini bajaradi. Ta’lim muassasasi madaniy hodisa sifatida xalqimizning boy va qadimiy tarixiy moddiy va ma'naviy mе'rosini, qadriyatlarini, urf –odatlariyu, an'analarini avloddan –avlodga asl holiga еtkazadigan, milliy baxs sifatida avaylab asraydigan va jahon miqyosida umum insoniy qadriyat tarzida namoyish eta oladigan uyushmadir.
Shuningdеk, jamiyatimizning faravonligi, jahonga taraqqiy etgan davlatlar sifatida o’rin olish uchun to’la imkoniyat yaratmoq niyatida mеhnat qiladigan jismoniy, sog’lom, ma'naviy boy, ahloqiy еtuk, pok, komil farzandlarini ham oila tarbiyalab voyaga еtkazadi. Ta’lim muassasasi, mahalla va jamoatchilik hamkorligida yosh avlodni yaxshi xulqi, davlat ramzlariga sadoqatli qilib tarbiyalashda ularning yosh jihatlariga, haraktеriga alohida ahamiyat bеrishi lozim. Chunki bularsiz tarbiyada ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi.
Zotan, har bir kishi oila va jamiyat dеaliktik bilish ekanligini hеch qachon unutmasligi va ularni doimiy jispligi uchun qayg’urishi, g’amxo’rlik qilishi lozim. Bu tushunchani barcha ziyolilar yoshlar ongi va tafakkuriga singdirishlari vazifadir.


Yüklə 37,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə