I bo lim. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari


Sotib olish qiymatiga, ya ’ni 7900000 so ‘mga



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə278/283
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167357
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   283
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari b-fayllar.org


Sotib olish qiymatiga, ya ’ni 7900000 so ‘mga:



Debet 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» 7900000;
Kredit 6010 “Ta‘minotchilarga toianadigan schotlar” 7900000.



  1. Yoqilg ‘iga qo ‘yilgan savdo ustamasiga, ya 'ni 1300000 so ‘mga 10000 (920-790):



Debet 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» 1300000;
Kredit 2980 “Savdo ustamalari” 1300000.
Kassa apparati ko‘rsatkichlari yoki tovar cheklari asosida AYOQShlarda sotishdan olingan sof tushum, shuningdek sotishda olingan yoqilg'i iste’moli solig'i hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
-Sotishdan olingan sof savdo tushumi summasiga;
Debet 5010 «Kassa» 9200000;
Kredit 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar» - 9200000.
-Sotilganyoqilg ‘iga to ‘g ‘ri keladigan soliq summasiga:
Debet 5010 «Kassa» -1200000;
Kredit 6410 «Budjetga to'lovlar bo'yicha qarzlar» 1200000.
AYOQShlarda iste’mol solig'i ayirib tashlangandan keyin qolgan savdo tushumi yagona soliq to'loviga tortiladi. AYOQShningjoylashgan joyi va xizmat ko'rsatayotgan hududidagi aholi soniga ko'ra yagona soliq to'lovi belgilangan stavkada hisoblanadi. Misol uchun, ushbu soliq stavkasi 3 foiz, deylik. Bu holda AYOQShning yoqilg'i sotishdan olgan sof tushumidan to'laydigan yagona soliq to'lovi summasi 276000 so'mni (9200000x3%) tashkil etadi. Ushbu soliq summasi yuqorida keltirilgan tartibdagidek, Debet 9810 «Daromad (foyda)dan soliqlar bo'yicha xarajatlar» Kredit 6410 “Budjetga to'lovlar bo'yicha qarzlar” yozuv bilan hisobda aks ettiriladi.
AYOQShlarda yoqilg'i iste’moli uchun soliq va yagona soliq to'lovining budjetga o'tkazib berilishiga buxgalteriyada quyidagicha yozuv beriladi:
Debet 6410 “Budjetga to' lovlar bo'yicha qarzlar” (soliq turi);
Kredit 5110 «Hisob-kitob schoti».
AYOQShLarda sotilgan yoqilg'i sotish bahosida (iste’mol solig'isiz) moddiyjavobgar shaxs bo'ynidan chiqariladi va unga qo'yidagicha yozuv qilinadi:
Debet 9120 «Sotilgan tovarlarning tannarxi» 9200000;
Kredit 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» 9200000.
Sotilgan yoqilg' ining tannarxi 9120 «Sotilgan tovarlarning tannarxi» schotining debetida to'plangan summadan ushbu schotning kreditigaolib borilgan sotilgan tovarlarga to'g'ri keladigan savdo ustamasini (bizning misolimizda 1300000 so'm) ayirish orqali topiladi. Savdo ustamasining hisobdan chiqarilishi quyidagicha schotlarda aks ettiriladi:
Debet 2980 “Savdo ustamalari” 1300000;
Kredit 9120 «Sotilgan tovarlarning tannarxi» 1300000.
Demak, jami sotilgan sotilgan yoqilg‘ining tannarxi bizning misolimizda 7900000 soi-nni (9200000-1300000) tashkil etadi.
Hisobot davri oxirida yoqilg‘ining sotilishi dan olingan sof tushum va sotish tannarxi yakuniy moliyaviy natijalar schotiga o‘tkaziladi va ularga quyidagicha yozuvlar qilinadi:
*yoqilg‘ini sotishdan olingan sof savdo tushumini moliyaviy natijalar schotiga о ‘tkazilishiga:
Debet 9020 «Tovarlarni sotilishidan olingan daromadlar» 9200000; Kredit 9910 «Oxirgi moliyaviy natija» 9200000.
*sotish tannarxini moliyaviy natijalar schotiga о ‘tkazilishiga: Debet 9910 «Oxirgi moliyaviy natija» 7900000;
Kredit 9120 « Sotilgan tovarlarning tannarxi» 7900000.
Yoqilg‘ini sotishdan olingan foyda summasi sof savdo tushumidan sotish tannarxini ayirishdan keyin qolgan summadan iborat bo‘ladi. Bizning misolimizda u 1300000 so‘mni tashkil qiladi (9200000-7900000).
AYOQSh bo‘yicha moddiyjavobgar shaxs kunning oxirida tovarlar (yoqilg‘i) harakati bo‘yicha tovar hisobotini tuzadi. Ushbuhisobotda tovarlarning bosh qoldig‘i, kirimi, chiqimi, oxirgi qoldig‘i miqdor vapul ifodasidako‘rsatiladi. Yalpi daromad so!ig‘i hisob-kitobining xususiyatlari va uning hisobi Yuqorida ta’kidlanganidek, ulguiji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi respublika ixtisoslashtirilgan ulgurj i baza-kontoralan va ularning hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalari uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining2006-yil 8-iyundagi “Ixtisoslashtirilgan ulguiji baza-kontoralarni soliqqa tortish tartibini takomillashtirishto‘g‘risida” PQ-374-sonqaroriga asosan 2009-yilning 1 -iyuligachayalpi daromad solig‘ ini to‘ lash tartibi saqlab qolingan.
Ushbu soliq to‘lovining yagona soliq toMovidan farqli jihatlariga quyidagilar kiradi.
Birinchidan, soliq bazasi elementi hisoblangan sotishdan olingan daromad deganda sof tushum emas, balki tovarlarning sotish va sotib olish baholaridagi qiymatlari o‘rtasidagi farq tushuniladi. Soliq bazasiga kiruvchi boshqaelementlartarkibida farq mavjud bo‘lmaydi;
Ikkinchidan, yalpi daromad solig‘i davlat tomonidan belgilangan alohida stavka bo‘yicha undiriladi;
Uchinchidan, yalpi daromad solig‘i summasi sotilgan tovarlar tannarxi summasiga bevosita bog‘liq bo‘lganligi sababli ushbu ko‘rsatkichni aniq





hisob-kitob qilishga talab katta bo; ladi.
Yalpi daromad solig1 i summasi yil boshidan boshlab o‘sish tartibida hisob-kitob qilinadi. Jami hisoblangan soliq summasi va oldingi hisob- kitob summasi o‘rtasidagi farq oxirgi hisobot davriga(chorakka) to‘g‘ri keladigan soliq summasini bildiradi. Ushbu summaga buxgalteriyada quyidagi yozuv beriladi:
Debet 9810 «Daromad (foyda)dan soliqlar bo‘yicha xarajatlar»;
Kredit 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar”.
Yalpi daromad solig‘ining Budjetga o‘tkazib berilishiga buxgalteriyada quyidagicha yozuv beriladi:
Debet 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar”;
Kredit 5110 «Hisob-kitob schoti».

1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə