I bo lim. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari


Savdo korxonalarida majburiy ajratmalar va ushlanmalarning hisobi



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə279/283
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167357
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   283
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari b-fayllar.org


Savdo korxonalarida majburiy ajratmalar va ushlanmalarning hisobi



Yagona soliq to‘lovini to‘lovchi savdo korxonalari davlatning maqsadli fondlari (pensiya fondi, yo‘l fondi, maktab ta’limini rivojlantirish fondi)ga majburiy ajratmalarni qilmaydilar. Yalpi daromad solig‘ini to‘lovchi ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi respublika ixtisoslashtirilgan ulguiji baza-kontoralari va ularning hududiy bazalari esa ushbu majburiy ajratmalarni to‘lovchilari bo’lib hisoblanadi. 2009-yil 1-yanvardan boshlab ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi respublika ixtisoslashtirilgan ulguiji baza-kontoralari va ularning hududiy bazalari davlatning maqsadli fondlarining har biriga majburiy ajratmalarni sof tovar aylanmasidan 1 foiz miqdorida to‘laydilar. Barcha savdo korxonalari, ularning qaysi soliq to‘lovini to‘lovchilari bo‘lishlaridan qat’i nazar, xodimlarga hisoblangan ish haqi ko‘rinishidagi barcha daromadlardan (imtiyozlardan tashqari) belgilangan foiz miqdorida pensiya fondiga ajratmani, shuningdek undan belgilangan foiz miqdorida ushlanmani amalga oshirishlari lozim. Bundan tashqari, barcha savdo korxonalari o‘z maqsadlarida sotib olgan avtomobillar uchun ularning sotib olish qiymatidan belgilangan stavkada yo‘l fondiga to‘lovlarni amalga oshiradilar.
Savdo korxonalarida boshqa korxonalar singari davlatning maqsadli fondlariga ajratmalar tasdiqlangan shakllarda hisob-kitob qilinadi va ushbu hisob-kitoblar asosida hisoblangan ajratmalar summasiga quyidagi yozuv qilinadi:
Debet 9430 «Boshqa operasion xarajatlar»;
Kredit 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga to‘lovlar».
Xodimlarga hisoblangan ish haqi koiinishidagi barcha daromadlardan (imtiyozlardan tashqari) belgilangan foiz miqdorida pensiya fondiga ajratmaga quyidagi yozuv qilinadi:
Debet 9400 «Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar»;
Kredit 6520 «Davlatningmaqsadli fondlariga to‘lovlar».
Xodimlarga hisoblangan ish haqi ko‘rinishidagi barcha daromadlardan (imtiyozlardan tashqari) belgilangan foiz miqdorida ushlanma summasiga: Debet 6710 «Ish haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar»; Kredit 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga to‘lovlar».
0‘z maqsadlarida sotib olgan avtomobillar uchun ularning sotib olish qiymatidan belgilangan stavkada yo‘l fondiga tolovlar ushbu avtomobillarning boshlang4 ich qiymatiga kirtiladi va unga quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 0160 «Transport vositalari»;
Kredit 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga tolovlar».
Majburiy ajratmalar, ushlanmalar va to‘lovlarning davlatning maqsadli fondlariga o‘tkazib berilishiga quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga tolovlar»;
Kredit 5110 «Hisob-kitob schoti».
Tayanch iboralar Yalpi tushum-ulguiji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi respublika ixtisoslashtirilgan ulguiji baza-kontoralari va ularning viloyat, viloyatlararo va tumanlararo bazalaridan tashqari savdo korxonalarining barcha faoliyat turlari dan olgan yalpi daromadi.
Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va ularning hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarining yalpi daromadi -ushbu turdagi korxonalarning sotishdan olgan savdo ustamalari va boshqa faoliyat turlaridan olgan daromadlarining majmuasi.
Sotish xarajatlari - tovarlarni sotishga oid muomala xarajatlari. Yagona soliq to‘lovi -savdo korxonalarining (ulguiji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi respublika ixtisoslashtirilgan ulguiji baza- kontoralari va ularning viloyat, viloyatlararo va tumanlararo bazalaridan tashqari) yalpi tushumidan belgilangan stavkalarda to1 lanadigan soliq.
Yalpi daromad solig‘i - ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi respublika ixtisoslashtirilgan ulguiji baza-kontoralari va ularning hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalari yalpi daromadidan belgilangan stavkalardato‘lanadigan soliq.
Yoqilg‘i iste‘mo!i uchun soliq - jismoniy shaxslarga benzin, dizel yoqilg4isi va suyuqlashtirilgan gazlar naqd pulga sotishda sotilgan har 1 litr benzin va dizel yoqilg4 isi hamda 1 kg suyultirilgan gaz uchun belgilangan miqdorida undiriladigan soliq
Nazorat uchun test savol-javoblari Xo‘jalik holati
Samarqand shahrida joylashgan ko‘p tarmoqli «Nur» savdo korxonasining (tarmoq kodi 71100 «Ulguiji savdo») yillik yalpi tushumi quyidagilardan iborat: ulgurji savdo aylanmasi - 2,5 mlrd. so‘m; chakana savdo aylanmasi 800 mln. so‘m; olingan dividendlar 2 mln. so‘m; asosiy vositalarni sotishdan olgan foydasi 1,2 mln. sum; ijobiy kurs farqlari 3 mln. so‘m, salbiy kurs farqlari 3,5 mln. so‘m; avtotransport xizmatlaridan tushum 10 mln. so‘m. Savdo korxonasi har bir faoliyat turi bo‘yicha alohida hisob yuritadi va yagona soliq to‘ lovini ulguij i savdo bo‘yicha 5 foizda, chakana savdo bo‘yicha 3 foizda, boshqa xizmat turlari bo‘yicha 8 foizda toMaydi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlargako‘ra quyidagi savollargato‘g‘ri javoblarni toping:



  1. Yüklə 1,9 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə