I bo lim. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə277/283
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167357
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   283
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari b-fayllar.org


davlat subsidiyalari;



  • davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar;



    *to‘lov manbaidaushlab qolinishi lozim bo‘lgan dividendlar va foizlar ko‘rinishidagi daromadlar;





            1. dividendlar ko‘rinishida olingan hamda dividend to‘lagan yuridik shaxsning ustav fondi (kapitali)g
              ayo'naltirilgan daromadlar;


            *o'tganyillarning taqsimlanmagan foydasini ustav kapitalini oshirishga yo‘naltirishda aksiyadorlar qo'shimcha aksiyalarning qiymati yoki aksiyalarning nominal qiymatini ko'paytirish tarzida olgan daromadlari;



            1. hisobot yilida aniqlangan o'tgan yillardagi foyda. Mazkur daromadlar qaysi davrda paydo bo'lgan bo'lsa, o'sha davrdagi qonun hujjatlariga muvofiq shu davrdagi soliqlar va boshqa majburiy to' lovlar bo'yicha hisob- kitoblarni o'tkazishni hisobga olgan holda soliqqa tortiladi;



            2. olingan grantlar.



            3. ko'p aylanmaii qaytariladigan taraning qiymati, agar uning qiymati tovarlarni realizasiya qilishdan tushumning tarkibiga ilgari kiritilgan bo'lsa;



            4. qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa chegirmalar.



            Yagona soliq to'lovini to'lovchi avtomobillarga yoqilg'i quyish
            shoxobchalarida ushbu chegirmalardan tashqari soliq solish bazasi quyidagilarga kamaytiriladi:



            1. jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg'isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq summasiga;



            2. mahalliy budjetga o'tkazilishi lozim bo'lgan avtomobillarga yoqilg'i quyish shoxobchalari uchun belgilangan yuqori ustamasidan oshadigan chakana va xarid narxlari o'rtasidagi farq summasiga.



            Yagona soliq to'lovi bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan daromad turlari tafsiloti ushbu soliq to'lovi hisob-kitobiga ilova qilinadi. Yagona soliq to'lovi summasi savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan olib borilgan savdo faoliyati turlari bo'yicha ular uchun belgilangan soliq stavkasini har bir faoliyat turiga to'g'ri keluvchi soliq solish bazasi summasiga ko'paytirish orqali topiladi. Plastik kartochkalar bo'yicha olingan tushumga to'g'ri keluvchi yagona soliq to'lovi summasi ular bo'yicha tuzatilgan stavkada, ya’ni belgilangan stavkaning 10 foizga kamaytirilgan miqdorida topiladi.
            Yagona soliq to' lovi summasi yil boshidan boshlab o‘ sish tartibida hisob- kitob qilinadi. Jami hisoblangan soliq summasi va oldingi hisob-kitob summasi o'rtasidagi farq oxirgi hisobot davriga (chorakka) to'g'ri keladigan soliq summasini bildiradi. Ushbu summaga buxgalteriyada quyidagi yozuv beriladi:
            Debet 9810 «Daromad (foyda)dan soliqlar bo'yicha xarajatlar»
            Kredit 6410 “Budjetga to'lovlar bo'yicha qarzlar”.
            Yagona soliq to’lovining Budjetga o‘tkazib berilishiga buxgalteriyada quyidagicha yozuv beri ladi:
            Debet 6410 “Budjetga to’lovlar bo‘yicha qarzlar”
            Kredit 5110 «Hisob-kitob schoti».
            AYOQShlarda yoqilg‘i iste’moli uchun soliq va yagona soliq to’lovi hisob-kitobi hisobining xususiyatlari
            2002-yil 1 -yanvardan boshlab respublikamizdajismoniy shaxslarga benzin, dizel yoqilg‘isi va suyuqlashtirilgan gazlar naqd pulga transport solig‘i o‘migajoriy etilgan yoqilg4 i iste’moli uchun undiriladigan soliq bilan sotiladigan bo‘ldi. Chunonchi, 2009-yil 1-yanvardan boshlab, yoqilg‘i iste’moli uchun soliq sotilgan 1 litr benzin va dizel yoqilg‘isiga hamda 1 kg suyultirilgan gazga 120 so‘m miqdorida belgilangan.
            AYOQShlarda yoqilg‘ilarning hisobi ularning sotish baholarida (iste’mol soligisiz)yuritiladi. Yoqilg‘ining iste’mol solig‘isiz topilgan sotish bahosi va uning sotib olish bahosi o‘rtasidagi farq savdo ustamasini tashkil qiladi. AYOQShlardayoqilg‘ining sotilishi nazorat kassa apparatlari va tovar cheklarida qayd etiladi. Ushbu cheklarda sotilgan yoqilg‘ining miqdori, jami sotish qiymati, shu jumladan sotishda xaridordan olingan yoqilg‘i iste’moli uchun soliq summasi ko‘rsatiladi.
            Ushbu xususiyatlar AYOQShdayoqilg‘i kirimi, uning sotilishi, sotishdan olinganjami tushum, sotilgan yoqilg‘igato‘g‘ri keladigan iste’mol solig‘i, yagona soliq to‘lovi, sotish tannarxi va sotilgan tovarlarga to‘g‘ri keladigan savdo ustamalari hisobini yuritishda o‘ziga xos xususiyatlar borligidan darak beradi. Bu xususiyatlarni quyidagi misol asosida ko‘rib chiqamiz:
            Misol. AYOQSh 10000 litr A-80 benzinni sotib oldi, 1 litrbenzinning sotish bahosi iste’mol solig‘i bilan birga 1040 so‘m, iste‘mol solig‘isiz sotish bahosi 920 so‘m, sotib olish narxi 790 so‘m, bu benzin toiiq sotilgan, deylik. 1 litr A-80 benzinga to‘g‘ri keladigan savdo ustamasi summasi 130 so‘mni (920-790) tashkil etadi.
            Yuqorida keltirilgan ma’ lumotlarga ko‘ra, AYOQShda yoqilg‘ining kirimiga quyidagicha yozuvlar qilinadi:



            1. Yüklə 1,9 Mb.

              Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   283




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə