I-bob. Ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy va madaniy boyliklar ma’naviyatimizni shakllantiradigan asosiy mezon


Ma’naviy va madaniy boyliklar millat ma’naviyatini shakllantiradigan asosiy mezon sifatida



Yüklə 46,42 Kb.
səhifə4/5
tarix12.05.2022
ölçüsü46,42 Kb.
#86799
1   2   3   4   5
Manaviyatimizni shakllantiradigan asosiy mezonlar

1.2 Ma’naviy va madaniy boyliklar millat ma’naviyatini shakllantiradigan asosiy mezon sifatida.

Mustaqillik davrida O’zbekiston Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning bevosita tashabbusi bilan barcha darajadagi ta’lim tizimida “Ma’naviyat asoslari” alohida va maxsus fan sifatida o’qitila boshlandi. Keyinchalik shu sohada kadr tayyorlash masalasi yo’lga qo’yilishi munosabati bilan oxirgi yillarda bu fan ham tarmoqlanib, “Ma’naviyatning diniy asoslari”, “Axloqning ma’naviy asoslari”, “San’atning ma’naviy asoslari”, “Oila ma’naviyati” “Milliy mustaqillik va ma’naviyat” kabi yangi-yangi kurslar maxsus yo’nalishning bakalavriat va magistrlik o’quv rejalariga kiritilmoqda. Shulardan biri, balki eng muhimi “Ma’naviyatning rivojlanish tarixi” kursidir. “Nega eng muhimi?” degan savol tug’ilishi mumkin. Nazarimizda, suhbatni ushbu savolga javob qidirishdan boshlash kerak bo’ladi. Ahli bashar ma’naviyatsiz bo’lmaydi, chunki aslida inson mohiyati moddiyat va ma’naviyatning tutashuvidadir. Har bir shaxs, har bir ijtimoiy guruh yoki toifa, har bir elat, millat va mintaqa xalqlarining o’ziga xos ma’naviy olami mavjud. Ushbu ma’naviy olamlar doimo bir xil saqlanmaydi, zamon va makonda o’zgarib, goh kamolot sari yuksalib, goh qashshoqlashib turadi. Lekin ma’naviyat hodisasini tadqiq etish oson ish emas, bu hozirgi kunda ushbu ilmni rivojlantirishga urinishlar o’ta qiyinchilik bilan samara berayotganida ham sezilmoqda.

Masalan, O’zbekistonda barcha oliy o’quv yurtlarida “Ma’naviyat asoslari” maxsus fan sifa-tida 1997 yildan o’qitila boshlagan bo’lsa, shundan beri bu mavzuda qator tadqiqotlar, o’quv qo’llanmalari, ma’ruza matnlari tayyorlandi va nashr etildi. Ularning har biri fan rivojiga ozmi-ko’pmi muayyan hissa qo’shganligini inkor etmagan holda, tan olish kerakki, ma’naviyat hodisasining mohiyatini teran ochib beruvchi, sohaning ko’pchilik xodimlarini har jihatdan qoniqtira olgan ta’riflar hanuz keng iste’molga kirmadi. Buning turli sabablari bor. Ammo, bizning nazarimizda, eng birinchi sabab shu kungacha millat ma’naviyatini shakllantiradigan asosiy mezonlar biror kitobda aniq belgilab olinmaganida edi. Ayni shu vazifa O’zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Ma’naviyat asoslari” (Osnovы duxovnosti) – Ma’naviyat sohasining asosiy masalalarini nazariy tadqiq etuvchi yangi fan. Bugungi kunda, hanuz jahon ilmi darajasida tadqiqotlar o’tkazilmaganligini hisobga olib, "Milliy ma’naviyatimiz asoslari" deb atalishi asli mohiyatga muvofiqroq bo’lur edi. Ma’naviyatning inson va jamiyat hayotidagi o’rni, uning ruhiyat, madaniyat, axloq kabi hodisalarga nisbati, Inson ruhidagi Borliq haqiqati bilan uyg’unlik darajalari (Vatan, Shaxs, Millat, Adolat, Haqiqat), Shaxs ma’naviyatining asosiy jihatlari (imon, ilm, mas’uliyat, mehr), Milliy ma’naviyatimizning tarixiy takomili va boshqa masalalar bu fanning asosiy mavzusi (predmeti)ni tashkil qiladi. Hozirgi paytda bu fanning qamrovi borgan sari kengayib, uning mavzu doirasiga kiruvchi qator masalalar alohida fan tarmoqlari sifatida o’rganilmoqda.

“Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida birinchi marta aniq va mukammal amalga oshirildi. Ma’naviyat hodisasi asosan ikki ko’rinishda namoyon bo’ladi: shaxs ma’naviyati va millat ma’naviyati. Ma’naviyat ko’ngil ko’zgusidan taralgan nur, u inson qalbida yashiringan. Demak, ma’naviyatni tadqiq etish aslida Shaxs ma’naviyatini o’rganishdan boshlanmog’i zarurdek ko’rinadi. Darhaqiqat, har bir insonning ma’naviy dunyosi o’ziga xos hududsiz bir olam. Ammo har bir inson muayyan bir jamiyatda, muayyan bir insonlar jamoasi ichida yashaydi, muayyan bir millatga mansub bo’ladi. Tabiiyki, har bir alohida inson o’sib-ulg’ayar ekan, unga atrofmuhitida yashayotgan insonlarning ta’siri bo’ladi. Insonning ma’naviy kamoloti ayni shu muhitning ta’siridan bosh-lanadi. Har bir shaxs, o’zi buni chuqur idrok qiladimi, yo’qmi, qat’i nazar, biror elat yo millatga mansub bo’lmay iloji yo’q, hech bir inson eldan butkul ajralib yashamaydi. Prezidentning g’oyatda hikmatli iborasi bilan aytganda, har bir inson “o’zini xalqining bir zarrasi deb sezgandagina, u haqda o’ylab, mehnat qilib yashagandagina ma’naviyat bilan tutashadi” .

Buning ma’nosi, shaxs ma’naviyati voqelikda millat ma’naviyatidan ayru, undan tashqarida bo’lmaydi. Shunday ekan, millat ma’naviyati haqida muayyan tasavvurga ega bo’lmay turib, alohida shaxs ma’naviyatini ham o’rganish imkondan tashqari. Agarchi, tarixan va nazariy jihatdan millat ma’naviyati, tom ma’noda olganda, ushbu millatga qaysidir bir tarzda aloqador hisoblanuvchi o’tmish, bugun va kelajakdagi barcha shaxslar ma’naviyatining majmuidan iborat bo’lsa-da, voqelikda har bir shaxs ma’naviyati millat ma’naviyatidan oziqlanadi, uning asosida kamol topadi. Agar bir millat vakili o’z ajdodlarining ma’naviy merosidan butkul bebahra qolgan bo’lsa va muayyan sharoitda to’liq boshqa millat madaniyati ruhida tarbiya olsa, uni endi o’z millatining to’laqonli vakili deyish qiyin. Ammo eng yomon holat Sho’rolar davrida yuz berdi. Bu davrda sun’iy birlashtirilgan ulkan bir hududning barcha aholisi, millatidan qat’i nazar, kuchli va har taraflama taziyq ostida muayyan maqsadlarda maxsus ishlab chiqilgan yolg’on mafkura ruhida majburiy “tarbiya” qilindi. Bu zug’umga barcha ham birday bo’y bergani yo’q, ammo afsus bilan e’tirof qilishga to’g’ri keladiki, bunday vahshiyona va makkorona “ta’lim-tarbiya” tizimi juda ko’p insonlar ongida og’ir asoratlar qoldirdi. Eng achinarlisi, bugungi aksariyat ijtimoiy-gumanitar sohaga mansub. 3

Ma’naviyat – inson va jamiyat hayotining uch asosiy sohasidan (yo’nalishidan) biri, har bir insonning Haqqa, Borliqning mohiyatiga bo’lgan munosabati.

Ma’naviyat – o’z mazmuniga ko’ra ko’p qirrali murakkab botiniy hodisa bo’lib, mohiyatan Inson ruhidagi Borliq haqiqati bilan uyg’unlikni anglatadi. Shu ma’noda uni Insonning, Xalqning, Jamiyatning, Davlatning kuch-qudrati, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, uning ichki olamini boyitadigan, iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg’otadigan qudratli botiniy kuch, Haqiqat nurining inson qalbida aks etishi, yoki baqoning fanoda zuhuri, dunyoviy va uxraviy maqsadlarning uyg’unligi, insonning o’z mohiyati oldidagi mas’ulligi, o’zligini anglashi deb ham ta’riflash mumkin. Insonning Borliq abadiyatiga daxldorligi ayni uning ma’naviyati tufaylidir. ziyolilarimiz bunday mafkuraviy taziyqdan eng ko’p ziyon ko’rdilar. Mustaqillik tufayli biz bugun endi ushbu noxush asoratlarni ongimizdan bartaraf qilishning qulay imkoniyatlarini qo’lga kiritdik. Ammo bor imkoniyatdan unumli foydalanish uchun ham inson o’z holatiga to’g’ri baho bera bilmog’i, o’z ustida jiddiy mehnat qilishga havsala qilmog’i kerak bo’ladi. Hech bir xalq dunyoda yakka yashamaydi, yolg’izlikda rivojlanmaydi ham. Elat va millatlar doimo o’zaro turlicha munosabatda bo’ladilar va tarix davomida bir-birlariga ta’sir o’tkazib, o’zlarini ham, o’zgalarni ham ma’naviy boyitib boradilar. Ammo hech qachon, hech bir xalq o’zligidan butkul kechib, boshqa xalq ma’naviyati hisobidan o’zini boyita olgan emas. Yakka bir shaxs butkul o’zga bir ma’naviy muhitda tarbiya topib, unga to’liq moslashishi mumkin. Bu inson tabiatiga xos narsa. Ammo bir xalq to’lig’icha o’zligidan kechib, o’zga xalq ma’naviy dunyosini qabul qilsa, demak, unday xalq yo’q bo’ladi, o’z ma’naviy qiyofasini yo’qotgan millat yo’qolgan millatdir. Shu sababli ham milliy mustaqillik poydevorini ma’naviy muctaqillik tashkil etadi, deymiz. Milliy ma’naviyatning takomili esa o’sha millatga mansub har bir shaxsning ma’naviy kamoloti bilan bevosita bog’liq va ushbu zaminga tayanib yuksaladi. Milliy ma’naviyat nazariyasini yaratish uchun qaysi manbalarga tayanish, uning asoslarini qaerlardan qidirish kerakligi Prezident asarlarida avvalboshidanoq aniq ko’rsatib va qayta-qayta ta’kidlab kelinmoqda. Bu manbalardan eng birinchi va asosiysi buyuk ajdodlarimiz merosidir. Buyuk ajdodlarimiz bizga qoldirgan ulkan meros – milliy ma’naviyatimiz nazariyasini shakllantirish uchun butun kerakli unsur va tarkiblarni yaratib qo’yipti, faqat uni xolis nazar bilan astoydil qidirsak, kifoya. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab muntazam davom etib kelayotgan qutlug’ an’ana – ulug’ bobolarimiz, dunyoga dong taratgan, jahon jamoatchiligi allaqachon o’z muqaddas mulki deb tan olgan ma’naviy meros sohiblarining yubileylarini mamlakat va jahon miqyosida nishonlash haqidagi farmonlar va ularning ijrosi ayni shu masala – milliy ma’naviyatimiz sarchashmalariga butun xalqimiz va, birinchi navbatda, yosh avlod e’tiborini jalb etish maqsadini ko’zda tutadi.

Birinchi prezidentimiz Islom Karimov xalq ma’naviyatini yuksaltirish deganda nimani ko’zda tutganligini hali mustaqillikka erishmasimizdan - 1990 yili O’zbekiston Prezidenti sifatidagi birinchi nutqidayoq ochiq-oydin bayon etgan bo’lib, ushbu ma’ruzada inson ruhiyatining nozik va murakkab tomonlari bilan, “xazinalarga to’la milliytarixiy an’analar bilan, umuminsoniy ma’naviy boyliklar bilan hisoblashmaslik” yaqin o’tmishimizda jamiyatimizga qanchalar zarar keltirganligi qayd etilib, bu sohada yangicha vazifalar olg’a surilgan edi: “Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, xalq ma’naviy boyligining ildizlariga e’tibor berish lozim. Bu xazina asrlar davomida misqollab to’plangan. Tarixning ne-ne sinovlaridan o’tgan. Insonlarga og’ir damda madad bo’lgan. Bizning vazifamiz - shu xazinani ko’z qorachig’imizdek asrash va yanada boyitish, Shaxs ma’naviyati – har bir inson ruhidagi Borliq haqiqati bilan uyg’unlik darajasi. Bu uyg’unlik har bir shaxsning imoni, ilmi, mas’uliyati, mehri orqali namoyon bo’ladi va Vatan, Shaxs, Millat, Adolat, Haqiqat tuyg’ularida ifodalanadi. so’zda emas, amalda har bir kishining vijdon erkinligini, e’tiqodining erkinligini ta’minlashimiz kerak”4. O’zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov yangi kitobida o’zining ushbu fikrlarini yanada rivojlantiradi va muayyanlashtiradi. Unda ajdodlarimiz merosiga birinchi darajali ahamiyat ajratilib, Yurtboshimiz ulkan g’urur va iftixor bilan shunday deb yozadi: “Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og’zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo’lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo, astronomiya, me’morlik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kamdankam topiladi.” Prezidentning yangi asarida bu to’g’ridagi qarashlarini umumiy ifodasi bilan cheklanib qolmay, ushbu mavzuga alohida fasl bag’ishlab, unda milliy ma’naviyatimizning shakllanishiga asos bo’lgan, bugungi kun yosh avlod ma’naviy olamini shakllantiradigan asosiy mezonlarni birma-bir batafsil ta’riflab beradi. Biz bu o’rinda kitobning tegishli qismini to’liq takrorlashga harakat qilmasdan undagi eng muhim jihatlarga diqqatni qaratib o’tamiz.

1.3 Xalq og’zaki ijodi va milliy bayramlar millat ma’naviyatini o’zida yorqin aks ettiruvchi noyob boyligimiz

Kitobda birinchi navbatda mintaqa xalqlarining eng qadimgi yozma merosi “Avesto” tilga olinadi. Ushbu bebaho ma’naviy obidada “borliqning yaxlitligi va bir butunligi, inson hayotining tabiat bilan uyg’unligi masalasi odamning ruhiy olamiga chambarchas bog’liq holda ko’rsatilganligi” ta’kid etiladi. Ayniqsa, undagi ulug’ axloqiy tamoyil “ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal” birligi bugungi kunimizda ham ma’naviy ahamiyatini to’liq saqlab kelayotganligiga alohida e’tibor qaratiladi.

Milliy ma’naviyat – har bir millatga qaysidir bir tarzda aloqador hisoblanuvchi o’tmish, bugun va kelajakdagi barcha shaxslar ma’naviyati majmuini muayyan bir tizim sifatida anglanishi. Milliy ma’naviyatimiz ham tarixiy hodisa, ham zamonaviy voqelik bo’lib, millatning o’tmishi, buguni, hamda kelajagini o’zida mujassam etadi. U millatimizning ma’naviy takomil jarayoni bilan bog’liq va nafaqat ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy merosda, balki bugungi kun va kelajak avlodlarning hayotga munosabatida, orzu-istaklarida o’z aksini topgandir. Uning teranligi va ko’lami ajdodlarimizning ming yillar davomida to’plagan yaxlit tarixiy-ma’naviy tajribasi bilan belgilanadi, shu bilan birga xalq donishmandligining turli suratlarda zuhur etishi ham u haqdagi nazariy xulosalarning manbai bo’lib xizmat qiladi.

Xalq og’zaki ijodi va uning noyob durdonalari ham millat ma’naviyatini o’zida yorqin aks ettiruvchi noyob boylik ekanligini Prezident kitobida «Alpomish» dostoni misolida hayajonli satrlarda ochib berilgan. Bu dostonning “ko’p asrlik milliy davlatchiligimizning xalqona badiiy ifodasi” ekanligi haqidagi mulohazalar xalq ardoqlagan bahodir alplar timsoli naqadar ulug’vor ramzlarni o’zida yashirganiga bizning diqqatimizni tortadi. Muallif mustaqillik tufayli bor hashamati bilan qayta tiklangan Navro’z bayramining chuqur falsafiy mazmuniga ham alohida e’tibor qaratadi. Bu qadim bayramimiz “biz uchun hayot abadiyligi, tabiatning ustivor qudrati va cheksiz sahovatining, ko’p ming yillik milliy qiyofamiz, olijanob urf-odatlarimizning betakror ifodasi” bo’lib kelayotganligi ta’kidlanadi. Shu o’rinda “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitobining bir noyob xususiyatini alohida ajratib ko’rsatishni xohlar edik.

Muallif nazariy teranlikni yorqin misollar, ehtirosli ifodalar bilan ajoyib uyg’unligiga erisha bilgan va bu bilan bizga o’xshagan ko’pgina darslik va qo’llanmalar yozishga bel bog’laganlarga ibratli namuna ko’rsatgan. U qadim bitiklar, xalq og’zaki ijodi, marosim va urf-odatlarimizni ma’naviyatni shakllantiruvchi muhim mezonlardan ekanligini oddiy sanab o’tish bilan cheklanmaydi, balki ularning har biriga bir yorqin misol keltirib, ushbu tasnifdagi har bir asarda alohida bir ma’naviy olam mavjudligini ko’z oldimizda yaqqol gavdalantirib beradi. Ma’lumki, yurtimizdagi bizga ma’lum ilk shakllangan yaxlit ma’naviyat tizimi “Avesto” kitobida o’z aksini topgan. Bu kitob mustaqillik sharofati bilan hozirgi o’zbek tiliga to’liq tarjima qilinib nashr etildi. Bir paytlar bu kitob muqaddas “mazdayasna” diniga asos bo’lgan bo’lsa, bugun biz unga yirik adabiy yodgorlik sifatida qaraymiz.

“Avesto” matnlari shakllangan, yig’ilgan va qayta yig’ilgan davrlar asotir tafakkur davri bo’lgani sababli bu kitobda bayon etilgan ma’naviy qadriyatlar tizimi keyinchalik boshqa yurtlarga tarqalib, turli siyosiy, g’oyaviy ta’sirlar ostida ko’p joylarida mushriklik aqidalari bilan chalkashib ketdi. Masalan, Zardusht gohlarida tilga olingan 7 amshosipandlar mohiyatiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, qadim avesto tilida Spinta Maynyu (Sipand Miynu) - “tafakkur olami”, Ashah Vahishta (Ardabehesht) – “go’zal haqiqat”, “mukammal nizom”, Vuhuvmana (Bahman)– “ezgu niyat”, Spinta Ormaitiy (Ispandormaz) - “komil aql”, Zashra Vayrayah (Shahriyor)– “umid dunyosi”, Amirmitota (Amurdod) – “umrboqiylik”, “abadiyat”, Xavravatot (Xo’rdod) – “komillik”, “to’g’rilik” ma’nolarini anglatib kelgan. Keyinchalik kohinlar talqinida bularning harbiri ilohiy xilqat sifatida tasavvur qilinib, ularga sig’inish qoidaga aylangan, ya’ni Zardusht da’vatidagi yagona Parvardigor - Axura Mazda(ilohiy bilim egasi, ma’nosida)ga e’tiqod qilish o’rniga yuqoridagi kabi ma’naviy qadriyatlarni ilohlar, ya’ni sig’inish ob’ektlariga aylantirish holati yuz bergan. Islom dini bu sohada masalani oydinlashtirdi. Qur’oni karimning nozil bo’lishi bilan umumbashariy miqyosda uzil-kesil asotir tafakkurdan ilmiy tafakkurga o’tishning e’tiqodiy asoslari mukammal tus oldi. Keyinroq borib ma’naviyatga oid fanlarning umummetodologik asosi - naqliy va aqliy bilimlar uyg’unligi mustahkam poydevorga ega bo’ldi. Prezident asari diqqat bilan o’qilganda ayni shu jihatlar ham e’tibordan chetda qolmagani ma’lum bo’ladi.



3-fasl. Milliy ma’naviyatimizning shakllanishida imon-e’tiqodimiz va islom ma’rifatining beqiyos ahamiyati.

Birinchi Prezident I.A.Karimov o’z asarida “ma’naviyatning yuksalishi bilan chambarchas bog’liq bo’lgan yana bir mezon” - islom dini haqida maxsus to’xtalib o’tishni zarur deb hisoblaydi. Chunki “ko’p asrlar mobaynida xalqimiz qalbidan chuqur joy olib, hayot ma’nosini anglash, milliy ma’naviyatimiz va turmush tarzimizni, qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo’lib kelayotganini alohida ta’kidlash joiz. Nega deganda, insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxiratni o’ylab yashash, yaxshilik, mehr-shafqat singari xalqimizga mansub bo’lgan fazilatlar aynan shu zaminda ildiz otadi va rivojlanadi”.53 Kitobda yana shunday deyiladi: “... xalqimizning ma’naviyatini shakllantirishga, har qaysi insonning Olloh marhamat qilgan bu hayotda to’g’ri yo’l tanlashi, umrning mazmunini anglashi, avvalambor, ruhiy poklanish, yaxshilik va ezgulikka intilib yashashida uning ta’sirini boshqa hech qanday kuch bilan qiyoslab bo’lmaydi”. 6Ma’lumki, sho’rolar davrida “din xalq uchun afyundir” degan haqoratli tamg’a ostida xalqimizning imon-e’tiqodi, ming yillik ezgu qadriyatlari toptab kelindi, imon ilmga zid qo’yildi. Afsuski, bunday qarashlar bugungi kunda ham ba’zi o’zini “ziyoli” hisoblovchilar, hatto ma’naviyat sohasiga aloqador kishilar ongini to’liq tark etgani yo’q. Ular bugun ham Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Abu Iso Termiziy, Burhoniddin Marg’inoniy, Mahmud Zamahshariy kabi butun jahon tan olgan zotlarning e’tiqodi, demakki, islom ma’rifatiga qo’shgan beqiyos hissalariga bepisand nazar bilan qarashga, ya’ni shunday ulug’ zotlardan ko’ra o’zlarini “bilimdonroq”, “ongliroq” hisoblashga uyalmaydilar. Hanuz diniy bilimlarni dunyoviy bilimlarga zid qo’yishga moyillik bildiradilar. Prezidentning quyidagi e’tiroflari ayni shunday tamoyillarga munosib javob sifatida jaranglaydi: “Bizning qadimiy va go’zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon tsivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda. Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar etishib chiqqani, umumbashariy tsivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan bog’liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko’tarilishida ona yurtimizda tug’ilib kamolga etgan ulug’ allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g’urur va iftixor bag’ishlaydi.” Kitobda, shuningdek, islom ma’rifatining uzviy qismi bo’lmish tasavvuf irfonining buyuk namoyandalari Abduxoliq G’ijduvoniy va Bahouddin Naqshbandlarning muborak siymolariga chuqur ehtirom izhor qilinib, ularning millatimiz ma’naviyatini shakllantirishdagi umrboqiy hissalari tilga olinadi. Agar biz bu e’tiroflarni I.Karimovning yana Ahmad Yassaviy, “shayxi valitarosh” deb nom taratgan Najmiddin Kubro kabi buyuk ma’naviyat pirlari haqida turli sabablar bilan bildirgan mulohazalari bilan qiyoslaydigan bo’lsak, umuman Birinchi Prezidentimizning tasavvuf ta’limotiga nisbatan bo’lgan ulkan e’tiborlari aniqravshan bo’ladi. Bu behuda emas. Aslida nafaqat milliy ma’naviyatimiz takomilida, balki umumbashariy miqyosda ma’naviy qadriyatlar ustivorligini ta’minlashda tasavvuf irfonining tarixiy xizmati allaqachon o’z isbotini topgan. Buyuk murshidlar ishlab chiqqan irfoniy takomilning 4 bosqichi (shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat) haqidagi tasavvurlar tizimi, darhaqiqat, shaxs ma’naviyatini shakllantirish borasida katta siljishlarga olib keldi. Agar Forobiy, Biruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib singari islom ma’rifatchiligi namoyandalarining yosh avlod tarbiyasiga oid qarashlarida aqlga, bilimga tayanish ustunlik qilgan bo’lsa, tasavvuf ta’limoti ko’ngilni poklash, ilm va amal uyg’unligi, umumbashariy mehr, har ishda niyat xolisligi masalalariga e’tibor qaratdilar. G’azzoliydan boshlab “inson vujudida ko’ngil – podshoh, aql – vazir” degan qarash etakchi o’ringa o’ta boshladi va Alisher Navoiy ijodida bu tamoyil o’zining mukammal ifodasini topdi. Shuningdek, Prezident asarida islom ma’rifati va diniy aqidaparastlik jaholati butkul ikki qarama-qarshi qutb ekanligining juda ishonarli isbotlari keltirilgan.

Darhaqiqat, ulug’ ajdodlarimiz doimo taqlidiy imonga, aqidaparastlik jaholatiga ayovsiz tanqidiy munosabat bildirib kelganlar. Yurtimizda 70-80 yillardan boshlab kommunistik aqidaparastlikdan “nusxa ko’chirish” asosida yuzaga kelgan ba’zi oqimlarning kelib chiqish makonlari surishtirib borganda xorijiy ta’sirlarga borib taqalishi bejiz emas, bizning yurtimizda ularning “ildizlari” mutlaqo topilmaydi.




Yüklə 46,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə