I bob. Amaliy masalalar Tarvuz masalasi



Yüklə 420,78 Kb.
səhifə21/27
tarix30.12.2023
ölçüsü420,78 Kb.
#165581
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Kitob

Javoblar

1.

Butun tarvuzni olamiz va markazdan 2,5 sm dan qoldirib ikki tomonidan kesamiz. Natijada uch bo`lak tarvuz hosil bo`ladi. O`rtadagi bo`lak esa 5 sm qalinlikdagi halqa shaklida bo`lib qoladi. Ana shu halqani yana ustki qismidan, ya’ni markazdan 2,5 sm dan qochirib oxirigacha kesamiz. Tarvuzning o`rta qismidan 5*5 shaklida bo`lgan, ikki tomonida po`stlog`i bor ustuncha paydo bo`ladi. Qolgan qismini 9 bo`lakka bo`lsak, o`rtadagi ikki po`stloqli bo`lak bilan 10 bo`lak, po`stloqlar soni esa 11 ta bo`ladi.

2.

Minoraning ustki qismidagi trubaga birinchi 15 metrli arqon bog`lanadi va ikkinchi uchi halqa qilib bog`lanadi, halqa ichida arqon bemalol harakatlanishi kerak. Keyin shu halqadan 30 metrli arqonni o`tkazadi va yechiladigan qilib bog`lab qo`yiladi, so`ngra arqonga osilib o`rtadagi 30 m yuqoridagi trubaga tushib oladi. Tugunni yechib 30 m li arqonni o`rtadagi trubaga bog`laydi va pastga tushib oladi.



3.

Chizmada ko`rsatilganidek 1-pudingdan boshlab, 10- yurishda bug`i chiqib turgan pudinggacha, 21-yurishda ustiga ko`kat qo`yilgan pudinggacha boriladi.

4.

Qayiqqa cho`pondan tashqari yana ikkita narsa sig`ishi mumkinligini hisobga olgan holda: birinchi cho`pon o`zi, it va qo`yni olib o`tib, narigi qirg`oqda qo`yni qoldirib, itni qaytib olib keladi. Keyin itni qoldirib, ikkita bo`rini olib o`tadi va qo`yni qaytarib olib keladi. Uchinchi safar faqat pichanni olib o`tadi, o`zi qaytib keladi. To`rtinchi safar o`zi, qo`y hamda itni olib narigi qirg`oqqa o`tadi va yo`lida davom etadi.

5.

Kvadrat shaklidagi basseynni yuzasini to`rt burchagidagi ustunlarga tegmasdan ikki barobar kattalashtirish mumkin. Buning uchun kvadratning diagonallariga perpendikulyar qilib kasmalar o`tkazamiz va ularni birlashguncha davom ettiramiz. Natijada hosil bo`lgan kvadratimizning yuzi ikki barobar kattalashadi.

6.

Kvadrat shaklida berilgan 9 ta nuqtani 4 ta siniq chiziq bilan qo`lni uzmasdan quyidagicha birlashtirish mumkin:



7.

M ikrosxema quyidagicha ulanadi:

8.

Bitta gugurt donasi bilan 12 ta gugurt donasini mana bunday qilib ko`tarsa bo`ladi:

9.

10 ta gugurt donasidan 5 ta x quyidagicha yasaladi. Buning uchun 10 ta gugurt donasi bir qator qilib terib chiqiladi, so`ngra: (chap tarafdan donalarni sanaymiz) birinchi bo`lib, 5-donani olib, 2-donani ustiga qo`yamiz va birinchi x ni hosil qilamiz. Keyin 7- donani olib 10- donani ustiga qo`yib ikkinchi x ni, 3- donani olib 8- donani ustiga, 1- donani olib 4- dona ustiga va nihoyat, 6- donani olib 9- dona ustiga qo`yamiz va 5 ta x yasaymiz.

10.

Har ikkala chavandoz joyidan jilmay turganini ko`rgan keksa chavandoz ularning qulog`iga: “Otlaringni almashtirib mininglar “ deb aytadi.

11.

Boshga kiyiladigan tojlar uchta, lekin uchta yashil va ikkita qizil qog`ozlar bor. Eng zehni o`tkir o`quvchilar chiqariladi, bunda uchta holat bo`ladi:

  1. holat : O`quvhilarga ikkita qizil va bitta yashil qog`oz qo`yilgan tojlarni kiydirishadi. Boshida yashil bo`lgan o`quvchi birdaniga, menda yashil deb aytadi, chunki qizil ikkita, uchinchisi har qanday holatda ham yashil bo`lishini o`quvchi birdan anglab yetadi.

  2. holat : O`quvhilarga bitta qizil va ikkita yashil qog`oz qo`yilgan tojlarni kiydirishadi. Boshida yashil qog`ozi bor o`quvchi qarasa, o`rtoqlarida yashil va qizil, u mulohaza yuritadi, agar menda qizil bo`lganda edi, yashil qog`ozi bor o`rtog`im birdaniga menda yashil deb yuborgan bo`lar edi, lekin u jim, demak menda yashil rang deb aytadi va to`g`ri xulosa qilgan bo`ladi.

  3. holat: Uchala o`quvchiga yashil qog`oz qo`yilgan toj kiydirishadi. Eng zehni o`tkir o`quvchi mulohaza qiladi: Agar menda qizil rang bo`lganda edi, xuddi ikkinchi holatdagi kabi qizil rang taqqan o`rtoqlarimdan birortasi mulohaza qilib, menda qizil degan bo`lar edi, lekin ular jim turishibdi. Demak, menda qizil deb aytadi.

12.

O`rgimchaklar alohida yo`lakchaga tushgandan yugurishni boshlashadi, “Qora beva” laqabli o`rgimchak birinchi bo`lib keladi, chunki u 20 metr/min tezlik bilan borishda ham, qaytishda ham bir xil yuguradi. “Qora beva” yugurish maydonchasining narigi boshiga borganda, “Qizil iblis” 10 metr/min tezlik bilan yugurgani uchun borish yo`lining yarmiga, “Qora beva” marraga qaytib kelganida , “Qizil iblis” endi maydonchaning narigi boshiga yetib borgan bo`ladi.

13.

H ar qaysi aka-uka o`ziga atalgan darvozadan kirib-chiqishlari uchun quyidagicha yo`lakchalar yasab olishlari kerak.

14.

A gar kubni salfetkaganing o`rtasiga mana shunday qilib qo`ysak va o`rasak, bemalol yopadi.

15.

A gar biz daftar varag`ini ikki buklab rasmda ko`rsatilgani kabi qirqsak, ichidan bemalol odam o`ta oladi.



16.

A ylana birorta ham oq katakni kesmaslik uchun aylananing radiusi mana bunday olinadi:

17.

G`ishtni katta diagonalini o`lchash uchun oldin stol chekkasidan boshlab ikkita g`ishtni qo`yib olamiz, so`ngra birinchi g`ishtni olib qo`yib, rasmdagi kabi chizg`ich bilan o`lchaymiz:





Yüklə 420,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə