I bob. Dasturning maqsad, vazifa va tamoyillari



Yüklə 201,35 Kb.
səhifə1/21
tarix16.05.2023
ölçüsü201,35 Kb.
#110630
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
ILM YO\'LI



Mundarija
Kirish....................................................................................................................... 7
I bob. Dasturning maqsad, vazifa va tamoyillari ................................................. 9
II bob. 6 yoshdan 7 yoshgacha bolalar rivojlanishidagi o‘ziga xosliklar ........... 11
III bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’limida kompetentlilik yondashuvi ............................................................................................................................... 15
3.1. 6-7 yoshdagi maktabgacha bo‘lgan bolaning umumiy asosiy kompetensiyalari ............................................................................................................................... 15
3.2. Bola rivojlanishi sohalarining kompetensiyalari ......................................... 15
3.2.1 Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish sohasi kompetensiyalari .................................................................................................. 15
3.2.2. “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari ............................. 16
3.2.3.«Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari ... 16
3.2.4.”Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi kompetensiyalari ..................... 16
3.2.5. «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari ............................................ 17
IV bob. O‘qitishga yondashuvlar ......................................................................... 18
4.1. Shaxsiy yondashuv maqsadi ......................................................................... 18
4.2. Bolaga yo‘naltirilgan yondashuv ................................................................ 19
4.3.Rivojlantiruvchi yondashuv ........................................................................... 21
4.4 Individuallashtirish ........................................................................................ 21
4.5.Rivojlantiruvchi o‘qitish muhiti ..................................................................... 21
4.6.Maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘yin faoliyatning yetakchi turi sifatida ... 23
4.7.Inklyuziv ta’lim tamoyillari ........................................................................... 23
V bob. O‘quv-tarbiya faoliyati ............................................................................ 24
VI bob. Rejalashtirish .......................................................................................... 25
VII bob. Mashg‘ulotlardagi o‘qitish .................................................................... 28
7.1. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish .................. 28
7.2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish ............................................................................. 29
7.3. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari ................................................. 30
7.4. Bilish jarayonini rivojlanishi ........................................................................ 31
7.5. Ijodiy rivojlanish .......................................................................................... 31
VIII bob. Kuzatish va baholash ........................................................................... 33
8.1. Kuzatishni o‘tkazishdan maqsadlar ............................................................. 33
8.2.Muvaffaqiyatli kuzatishning o‘ziga xosliklari: .............................................. 34
8.3.Kuzatishning asosiy tamoyillari: .................................................................... 34
8.4.Bolalarning individual rivojlanishini hujjatlashtirish va kuzatib borish ...... 34
8.5. Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash bo‘yicha guruhlardagi 6-7 yoshli bolalarning o‘qitish samaradorligini va rivojlanishi taraqqiyotining baholanishini o‘tkazish muddatlari............................................. 35
IX bob. Hamkorlik ............................................................................................... 37
9.1. Oilalar bilan hamkorlik ................................................................................ 37
9.2. Bolalarni boshlang‘ich ta’limga to‘lovsiz majburiy bir yillik tayyorlash bo‘yicha guruhlar ishiga oilalarni jalb qilishning foydaliligi ............................................................................................................................... 38
9.3. Hamkorlik imkoniyatlari .............................................................................. 38
9.4. Oila bilan muloqot qilish .............................................................................. 39
9.5. Oilalar bilan muloqot…….............................................................................. 39
9.6. Kutuvlar ........................................................................................................ 40
Kirish
O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta‘lim tizimiga katta e‘tibor qaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan, Prezidentning 2017 yil 30 sentyabrdagi―Maktabgacha ta‘lim tizimini boshqarishni tubdan takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar haqidagi 5198 - Farmoni ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi tashkil etildi. Shu bois eng yaxshi xalqaro tajribalar asosida tizimdagi dasturiy va o’quv-metodik ta‘minotni takomillashtirish maqsadida maktabgacha ta‘lim tizimini tubdan isloh qilish zarurati paydo bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi ―Boshlang’ich ta‘limga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o’tish bo’yicha chora-tadbirlar haqidagi 999- sonli qarorini ijro etish doirasida O’zbekiston o’z zimmasiga 6-7 yoshli bolalarning maktabga to’lovsiz majburiy bir yillik tayyorgarligi bo’yicha majburiyatni oldi. 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta‘lim-tarbiya berish va maktabga tayyorlash maqsadida ―Ilm yo’li dasturini ishlab chiqish hamda uni tasdiqlash zarurati paydo bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligining tashabbusi bilan 6-7 yoshli bolalarni hartomonlama rivojlantirish, ularga ta‘lim tarbiya berish va maktabga tayyorlash maqsadida ―Ilm yo’li variativ dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur maktabgacha ta‘lim tashkilotlari uchun ishlab chiqilgan―Ilk qadam Davlat o’quv dasturi, O’zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan
Davlat talablari, ―Kadrlar tayyorlash bo’yicha Milliy dastur, maktabgacha ta‘limni rivojlantirish Konsepsiyasi asosida ishlab chiqildi. ―Ilm yo’li variativ dasturi bolaning to’laqonli rivojlanishi, tarbiyalanishi va o’qishini, uning maktabda ta‘lim olishga samarali tayyorlanishini ta‘minlashga qaratilgan, bolalarni maktabga tayyorlash bo’yicha xalqaro tajribalarning hisobga olinib, ishlab chiqilgan hujjat bo’lib sanaladi. Mazkur dastur o’ziga xos bo’lib, unga ko’ra, o’quv-tarbiyaviy faoliyat kuniga 3 soat davomida amalga oshiriladi, uning majburiy qismi 80 foizni va variativ qismi esa 20 foizni tashkil etadi.
Dastur idoraviy bo’ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat‘iy nazar O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida qo’llanilishi mumkin:
 bolalarni maktabga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlariga ega bo’lgan
umumiy hamda ixtisoslashtirilgan tiplardagi davlat va nodavlat ta‘lim tashkilotlarida;
 maktabgacha va boshlang’ich ta‘lim tizimi uchun kadrlar tayyorlashni amalga oshiradigan o’rta-maxsus va oliy ta‘lim muassasalarida;
 maktabgacha va umumiy o’rta ta‘lim tizimi uchun pedagog-kadrlarnining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini amalga oshiruvchi muassasalarda.
Shuningdek, har bir maktabgacha ta‘lim tashkiloti, shu jumladan, maktabgacha ta‘limning muqobil shakllari xududiy, milliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlardan kelib chiqib, o’z muqobil shakllarini ishlab chiqishi mumkin.
Dastur asosiga bola shaxsining rivojlanishidagi asosiy sohalar (jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish) bo’yicha O’zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari kiritildi. Dastur (kurrikulum)ning o’rgatuvchi jarayonidagi integrasiyalashgan yondashuv bola rivojlanishining yaxlitligini ta‘minlaydi.

Yüklə 201,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə