I bob. Dasturning maqsad, vazifa va tamoyillari


II bob. 6 yoshdan 7 yoshgacha bolalar rivojlanishidagi o‘ziga xosliklar



Yüklə 201,35 Kb.
səhifə3/21
tarix16.05.2023
ölçüsü201,35 Kb.
#110630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
ILM YO\'LI

II bob. 6 yoshdan 7 yoshgacha bolalar rivojlanishidagi o‘ziga xosliklar
Fiziologik rivojlanish
Mazkur davrda organizmning tayanch-harakat va yurak-qon-tomir tizimlarining intensiv rivojlanishi hamda takomillashishi, mayda mushaklarning rivojlanishi, markaziy asab tizimidagi ayrim bo’linmalarning rivojlanishi va differensirovkalanishi ro’y beradi. bolaning vazni oyiga taxminan 200 gr atrofida, bo’yi o’sishi esa 0,5 sm ga ortib boradi, tana proporsiyalari o’zgara boshlaydi. 7 yoshli bolalarning bo’yi o’rtacha 113-122 sm ga, o’rtacha vazni esa 21-25 kg ga teng bo’ladi. Miya sohalari deyarli katta yoshli kishilarnikidek shakllangan. Harakat sohalari yaxshi rivojlangan. Suyaklar mustahkamlanishi davom etadi, lekin umurtqa egilishlari hali barqaror emas. Yirik va ayniqsa, mayda motorikanin rivojlanishi davom etadi. Qo’l panjalari mushaklarning koordinasiyasi intensiv rivojlanadi. Umumiy jismoniy rivojlanish bolaning nozik motorikasi rivojlanishi bilan bog’liq bo’ladi. Qo’l barmoqlarining mashq qildirilishi boladagi intellektni oshirish, nutqni rivojlantirish va yozishga tayyorgarlik ko’rish vositasi bo’lib sanaladi. (2-ilova)
Psixik jarayonlarning rivojlanishi.
Bu yosh bosqichining o’ziga xos tomoni bo’lib bilishga doir va fikriy psixik jarayonlarning faol rivojlanishi hisoblanadi. Bola kuzatishga, qarab izlash kabi ixtiyoriy harakatlarni bajaradi. Mana shu yoshda sensor etalonlar – shakl, rang, o’lcham to’la o’zlashtiriladi. Maydon-makonni anglashning rivojlanishi davom etadi. Bola pastga, tepaga, boshqa tomonga kabi tushunchalar bilan amallarni bajara boshlaydi. Shuningdek, endilikda o’ng va chap tomonni tasavvur qilish aniq shakllangan bo’lishi lozim. Biroq, bu yoshdagi bolalarda bir vaqtning o’zida turli xildagi belgilarning hisobga olinishi lozim bo’ladigan paytlarda xatolikka yo’l qo’yishlari uchrashi mumkin.
Diqqat. Maktabgacha yosh oxiriga kelib ixtiyoriy diqqat rivojlana boshlaydi. Bola diqqatini ongli ravishda ma‘lum bir predmetlarga va ob‘yektlarga yo’naltirib va jamlab tura oladi. Diqqatning barqarorligi ortishi – 20-25 daqiqa, diqqat hajmi 7-8 ta predmetni qamrab oladi. Bola ikkiyoqlama tasvirlarni ko’ra olishi mumkin.
Xotira. Maktabgacha yosh oxiriga kelib bolada psixik faollikning ixtiyoriy shakllari paydo bo’ladi. U endilikda predmetlarni qarab chiqa oladi, maqsadga qaratilgan kuzatishni amalga oshira olishi mumkin, ixtiyoriy diqqat paydo bo’ladi va buning natijasida ixtiyoriy xotira elementlari yuzaga kela boshlaydi. Ixtiyoriy xotira bola o’zi mustaqil ravishda maqsadni belgilaganda – eslab qolish va eslash holatlarda namoyon bo’ladi. Bolaning eslab qolish istagini har tomonlama rag’batlantirish zarur, chunki bu nafaqat xotiraning, balki bilishga doir boshqa qobiliyatlar – anglash, diqqat, fikrlash, tasavvur qilishning ham muvaffaqiyatli rivojlanish garovidir. Ixtiyoriy xotiraning paydo bo’lishi vositalangan xotiraning – eslab qolishning eng mahsuldor shakli rivojlanishiga yordam beradi. Bu yo’ldagi birinchi qadamlar eslab qolinadigan materialning o’ziga xosliklari – yorqinligi, ommabopligi, noodatiyligi, ko’rgazmalilik va boshqa shu kabilar bilan shartlanadi. Bu davrda maktabgacha yoshdagi bolalarni eslab qolish maqsadlarida tasniflash va guruhlash usullariga maqsadli ravishda o’rgatish mumkin.
Fikrlash. Ilgarigidek, yetakchi bo’lib ko’rgazmali-qiyofaviy fikrlash hisoblanadi, lekin maktabgacha yosh oxiriga kelib so’zli-mantiqiy fikrlash shakllana boshlaydi. U so’zlarn ishlata bilish, fikr-mulohazalar mantig’ini tushuna olish mahoratining rivojlanishini ko’zda tutadi. Bu yerda albatta katta yoshlilarning yordami zarur bo’lib hisoblanadi, chunki bolalarning, masalan, predmetlar kattaligi yoki sonini taqqoslashlaridagi bolalarcha fikr-mulohazalarining nomantiqiyligi mavjud bo’lishi ma‘lumdir. Maktabgacha bo’lgan yoshda tushunchalarning rivojlanishi boshlanadi. To’la holda so’zli-mantiqiy, tushunchali yoki abstrakt fikrlash o’smirlik yoshiga kelib shakllanadi. Katta maktabgacha yoshdagi bola sabab-oqibatli aloqadorliklarni belgilay olishi, muammoli vaziyatlar yechimini topa olishi mumkin bo’ladi.

Yüklə 201,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə