I bob. Dasturning maqsad, vazifa va tamoyillari



Yüklə 201,35 Kb.
səhifə4/21
tarix16.05.2023
ölçüsü201,35 Kb.
#110630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
ILM YO\'LI

Tasavvur. Bola hayotining bu davri tasavvur qilishning o’ziga xos faolligi bilan tavsiflanadi. Dastlab bu fakat yaratuvchilik tasavvurlari bo’ladi, ya‘ni, biron-bir ertaknamo qiyofalarni tasavvur qilishga imkon beradigan tarzda bo’ladi, keyinchalik esa butunlay yangi qiyofalarni yaratishga qodir bo’lgan ijodiy tasavvurga aylanadi. Bu bolada fantaziyani rivojlantirish uchun o’ta muhimdir.
Nutq. Grammatika va leksikaning rivojlanishi davom etadi, nutq ravon bo’la boradi. So’z boyligi ortadi, bolalar umumlashtiruvchi otlarni ishlata boshlaydilar, sinonimlar, antonimlar va sifatlardan foydalana boshlaydilar. Agarda bola bilan birga ko’p o’qilsa va muloqot qilinsa, unda bu yoshga kelib ham monologik nutq (tushuntirishli va talqin qiluvchi, bayoniy nutq) hamda muloqotda ishtirok eta olish mahorati yaxshi darajada shakllangan bo’ladi. Yozma nutq shakllana boshlaydi. So’z boyligi taxminan 3 000 ta so’zgacha boyib boradi.
Shaxs rivojlanishi. Maktabgacha yoshdagi bolaning ongidagi asosiy o’zgarish bo’lib ―harakatlar ichki rejasining paydo bo’lishi hisoblanib, u bolaga nafaqat ko’rgazmali tarzda, balki ongli ravishda ham turli xildagi tasavvurlarni hosil qilishga yordam beradi.
Bolaning o’z-o’zini anglashida ―Men obrazini anglashi refleksif qobiliyatini belgilaydi, ya‘ni, tahlil qilishi, o’z harakatlarining maqsadlari va natijalari uchun javob bera olishi, shu jumladan, o’z kechinmalari, hissiyotlarini anglashi. Aynan shu yangilanish bolaning ma‘nan rivojlanishining asosi bo’lib hisoblanadi. 6-7 yoshli bolaning psixik va shaxsiy sohalarida rivojlanishining eng muhim yangi hosilasi sifatida motivlarning bo’ysundirilishi hisoblanadi. ―Men qilishim kerak,
―men qila olaman motivlarining anglanishi ―men xohlayman motivi ustidan ustunlik qila boshlaydi.
O’z ―Menini anglash va mana shu asosida maktab yoshi oxiriga kelib ichki hissiyotlarning paydo bo’lishi yangi ehtiyojlarni tug’diradi. Butun maktabgacha yosh davomidagi faoliyatning yetakchi turi bo’lib hisoblangan o’yin mana shuning natijasida endi bolaning ehtiyojlarini to’la qondira olmay qoladi. Bolada endilikda o’z bolalarcha hayoti doirasidan tashqariga chiqishga intilish, ijtimoiy-ahamiyatli faoliyatda o’z o’rnini egallash istagi yuzaga keladi, ya‘ni, bola yangi ijtimoiy hissiyotni – ―maktab o„quvchisi o„rninini egallashga intiladi, bu esa 6-7 yoshli bolalarning shaxsiy hamda psixik rivojlanishidagi eng muhim natija va o’ziga xosligi bo’lib sanaladi.
6-7 yoshda bola o’zini nafaqat uning o’zi hosil qilgan amaliy harakatlar chegaralarida anglay boshlaydi, balki u o’zining atrof-muhitga va boshqa kishilar orasidagi o’z o’rniga nisbatan munosabatlarini tushuna olish hamda tahlil qila olishga (bu yosh uchun xos bo’lgan shaklda) qobil bo’ladi: o’zini ijtimoiymunosabatlar tizimidagi sub‘yekt sifatida tushunish – o’zining ijtimoiy―Menini anglash paydo bo’ladi (3-ilova)
O’z -O’zini baholash bu yoshdagi bolada qoidaga ko’ra, o’zini ko’ra olishtendensiyasiga ega bo’ladi. Bunda bola tashqi baholashga juda bog’liqbo’ladi,chunki u o’zi haqida ob‘yektiv fikrni tuza olish imkoniga ega bo’lmaydi, uo’ziningqiyofasini tengdoshlari va kattalar o’z nomiga eshitgan baholardan kelib chiqibtuzadi. Maktabgacha yoshda bo’lgan bolalar yaxshi, va birinchi bo’lishga jon-dilibilan intiladilar, muvaffaqiyatsizlikka uchraganda juda xafa bo’ladilar, kattalarningmunosabati, kayfiyati o’zgarib qolishiga yorqin va emosional ravishda reaksiyako’rsatadilar. Bu davrda bolalarning guruhda taniqli va yoqimsiz bolalarga ajralib qolishlari aniq namoyon bo’ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning yetakchi ehtiyoji bo’lib ham o’z tengdoshlar, ham kattalar bilan muloqoti sanaladi. Oldingi yosh davridagidek yetakchi faoliyat bo’lib syujetli-rolli o’yinlar qolaveradi. Bu yoshdagi o’yinlarning o’ziga xosligi bo’lib shu narsa hisoblanadiki, bunda bolalar kishilarning murakkab o’zaro harakatlarini o’zlashtirishni va uni amalga oshirib ko’rishni, atrof-muhitdagi asosiy hayotiy vaziyatlarni sinab ko’rishni boshlaydilar.
O’yinlar murakkablasha boradi, ba‘zan kattalar har doim ham tushuna olmaydigan alohida mazmunga ega bo’ladi. Bunda bolalar butun o’yin maydonini to’la kuzatib turishga, o’yindagi barcha ishtirokchilarni ko’rib turishga va zaruriy o’yin harakatlariga bog’liq bo’ladigan o’z xulq-atvori yoki rolini o’zgartirib turishga qodir bo’ladilar. 6-7 yoshli bolaning muloqoti
Bu yoshdagi muloqot vaziyatli-shaxsiy, ya‘ni, berilgan konkret vaqtdagi vaziyatni emas, balki ―nima bo’ldi yoki ―nima bo’ladi tarzidagi vaziyatni ak ettiruvchi sifatida bo’ladi. Muloqotning asosiy mazmuni kishilar dunyosi, xulq-ator qoidalari, tabiiy hodisalardan iborat bo’ladi. Kattalar dunyo tabiatini ochuvchi ijtimoiy me‘yorlar, ijtimoiy kontaktlar va odamlar orasidagi qoidalarning tashuvchisi bo’lib sanaladi. muloqot jarayonidagi yetakchi ehtiyoj – o’zaro tushunish, his-tuyg’ularni his qilish ehtiyojidir. Bola kattalar bilan o’zining ham ijobiy, ham salbiy yorqin kechinmalari bilan o’rtoqlashadi. Ota-onalar hamda pedagoglaning asosiy vazifasi bolaning emosiyalarini ularning bola hayoti uchun ahamiyatliligini kamaytirmagan holda qabul qilishdan iboratdir.
Tengdoshlari bilan muloqotda bola yoshining quyidagicha namoyon bo’lishi
ifodalanadi:
muloqot tashabbusini boshlash;
birinchi yaqinlik;
biri-biriga, tan olinishga va hurmatga ehtiyoj;
musobaqalashuv tarzidagi taqlid qilish;
sherikka nisbatan yuqori sezuvchanlik (ranjish, qarshilik, janjal);
guruhda bolalarning tutgan o’rni bo’yicha farqlanishi paydo bo’ladi.
7 yoshlarga kelib bolada maktabgacha bo’lgan yosh davri tugaydi.
Bu davrdagi asosiy ko’nikmalar bo’ilb quyidagilar sanaladi:
bola tomonidan odam turmush madaniyati predmetlari va narsalari dunyosining o’zlashtirilishi;
boshqa kishilar bilan pozitiv muloqot qila olish qobiliyati;
maktab o’quvchisi ichki hissiyotining shakllanishi, ya‘ni, ongli ravishda, u nima qilish kerakligi va kattalar undan nimani kutayotganliklarini to’la tushuna olish bilan bolaning maktabga borish istagining paydo bo’lishi.
Maktabgacha yoshda davomida bolalar narsalar dunyosini kishilik madaniyatining predmetlari sifatida o’zlashtiradilar; boshqa kishilar bilan pozitiv muloqot qilishni o’rganadilar; ularda jinsiy identifikasiyalanish rivojlanadi, maktab o’quvchisi pozisiyasi shakllanadi.
Maktabgacha bo’lgan yosh oxiriga kelib bola endilikda bilishga doir va shaxsiy rivojlanishning yuqori darajasiga ega bo’lib, bu unga maktabda keyinchalik muvaffaqiyatli o’qishga imkon beradi.

Yüklə 201,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə