I bob. Dasturning maqsad, vazifa va tamoyillari


“Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari



Yüklə 201,35 Kb.
səhifə6/21
tarix16.05.2023
ölçüsü201,35 Kb.
#110630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
ILM YO\'LI

3.2.2. “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari
―Ijtimoiy-hissiy rivojlanish sohasidagi o’quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga
yetganidan so’ng 6-7 yoshli bola:
 o’z―Meni va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli to’g’risida tasavvurga ega bo’ladi;
 o’z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi;
 o’zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi;
 kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi;
 murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yo’llarini topadi.
3.2.3.«Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasi
kompetensiyalari
―Nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari sohasidagi o’quv-tarbiyaviy
faoliyat yakuniga yetganidan so’ng 6-7 yoshli bola:
 nutqni eshitadi va tushunadi;
 o’z nutqida to’g’ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap konstruksiyalaridan foydalanadi;
 ikkinchi tilni o’rganishga qiziqish namoyon qiladi;
 ikkinchi tilni egallash bo’yicha dastlabki bilimlarini ko’rsatadi;
 badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon qiladi;
 so’zning lug’aviy, bo’g’inli va fonetik tuzilishi to’g’risida tasavvurga ega bo’ladi;
 turli ma‘no shakllarini mustaqil ravishda tuzish va so’zlab berishni biladi;
 yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi.
3.2.4.”Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi kompetensiyalari
Bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o’quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so’ng 6-7 yoshli bola:
 bilim olishga faol qiziqishni namoyon etadi;
 o’quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topadi va undan foydalanadi;
predmetlar, voqealar va ko’rinishlar o’rtasidagi oddiy aloqalarni tushunadi va ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi;
raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qo’llaydi;
 makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi;
 elementar matematik hisoblashlarni amalga oshiradi;
 atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va ko’rinishlarni kuzatadi hamda tadqiq qiladi;
 atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g’amxo’r munosabatni namoyon etadi.

Yüklə 201,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə