I bob. Fizikaviy kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari


Bajarilgan ish xatosini aniqlash



Yüklə 379,92 Kb.
səhifə10/15
tarix28.11.2023
ölçüsü379,92 Kb.
#135381
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
5-ma\'ruza. ma ye 2-kurs

Bajarilgan ish xatosini aniqlash
Kalorimetr doimiysini aniqlayotganda qilingan xatoni hisoblash uchun quyidagi tenglamadan foydalaniladi:

va – suyuqlikning izobarik solishtirma issiqlik sig‘imi va absolyut chetlashish qiymati;
va – kalorimetr doimiysi va uning absolyut chetla-shish qiymati;
va – kalorimetrning suyuqliksiz issiqlik sig‘imi va uning absolyut chetlashish qiymati.
Erish issiqligini va neytrallanish issiqligini aniqlanganda qilingan xatoni hisoblash uchun quyidagi tenglamadan foydalaniladi:

bunda
–termometr shkalasining aniqligi;
–o‘lchanayotgan modda og‘irligi aniqligi.
Idish doimiysini aniqlanayotgandagi xato taxminan 3%ni tashkil qilsa, issiqlik effektini aniqlanayotganda ham shuncha miq-dorda xatoga yo‘l qo‘yish mumkin. Natijada umumiy xato ~ 6%ni tashkil etadi. Idish doimiysini nazariy yo‘l bilan hisoblanganda xato yana ham katta bo‘lishi mumkin.


A. Sirka kislotaning dissotsiyalanish
issiqligini topish
Tajriba
Kuchsiz kislota kuchli asos yordamida neytrallanganda chiqadigan issiqlikni topish uchun 5 – ishda tavsif etilgandek kallorimetr yig‘iladi. Kаlorimetr probkasiga aralashtirgich bilan Bekman termometridan tashqari, ampula ham o‘rnatiladi, ampulaga ishqor solinadi. Bu ampula hajmi 40–50 ml keladigon qilib kengaytirilgan naydan iborat. Ampulaga uchi o‘tkir shisha tayoqcha solib qo‘yiladi, bu tayoqcha ampulaning tagini teshish uchun kerak bo‘ladi.
Neytrallanish reaksiyasi natijasida issiqlik chiqadi: shu sababli Bekman termometrini shu tarzda sozlash kerakki, tajribadan ilgari termometr kapillyaridagi simob shkalaning pastki qismida bo‘lsin. Kаlorimetr yig‘ib tayyorlangandan keyin, kаlorimetr doimiyligi topiladi (bundan avvalgi ishga qarang), buning uchun kаlorimetr probkasiga o‘rnatilgan tuzli probirka o‘rniga bo‘sh ampula qo‘yiladi.
Kаlorimetr doimiyligi topilgandan keyin neytrallanish issiq-ligini topishga kirishiladi. 500 ml li o‘lchov kolba olinib, o‘ndan bir grammigacha aniqlik bilan tortiladi va unga 6 ml sirka kislota quyiladi, shundan keyin kolbaning o‘lchov chizig‘igacha distillan-gan suv quyib, kislota suyultiriladi. Kislota xona temperaturasi-gacha isigandan keyin eritma solingan kolba tortiladi. Bu og‘irliklar farqidan eritmaning og‘irligi topiladi; kislota kаlorimetrga quyiladi.
Texnika tarozisida 4 gr qattiq xoldagi NaOH tortib olinib, 50 ml li o‘lchov kolbasiga solinadi va kolbaga distillangan suvdan oz-oz quyib, NaOH eritiladi. Bunda eritma isiydi, shuning uchun kolba sovutib turiladi. Kolbaga o‘lchov chizig‘iga etkuncha distil-langan suv quyiladi va eritma uy temperaturasigacha sovutiladi.

Yüklə 379,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə