I bob. Glinka rus klassik musiqasining asoschisi 1 Glinkaning hayoti va ijodi



Yüklə 49,92 Kb.
səhifə3/10
tarix13.12.2023
ölçüsü49,92 Kb.
#149362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
I bob. Glinka rus klassik musiqasining asoschisi 1 Glinkaning ha-fayllar.org

II BOB. Rus klassik musiqalari
2.1 Glinkaning yaratgan musiqalari
Rus klassik musiqasi M.I.Glinka ijodida uzil-kesil shakllandi. Pushkin rus adabiyoti tarixida xalq ijodi va xalq ozodlik kurashi bilan chambarchas bog’langan yangi realistik uslub davrini ochgani singari, Glinka ham rus musiqasida xalq qahramonlik g’oyalarini ifodalaydigan va xalq qo’shiq ijodiga asoslangan davr yaratishga muvaffaq bo’ldi. Glinka xalq-qahramonlik operalarining yaratilishiga asos bo’lgan birinchi rus tarixiy –realistik opera «Ivan Susanin»ni yozdi, uning «Ruslan va Lyudmila» operasi epik-ertak operalariga yo’l ochib berdi. Dargomijskiy «Rusalka» operasi orqali birinchi xalq maishiy musiqali dramani yaratdi, «Keksa kapral», «Titulyar maslahatchi», «Chuvolchang», qo’shiqlarida esa hajviy va realizm namunalarini boshlab berdi. XIX asrning 50-60- rus ijtimoiy hayotida katta yuksalishlar ro’y berdi. Bu yuksalish adabiyotda (Chernishevskiy, Belinskiy, Dobrolyubov, Nekrasov), rassomchilikda («Peredvijnik»- rassomlar guruhi, Kramskoy, Perov va boshqalar) o’z ifodasini topdi. 1862 yilda Peterburgda, 1866 yilda esa Moskvada konservatoriyalar ochildi, professional musiqa ta’limi rivojlandi. Aka-uka Anton va Nikolay Rubinshteynlar konservatoriyalarning tashkilotchilari edilar. Shu davrda «Yangi rus musiqa maktabi» deb ataladigan kompozitorlarning ijodiy birlashmasi yuzaga keldi, bu birlashmada M.P.Musorgskiy A.P.Borodin, N.A.Rimskiy-Korsakov, S.A.Kyuilar bor edilar, unga M.A.Balakirev rahbarlik qilardi. Bu to’da o’z oldiga Glinka boshlab bergan yo’lni davom ettirish va uning asarlarini targ’ib qilish vazifasini qo’ygan edi. «Yangi rus musiqa maktabi» musiqa ijodlarida rus musiqa folklori bilan birga boshqa xalqlar musiqasi, jumladan, sharq musiqasidan ham keng foydalandi.
Uning «Qiynama meni», «Oh, go’zal qiz» singari romanslari mana shu davrda yozilgan edi. Glinka zamondosh kompozitorlar ijodini diqqat bilan kuzatib bordi, rus maishiy musiqa asarlari namunalarini tingladi. Glinkaning Kavkazga borishi unda boshqa xalqlar milliy san’atiga hurmat- ehtirom bilan qarash hissini uyg’otdi. 1830 yilda Glinka musiqa ma’lumotini yanada oshirish maqsadida chet elga boradi, to’rt yil davomida o’tkazgan sayohatining uch yili Italiyada o’tdi . Glinka Italiya opera san’atini sinchiklab o’rgandi. Uning o’zi bu to’g’risida , «Ovozni boshqarish bilan aloqador bo’lgan juda injiq va qiyin san’at bilan va uni qanday qilib yozish yo’llari bilan tanishdim», deb yozadi. Glinka chet eldan o’z vataniga kamolga yetgan va murakkab ijodiy yo’lga puxta tayyorlangan usta kompozitor bo’lib qaytadi.
Glinka Peterburgga qaytib kelgandan keyin opera uchun juda ko’p syujetlar axtardi va pirovardida «Ivan Susanin» syujetiga opera yozishni ma’qul deb topdi. Kompozitor opera asarining birinchi sahifasiga bu opera qahramonlik operasi ekanligini yozib qo’ygan edi. «Ivan Susanin» operasi 1836 yilda birinchi marta sahnaga qo’yilgan edi. Nikolay I opera nomini «Ivan Susanin» demasdan , «Podshoh uchun jon fido» deb o’zgartirishga buyurdi. Rus musiqa san’atida sahnaga birinchi marta oddiy erkak kishi , dehqonlardan chiqqanligi uchun u zodagonlar doimiy saroy opera teatri sahnasida faqat italyan operalarini eshitardilar, shu sababdan rus xalq ruhiga yaqin bo’lgan bu mashhur operaga munosabat ijodkor kutganicha bo’lmadi.

Yüklə 49,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə