I bob. Glinka rus klassik musiqasining asoschisi 1 Glinkaning hayoti va ijodi


«Ivan Susanin» operasining qisqacha mazmuni



Yüklə 49,92 Kb.
səhifə4/10
tarix13.12.2023
ölçüsü49,92 Kb.
#149362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
I bob. Glinka rus klassik musiqasining asoschisi 1 Glinkaning ha-fayllar.org

«Ivan Susanin» operasining qisqacha mazmuni.
Rus xalqi 1611- yilda Pol’sha bosqinchilariga qarshi kurash uchun kuch to’playdi. Kuzma Mininning vatanparvarlik chaqirig’iga javoban butun xalq vatan mudofaasiga otlanadi. 1612- yilda Minin va Pojarskiy rahbarligida ko’ngilli xalq lashkarlari Moskvani bosqinchilardan ozod qiladilar, ammo rus yerining ayrim joylarida partizan guruhlari polyaklarga qarshi kurash olib boradilar. Kostromali dehqon Ivan Susanin oilasi ham bu kurashdan chetda qolmadi. Susaninning qizi Antonidaning kuyovi Bogdan Sabinin ham partizanlarga qo’shilib ketdi. Polyak panlari g’alabani bayram qilib, o’g’irlangan o’ljalarni taqsimlay boshladilar, ammo shu paytda Moskva ostonalarida polyak qo’shinlarida polyak qo’shinlarining tormor qilinganligi haqida xabar keladi. Polyak panlari qaytadan Rus’ yeriga yurish boshlaydilar. Polyaklar to’satdan Susanin uyiga bostirib kiradilar va Moskvaga olib boradigan yo’lni ko’rsatishni talab qiladilar. Susanin polyaklarni o’tib bo’lmaydigan botqoqlik o’rmonga boshlaydi, o’g’li Vanyani esa xalq lashkarlariga xabar bergani yuboradi. Polyaklar Susanin maqsadini payqagach , uni o’ldiradilar. Xalq Qizil maydonda o’z sarkardalari Minin va Pojarskiyni g’alaba bilan tabriklaydi. «Ivan Susanin» operasida oddiy dehqon Ivan Susanin obrazi – xalq qahramoni va vatanparvarlikning badiiy jihatdan umumlashgan obrazi darajasiga ko’tarilgan. Glinkaning xalqchillikni juda yaxshi tushunishi rus klassik musiqasining eng muhim omillaridan hisoblangan - haqqoniylik va realizmning hayotda barqaror o’rin olishiga olib keladi. Operada xalq sahnalari katta o’rin egallaydi. Lirik ohangdor xalq qo’shiqlari ruhida yozilgan «Mening vatanim» nomli dehqonlar xori opera g’oyasining asosiy musiqaviy ifodasi hisoblanadi. Xor sahnalari rus xalq qo’shiqlariga asoslangan bo’lib, xalq hayotining hilma – xil tomonlari bilan chambarchas bog’langandir. Polyaklar ko’rsatiladigan sahnalarga polonez, mazurka, krakovyak singari G’arbiy Yevropa raqslari ham kiritilgan . Opera hayotbaxsh, yorqin xarakterli «Senga Shon-sharaflar bo’lsin» nomli mashhur xor bilan tugaydi. Bu xor dushmanlarni ona yerdan haydagan mardona xalqning yuksak vatanparvarlik kayfiyati, tantanasi va shodligini ifodalaydi . Glinka «Ivan Susanin» operasi sahnaga qo’yilganidan keyin bir necha yil davomida kompozitor va pedagog sifatida jiddiy ishladi. 1842 yilda kompozitor o’zining ikkinchi operasi - «Ruslan va Lyudmila»ni yozib tugatdi.

Yüklə 49,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə