I bob. Glinka rus klassik musiqasining asoschisi 1 Glinkaning hayoti va ijodi


Mixail Ivanovich Glinkaning simfonik ijodi



Yüklə 49,92 Kb.
səhifə8/10
tarix13.12.2023
ölçüsü49,92 Kb.
#149362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
I bob. Glinka rus klassik musiqasining asoschisi 1 Glinkaning ha-fayllar.org

Mixail Ivanovich Glinkaning simfonik ijodi
M. I. Glinkaning simfоnik asarlari sоni unchalik ko’p emas. Glinka 4 qismli simfоniyalar yaratmagan. Uning simfоnik asarlari bir qismli bo’lib, uvertyura yo fantaziya janrida yozilgan. Lekin bu bir qismli simfоnik asarlarning tarixiy ahamiyati shu darajada salmоqli bo’lganki, ularni bemalоl rus klassik simfоnizmining asоsi deb hisоblash mumkin.
Simfonik orkestr uchun asarlar
Glinka ijоdida simfоnik оrkestr uchun asarlar muhim o’rin egallaydi. Glinka bоlaligidanоq оrkestrni yaxshi ko’rardi. «Muzi’ka dusha mоya», ya`ni «Musiqa mening jоnu dilim» derdi Glinka. Amakisinikida tutqunlikdagi dehqоnlardan tashkil tоpgan juda yaxshigina оrkestr bоr edi. Ularnikiga bоrganda оrkestr ijrо etgan asarlarni mazza qilib eshitardi. Simfоnik оrkestr uchun yaratilgan eng ahamiyatli asarlar deb «Kamarinskaya» fantaziyasi, «Aragоncha xоta» va «Madriddagi tun» nоmli ispancha uvertyuralari, shuningdek «Vals – fant aziyasi»ni aytish mumkin. Simfоnik kоntsertlar repertuariga Glinka yaratgan ikkala оperaga uvertyuralar, va «Knyaz Xоlmskiy» tragediyasiga ajоyib musiqa kiradi.
2.2 Glinkaning rus m\klassik musiqasida tutgan o’rni
Mixail Ivanovich Glinka - rus mumtoz musiqasiga asos solgan buyuk kompozitor. Uning rus musiqasi tarixida tutgan o‘rnini Aleksandr Sergeevich Pushkinning rus adabiyotiga qo‘shgan hissasi bilan qiyoslash mumkin. Rus tanqidchi - adabiyotshunosi Belinskiyning aytishicha, Glinka, Pushkin singari, “…nafis insoniy tuyg‘ularni ravon shakl bilan uyg‘unlashtira olgan”. Shoir va kompozitorning mana shu xususiyati uning ijodini haqiqiy mumtoz badiiy ijod namunasiga aylantirdiki, u chuqur ichki haqiqat va keng mazmunning yorqin, qat’iy va mukammal shakl bilan mushtarakligiga asoslanadi. Buyuk rus kompozitori Mixail Ivanovich Glinka 1804 yilning 20 mayida Smolensk gubernasining Novospassk qishlog‘ida tug‘ilgan. U nimjon va kasalmand bola edi.
Glinkaning dastlabki musiqa taassurotlari xalq qo‘shiqlari bilan bog‘liqdir. Hali bolalik davrlaridanoq Glinka professonal musiqa bilan shug‘ullanadi: krepostnoy orkestr kontsertlarini tinglaydi, ko‘pincha o‘zi ham bunday kontsertlarda sozanda sifatida bevosita ishtirok qiladi. U fortepiano va skripka chalishni juda erta boshladi. Glinkaning yoshlik yillari Peterburgda o‘tadi. 1818 - 1822 yillarda Bosh pedagogika institutining Ulug‘vor pansioni (o‘quvchilarni yotoqxona, oziq - ovqat, kiyim – bosh bilan ta’minlaydigan o‘rta o‘quv yurti)da tahsil oladi. Pansiondagi mashg‘ulotlar Glinka dunyoqarashining shakllanishiga ijobiy ta’sir qiladi, chunki bu yerda uning o‘qituvchilari taraqqiyparvar fikrli olimlar, tarbiyachisi esa oldingi dekabrist, Aleksandr Sergeevich Pushkinning do‘sti V. K. Kyuxelbeker edi. Kyuxelbeker Glinkada xalqqa bo‘lgan mehr - muhabbat va xalq uchun har qanday xizmat qilishga tayyor bo‘lish his - tuyg‘ularini rivojlantirgan. Glinka fortepiano bo‘yicha Jon Fild (irlandiyalik pianinochi, kompozitor va pedagog) va va Sharl Maer (nemis pianinochisi, kompozitor va pedagog, Jon Fildning shogirdi)dan dars oladi.
1820 yillarda Glinka Peterburg musiqa olamida pianinochi, ashulachi sifatida shuhrat qozonadi. Uning dastlabki kamer - cholg‘u, orkestr, fortepiano va vokal asarlari ham shu davrga tegishlidir. Ayniqsa, Glinkaning alohida, yorqin qobiliyati romans janrida namoyon bo‘ladi).
Glinkaning Aleksandr Sergeevich Pushkin, V.A.Jukovskiy, V.F.Odoevskiy kabi oldingi dekabristlar bilan bo‘lgan ijodiy aloqalari unda progressiv estetik qarashlarni va ijodiy tamoyillarning shakllanishiga yordam qiladi.
1830 - 1834 yillarda Glinka Yevropaning Italiya, Avstriya, Germaniya kabi davlatlari bo‘ylab sayohatga chiqadi va sayohat davomida bir qator asarlar yaratadi.
Glinka ijodida deyarli barcha musiqiy janrlar, birinchi navbatda esa opera janri aks etgan. “Ivan Susanin” va “Ruslan va Lyudmila” kabi operalar rus operasining klassik davrini ochib berdi va uning boshlanishini xalq musiqa dramasi, ertak - opera va doston - opera kabi asosiy yo‘nalishlarga qo‘yib berdi. Glinkaning yangiliklarga intilishi, boshqacha aytganda uning novatorligi musiqiy dramaturgiya sohasida ham yaqqol ko‘zga tashlandi: rus musiqasida u birinchilardan bo‘lib operada so‘zlashuv dialoglaridan tamomila voz kechib, uni to‘liq simfonik rivojlantirish usulini o‘ylab topdi. Uning ikkala operasi uchun ham xalqparvar - qahramonlik yo‘nalish, keng epik - vazmin tuzilish, hashamatli xor sahnalari xosdir. Mixail Ivanovich Glinkaning “Ivan Susanin” operasi - qahramonlik ruhida yozilgan xalq musiqali dramasidir. Umrining oxirgi yillarini Glinka goh Peterburgda, goh Varshavada, Parij va Berlinda o‘tkazadi. Bu yillari uning eng yaqin, vafodor do‘sti - kichik singlisi Lyudmila Ivanovna Shestakova edi. Lyudmila Ivanovna Shestakova akasining o‘limidan keyin butun umrini uning ijodini targ‘ib qilishga bag‘ishlaydi. U Glinka ishining davomchilari bo‘lgan “Qudratli to‘da” kompozitorlarinig yaqin do‘sti bo‘lib qoladi. Mixail Ivanovich Glinka 1857 yil Berlinda vafot etadi. Keyinchalik uning xokini Peterburgga olib kelishib, Aleksandro - Nevskiy lavrasi qabristoniga dafn etishadi.
Glinka romanslaridagi samimiylik va oddiylik, his-tuyg‘u va kayfiyatni ifodalashda soddalik va bosiqlik, shaklning klassik uyg‘unligi va mutanosibligi, kuyning go‘zalligi, matn mazmunini doimo ifodali, haqqoniy yetkazilishi va rang - barang garmoniyasi kabi barcha xususiyatlar odamni rom qiladi.

Musiqani хalq yaratadi, biz san’atkоrlar esa unga faqat sayqal bеramiz”





Yüklə 49,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə