I bob. Mahalla oila va maktab hamkorligi



Yüklə 78,51 Kb.
səhifə1/6
tarix17.12.2023
ölçüsü78,51 Kb.
#150053
  1   2   3   4   5   6
Mahalla, oila va maktab hamkorligining mazmun mohiyati.


Mahalla, oila va maktab hamkorligining mazmun mohiyati.
Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………………..3
Asosiy qism
I.BOB. MAHALLA OILA VA MAKTAB HAMKORLIGI
1.1.O`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab ham- korligi konsepsiyasi.8
1.2. O`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamk- orligini amalga oshirish tamoyillari va bosqichlari, mexaniz- mi va uslublari. …….………...…..16
II.BOB. SINF RAXBARINING OILA VA JAMOATCHILIK BILAN HAMKORLIGI
2.1. O`qituvchi odobi……………………………………………………...………21
2.2. O`qituvchi odobining maqsadi…………………………………………...…..26
Xulosa……………………………………………………...…………………......27
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………..……………….…….28


Kirish


Kurs ishining dolzarbligi: Mustaqil O`zbekistoning xalqparvar siyosati natijasida ijtimoiy-iqtisodiy, g`oyaviy-siyosiy, etnik-madaniy hayotida kun sayin jiddiy o`zgarishlar bo`lmoqda. Jamiyatimiz moddiy va ma‘naviy rivojining yangi omillari xalqning milliy o`z-o`zini anglashda samarali ta‘sir ko`rsatayapti. Mamlakatimiz hayotining barcha tomonlarini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish xalqimiz madaniy kuch-qudratini ma‘naviy jihatdan tiklash, g`oyaviy jihatdan yangilash va o`z-o`zini anglashdan iborat muhim vazifalarni qo`ymoqda. Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining uzluksiz rivojlanishi uchun iqtisodiy, siyosiy, huquqiy shart-sharoit yaratilmoqda. Jumladan, hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qator me‘yoriy hujjatlarda o‘qitishni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish sohasida qator tadbirlar belgilab qo‘yilgan. Xususan, boshlang‘ich ta‘limda o‘qitishga alohida e‘tibor qaratilib, bugun zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanish qayd qilinadi.
Shunday ekan, bolaning mustaqil va erkin shaxs sifatida shakllanishi uchun eng avvalo oila mustahkamligi ta‘minlanishi zarur. Oila jamiyat tayanchi ekanligini unutmasligimiz lozim. Ammo barcha vazifalarni oilaga tashlash ham noto`g`ri. Oiladagi ta‘lim-tarbiyaning to`ldiruvchi maktab va jamoatchilik mavjud. Mana shu tashkilotlarning o`zaro hamkorlikda ishlashi bola tarbiyasi, xususan barkamol shaxs tarbiyasi uchun zarurdir. Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan ― Mustahkam oila yili Davlat dasturini amalga oshirish jarayonida oila, mahalla, ta‘lim maskanlari o’rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, har jihatdan sog’lom va barkamol yoshlarni voyaga yetkazish masalasiga alohida e‘tibor qaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yilda ishlab chiqilgan ― Oila, mahalla, maktab hamkorligi Konsepsiyasi asosida umumta‘lim maktablari bilan o’zini o’zi boshqarish organlari va oila institutlari o’rtasida yaqin hamkorlik yo’lga qo’yilgan. Bu esa o’quvchilarning qiziqishi va qobiliyatini o’z vaqtida aniqlash, bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ta‘limning keyingi bosqichiga yo’naltirishda muhim omil bo’lmoqda. Ayni paytda "oila-mahalla-maktab" hamkorligi oilalardagi ma‘naviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilash, ularda ulg’ayayotgan o’g’il-qizlarni zamon talablari asosida, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda o’z samarasini berayotir. ―Oila-mahalla-maktab‖ hamkorligining yosh avlod ta‘lim-tarbiyasidagi ahamiyati beqiyosdir. Yigit-qizlarning oila haqidagi tasavvurini kengaytirishga xizmat qiladigan ―Oila – muqaddas tushuncha, ―Oilaviy an‘analar, ―Ota va ona – oila tayanchi, ―Oilada sharqona sadoqat» mavzularidagi ma‘rifiy tadbirlar, tanlov va davra suhbatlari yoshlarimiz uchun har tomonlama foydali bo’lmoqda Ayniqsa, ta‘lim maskanlarida o’tkazilayotga ―Bola tarbiyasi – kelajak mevasi, ―Ilm ol, hunar o’rgan, ―Tanlagan kasbing – sening kelajaging hamda ―Etuk mutaxassis – kelajak mevasi mavzularidagi suhbatlar, savol-javob kechalari yaxshi samara berayotir.

Yüklə 78,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə