I bob. Mahalla oila va maktab hamkorligi


II.BOB. SINF RAXBARINING OILA VA JAMOATCHILIK BILAN HAMKORLIGI



Yüklə 78,51 Kb.
səhifə4/6
tarix17.12.2023
ölçüsü78,51 Kb.
#150053
1   2   3   4   5   6
Mahalla, oila va maktab hamkorligining mazmun mohiyati.

II.BOB. SINF RAXBARINING OILA VA JAMOATCHILIK BILAN HAMKORLIGI.
2.1. O`qituvchi odobi.
Yuqoridagi tarbiyaviy, tashkiliy, uslubiy ishlarni hayotga tatbiq etishda har bir fuqaro, oila, mahalla va maktab o`zining shart-sharoiti, atrof-muhitini tahlil qilib:-o`quvchi-o`qituvchi-ota-ona; ―maktab-oila-mahalla-jamoatchilik;―oila-mahalla-bog`cha-makatb yo`nalishlarida amaliy – tarbiyaviy ishlarni hayotga tatbiq etadi va shu kun talabi darajasida targ`ibotqiladi.Shu tariqa yoshlarni tarbiyalashda mutafakkir Abdulla Avloniyning―Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yosaodat – yo falokat masalasidir iborasi oila, mahalla va maktabningish tamoyiliga aylanishiga erishiladi. Maktab, oila va mahallaning milliy tarbiyaviy hamkorlik yo`nalishlari mazmuni (ommaviy madaniyatga qarshi kurashish tadbiri) Bugungi kunda bolalar tarbiyasiga jamoatchilik keng jalb etilmoqda. Ayniqsa, mahallalar, ―Kamolot YoIH, ―Kamalak, ―Kelajak ovozi va boshqa turli - tuman jamoat tashkilotlari maktabga hamda oilaga bolalar tarbiyasida juda katta yordam ko`rsatmoqdalar. Jamoatchilikni o`quvchilar tarbiyasiga jalb etishda sinfdan va makatabdan tashqari ishlar tashkilotchisining roli kattadir. Tashkilotchi maktabning o`ziga qarashli tumanida bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishini tashkil etuvchi markaz bo`lib qolmog`i uchun chora-tadbirlar ko`radi, shu maqsadda u o`quvchilar ota-onalari ishlaydigan korxona va muassasalar jamoat tashkilotlari bilan mustahkam aloqa o`rnatadi, maktabga homiylik qilayotgan tashkilotlar bilan bolalarning yashash joylarida ular bilan tarbiyaviy ishlar olib borish to`g`risida suhabtlashadi. Jamoatchilikning bolalar tarbiyasi borasida olib boradigan eng muhim yo`nalishlari: o`qishdan tashqari vaqtlarda o`quvchilar xulq-atvorini kuzatib borish, ularni xilma-xil ijtimoiy foydali ish-faoliyatiga jalb etish, o`quvchilarning uy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlarida ularga alohida-alohida yordam uyushtirish, oilalarga o`quvchilarning pedagogik jihatdan qarovsizligiga olib keladigan sabablarni bartaraf qilishda yordam ko`rsatish, tarbiyasi qiyin o`smisrlarni tarbiyalash va qayta tarbiyalashda yordam berish, bolalar bilan ularning yashash joylarida sport va madaniy-ommaviy ishlar olib borishdan iboratdir.Sinf rahbari jamoat tashkilotlari bilan mustahkam aloqada bo`lib, ularga mumkin qadar ko`proq yordam berishlari va qo`llab-quvvatlashlari uchun ularga murojaat qilib turmog`i zarur. Eng avvalo ota-onalar qo`mitasi bilan, mahalla faollari bilan doimiy aloqa o`rnatish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tashkilotlar bolalar tarbiyasida nihoyatda katta yordam ko`rsatadilar. Jamoat tashkilotlari ayniqsa maktabdan tashqari kattalar qarovida qolmaydigan o`quvchilarning bo`sh vaqtlaridan to`g`ri foydalanishlariga, ularning qarovsizligini bartaraf etishga juda katta yordam ko`rsatishlari mumkin. Sinf rahbari jamoatchilikning ko`magi bilan sayohatlar va boshqa tadbirlar tashkil etishi va o`tkazishi, mahalla fuqarolar yig`ini binosi va boshqa tashkilotlar binosida uy vazifasini tayyorlash xonalarini jihozlashi va boshqa ishlarni amalga oshirishi mumkin.Har bir umumiy o`rta ta‘lim muassasasida ota-onalar qo`mitasi bo`lib, u ―Maktab nizomi bo`yicha tashkil etiladi.Ota-onalar qo`mitasi ishining vazifalari va mazmuni, uning huquqlari,hisoboti va ish yuritishi ham ―Ota-onalar qo`mitasi haqidagi nizomdaaks ettirilgan.Bu qo`mita ota-omnalarning umumiy majlisida bir yil muddatga saylanadi.Uning tarkibiga har bir guruhdan 1-2 vakil kiradi, ular orasidan rais vakotib saylanadi.Qo`mitani saylashda saylanayotgan ota-onaning ma‘naviy qiyofasi, bo`shvaqti bor-yo`qligi, ishbilarmonligi, obro`si, bola tarbiyasiga qiziqishi va hokazolarni hisobga olish kerak.Umumiy o`rta ta‘lim muassasasi rahbari va pedagogik jamoa ota-onalar qo`mitasiga faol, harakatchan, tarbiya masalalaridan uzoq bo`lmagan kishilar saylanishi tarafdoridir. Sinf rahbarlari u yoki bu oila qanday, ota – onalar qo`mitasiga a‘zo bo`lgandan so`ng maktabga qanday yordam berishi mumkin, ular jamoat tarbiyasi hayoti bilan qiziqishadimi, maktabda bo`lishi kerakligi haqidagi, mashg`ulotlarni, tartibni kuzatish, sayr qilishda ishtirok etish haqidagi taklifga labbay deb javob berishadimi? Degan savollarga javob berishlari kerak. Ota-onalar qo`mitasini unda ishlashni xohlovchi ota-onalardan ham saylash mumkin. Bunday ota-onalar odatda, qiziqib va samarali ishlaydilar. Ota-onalar faoliyati samarali bo`lishi uchun uning a‘zolarining pedagogik mafaniyatini oshirish doimo diqqat-e‘tiborda bo`lishi zarur. Shu maqsadda rejali o`qishning turli xil shakllari o`tkaziladi. Ota-onalar qo`mitasi ota-onalarning umumiy majlisiga hisob beradi, unga avval qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqida hisobot beradi. Ota-onalar qo`mitasi ishida faol qatnashmaydigan a‘zolari, ota-onalar qo`mitasining taklifi bilan qo`mitani qayta saylash muddatlari kelgunga qadar chaqirib olinishlari mumkin. Uning o`rniga boshqalar saylanadi. Ota-onalar qo`mitasi a‘zolarining makatab bilan aloqasi pedagoglardan o`ziga va ishiga nisbatan yanada talabchan bo`lishni talab qiladi. Sinf rahbarlari mahalla faollari va ota-onalar qo`mitasi bilan mustahkam aloqada bo`lib, ularning faoliyatlarini faollashtirishga harakat qilishlari zarur. Ular ota – onalar qo`mitasiga bolalar o`rtasida yashash joylarida ommaviy tarbiyaviy ishlar o`tkazishda, badiiy havaskorlik to`garaklari tashkil etishda, kitobxonlar konferensiyalari, suhbatlar, ekskursiyalar o`tkazishda yordam beradilar. Ular bolalarning faol ishtirokida hovli maydonlari, sport maydonchalari qilishlari mumkin. Bolalarning yashash joylari bo`yicha jamoatchilik sportning turli xillaridan hovli yoki ko`cha guruhlari musobaqalarini o`tkazsa bo`ladi. Ota-onalar qo`mitasi tashabbusi bilan mahallar qoshida bolalar uchun foto to`garaklar, ―Mohir qo`llar, ―Yosh rassomlar, ―Matematik olimlar, ―Bilag`onlar, ―Hunarmand ustalar kabi to`garaklar va sport inshootlarini tashkil etish mumkin. Bundan tashqari bolalar tarbiyasiga jamoatchilikni jalb etishda turli tadbirlar, kechalar va seminar mashg`ulotlarini ham uyushtirish maqsadga muvofiqsir. Bunda sinf rahbari boshchiligida o`quvchilar bilan tadbir yoki kechalar uyushtirib jamoatchilik tashkilotlarini taklif etishi yoki ulardan yordam so`rashi mumkin. Sinf rahbari bolalar tarbiyasiga jamoatchilikni jalb etar ekan, o`z tarbiyaviy doirasini ko`p darajada kengaytiradi. U murakkab va mas‘uliyatli ishda – bolalarni tarbiyalash ishida ko`pgina yordamchilar topadi. Mamlakatimiz aholisining katta qismini yoshlar tashkil etadi. Shu bois―ommaviy madaniyat tahdidiga qarshi tura olish tobora dolzarbahamiyat kasb etayotir. Prezidentimiz Islom Karimov ―Yuksak ma‘naviyat– yengilmas kuch asarida bu masalaga to’xtalib, xloqsizliknimadaniyat deb bilish va aksincha, asl ma‘naviy qadriyatlarnimensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog’liq holatlar bugungitaraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga kattaxavf solmoqda, deya alohida ta‘kidlaydi. Bugun turli yo’llar bilan, har xil ―ezgu niqoblar ostida ―ommaviymadaniyat mamlakatimizga ham tahdid solayotgani sir emas. Ayniqsa, jangari filmlar, yoshlarni soatlab o’tirishga ―majbur qilayotgankompyuter o’yinlari beto’xtov yovuzlikni targ’ib etsa, bolasining otasi kimligini bilmasdan boshi qotib DNK tekshiruvini o’tkazmoqchibo’lgan xonimlar haqidagi seriallar, internet olamida ayol va erkaklarga lazzatlanish haqida berilayotgan ―eng yaxshi maslahatlar fahsh hamda buzuqlik ko’chasi sari chorlaydi. Buning ustiga estrada san‘atiga kirib kelayotgan ayrim yo’nalishlar va qo’shiqlar, kliplar, yaratilayotgan kinofilmlar, reklama roliklaridatarg’ib etilayotgan turlicha kiyinish va so’zlashuv ―madaniyati, umuman hayot tarzimizga to’g’ri kelmaydigan holatlarga yo’l qo’yilayotgani achinarlidir.―Ommaviy madaniyatning eng xavfli tomoni – u to’satdan kirib kelmaydi. Avvalo, juda kichik detallar, arzimas veqealar orqali odamlarni o’ziga o’rgatadi, ko’niktiradi. Ana shunda 3-4 yoshdagi farzandimiz repper bo’lib kuylasa ham, o’g’limiz qulog’iga zirak taqib, qizimiz yirtiq shimni kiyganida ham ―zamona zayli deya beparvo bo’lamiz. Qolaversa, farzandimizning zamonaviyligidan quvonamiz. Mintaqamizdagi davlatlardan birida qandaydir nodavlat tashkilotining granti, ―beg’araz ko’magi asosida maktab o’quvchilari uchun ko’p ming nusxada darslik chop etildi. Bir qarashda bu xayrli tadbir ezgulikni, yoshlarning bilim olishini ko’zlab amalga oshirilgandek. Lekin darslikning ichiga kiritilgan ayrim sahifalar, turli xulosayu tavsiyalar, erkinlik va demokratiya to’g’risidagi yondashuvlar murg’ak yoshlar ongiga buzg’unchi g’oyalarni pinhona kiritishga qaratilgani kitob tarqalib bo’lgandan keyingina aniqlandi. ―Ommaviy madaniyatni targ’ib qilayotgan g’arazli kuchlarga aslida hech qanday madaniyat va inson ma‘naviyati, axloqiy qoidayu qadriyatlarning aslo keragi yo’q. Ularning strategik reja va siyosiy maqsadlariga erishish, ayrim mamlakatlarning yer osti, yer usti boyliklariga ega bo’lish, o’z izmiga solish uchun bu bir vosita, xolos. Bir so’z bilan aytganda hamma narsaga erkinlik nuqtai nazaridan qaraydigan ―ommaviy madaniyatning asosiy maqsadi – odamning irodasini susaytirish, o’zining hayotiga, atrofidagi odamlarga qarshi qo’yish va oxir-oqibatda erkinligidan judo qilishdir. Prezidentimiz Islom Karimov shu yil 9 may – Xotira va qadrlash kunida jurnalistlar bilan suhbatda qo’shni Afg’onistondagi vaziyat haqida fikr bildirar ekan, Afg’oniston xalqini, uning tarixini, madaniyatini, diniy-milliy qadriyatlarini toptash emas, aksincha, hurmat qilish yo’li bilangina turli millat va elatlarni bir-biriga yaqinlashtirish, u yerda tinchlik va barqarorlik o’rnatish mumkinligini alohida ta‘kidladi.Ushbu fikrning o’ziyoq xalqning ma‘naviyatini mensimaslik, ―ommaviymadaniyatni keng yoyish qanchalik ayanchli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini isbotlaydi.
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridanoq umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chuqur o’zlashtirgan holda barpo etilayotgan huquqiy va demokratik jamiyat qurish yo’li bugun o’zini to’la oqlamoqda. Inson huquq va erkinliklari, fikrlar rang-barangligi, har bir halqning an‘ana va qadriyatlariga ehtirom ko’rsatish jamiyatimizning eng muhim tamoyillari etib belgilangan. Bunga munosib bo’lish har birimizning fuqarolik burchimizdir. Buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy va ma‘naviy merosni, mardlik va jasoratni allaqanday ―ommaviy madaniyatga almashtirishga esa hech kimning haqqi yo’q. Bugun eng serdaromad sohalardan biri sifatida internet e'tirof etilmoqda, desak yanglishmaymiz. Hozirgi kunda taraqqiyotning yuqori texnologiyalari hayotimizga dadil qadamlar bilan irib kelmoqda. To’g’riroq qilibaytganda, kirib kelishga ulgurdi ham. Shunday yutuqlardan biri global internet tarmog’idir. Siz internetga kirsangiz, qaysiki axborotni olmoqchi bo’lsangiz mos manzilni terasiz. Manzilki, tayin faqat va faqat 3ta bir xil harf: WWW bilan boshlanadi. Aslida WWW inglizcha qisqartma so’z bo’lib, ―Butun dunyo o’rgimchak to’ri ma'nosini beradi. Haqli savol tug’iladi: Nima uchun aynan o’rgimchak to’ri? Internetning o’rgimchakka va uning to’riga nima aloqasi bor? Balki, ular jarangli eshitilsin deb, uni ma'joziy nom bilan atagandirlar. Balki, nomlashdan maqsad boshqadir. O’rgimchakning o’z to’rini qaysi maqsadda ishlatishi ayon ekan, har qanday kishining ongida nom tasodifan berilmagan degan fikr shakllanishi aniq.



Yüklə 78,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə