I bob. Mahalla oila va maktab hamkorligi


O`qituvchi odobining maqsadi



Yüklə 78,51 Kb.
səhifə5/6
tarix17.12.2023
ölçüsü78,51 Kb.
#150053
1   2   3   4   5   6
Mahalla, oila va maktab hamkorligining mazmun mohiyati.

2.2. O`qituvchi odobining maqsadi.
Aks holda o’rgimchak hali qanoti qotmagan hasharotlarni o’z domiga qanday tortgani singari, internet hali ongi to’la shakllanmagan yoshlarni o’zining noto’g’ri, asossiz va yolg’on axborotlari bilan zaharlash darajasigacha bormas edi. Lekin, bu bilan biz internet to’la ―o’rgimchak to’ri vazifasini bajaryapti deyishdan yiroqmiz, chunki bu to’r ichida erkin harakatlanish imkoni mavjudligi bizga tasalli beradi. Sabab shuki, internetni ijobiy maqsadga ham yo’naltirsa bo’ladi va ―o’rgimchak to’rining haqiqiy egalari buni chegaralay olmaydi. Biz o’z xalqimiz mentaliteti, madaniyati va mafkurasidan kelib chiqqan holda ezgu mazmundagi veb-sahifalarni ko’paytirib internetga joylashti-rishimiz mumkin. Lekin, shu bilan birga, bunday mafkuraviy xurujdan butunlay ozodmiz, bizni boshqara olishmaydi, deyishdan chekinishimiz kerak. Shuni unutmaslik kerakki, har qalay o’rgimchak to’rining o’z o’rgimchagi bo’lgani singari bu to’rning ham o’z ―o’rgimchaklari bor. Men ularni shunday atamadim: ular o’zlariga o’zlari shunday nomni berib qo’yganlari kundek ravshanku. Hayron bo’lishingiz, tabiiyki, muallif taraqqiyotga qarshi, internetni qoralayapti deyishingiz mumkin. Aslo, yo’q, men internetni qoralamadim, men WWW haqida gapirdim. Internet bilan WWW orasida farq bor. Biz internetda ishlovchi oddiy insonlardan farq qilishimiz, devorning orqasini ham ko’ra bilishimiz zarur. Xususan, chegarasiz maydon va poyonsiz sarhadga ega virtual olamning eng jozibador ko'rinishlaridan biri bo'lmish ijtimoiy tarmoqlar hali 30 yoshning nari-berisida bo'lgan Mark Tsukerberg, Albert Popkov, Pavel Durov, Djek Dorsi kabi kishilarni allaqachon dunyo milliarderlari ro'yxatiga tirkab qo'ydi. Boz ustiga ularni bugun G'arb matbuoti «yangi dunyo yaratuvchilari» sifatida olqishlamoqda. Ammo facebook, twitter, odnoklasniki, vkontakte kabi ijtimoiy tarmoqlarning vujudga kelishi va supertezlikda juda katta auditoriyani qamrab olayotganini milliy mentalitetlarning kushandasi sifatida e'tirof etayotganlar ham yo'q emas. Buni statistik faktlar ham tasdiqlaydi. Facebook bugun dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq hisoblanadi. Unga 2004 yili o'sha vaqtda Garvard universitetining talabasi bo'lgan Mark Tsukerberg asos solgan.
Hozirda facebookning auditoriyasi 901 million kishi (130 ming o'zbekistonlik) ni qamrab olgan. Shundan 500 million kishi saytga telefon orqali tashrif buyuradi. Har kuni foydalanuvchilar 3 milliarddan ortiq sharhlar qoldirishadi, tarmoqqa 300 millionta surat joylashtirishadi. facebookda hozirga qadar 125 milliard do'stlik aloqasi o'rnatilgan. Kompaniyaning daromadi joriy yilning birinchi choragida bir milliard dollardan oshib ketdi. Reklamadan esa qariyb 900 million dollar foyda olindi. O'z mushtariylariga «Hozir nima qilayapsiz?» degan savolga javob berish imkoniyatini yaratish maqsadida ochilgan twitter esa internet tarmog'idagi eng mash¬hur mikroblog servis bo'lib, u o'z mushtariylariga 140 harfgacha bo'lgan qisqa xabarlarni ma'lum qilish imkonini beradi. twitter — ingliz tilidan tarjima qilinganda chug'urlamoq, shivirlamoq, valjiramoq ma'nolarini beradi. Unga 2006 yil 15 iyul kuni Djek Dorsi, Evan Uilyams, Biz Stounlar tomonidan asos solingan. Hozirda mazkur mikroblogdan 500 million kishi ro'yxatdan o'tgan. Hatto ko'pgina davlat rahbarlarining twitterda o'z akkaunti (shaxsiy hisob, tashrif buyuruvchilarning identifikatsiya nomeri) bor hamda ular o'z o'quvchilarini rag'batlantirib turishadi. Masalan, shu yilning may oyida Venesuela prezidenti Ugo Chaves o'zining tvitterdagi 3 millioninchi follover (o'quvchisi)ga uy sov¬g'a qildi. Ikki millioninchi folloveriga esa shaxsan o'zi telefon qilib, kompyuter sovg'a qilgandi. Bir so'z bilan aytganda twitterda dunyoning mashhur kishilari, san'at va sport yulduzlarini uchratish, do'stlashish mumkin. Agar twitterdagi akkaunt mashhur bo'lsa, pul ishlab olish imkoniyati ham mavjud. «Vkontakte» kompyuter texnologiyalari ustasi Pavel Durov tomonidan 2006 yil 10 oktyabr kuni yaratilgan. Saytga kuniga 35 million kishi tashrif buyurmoqda. Qisqa muddatda 100 ming a'zoni yig'ish bo'yicha rekord o'rnatgan «odnoklasniki» ijtimoiy tarmog'i esa o'z faoliyatini 2006 yil 26 martdan boshlagan. Hozirda rus, ukrain, gruzin, arman, moldav, o'zbek tillarida faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Loyiha muallifi kelib chiqishi rus millatiga mansub, ayni paytda Londonda istiqomat qiluvchi Albert Popkov hisoblanadi. Sayt shiddat bilan rivojlanayotgan tarmoqlardan biri bo'lib, u ayni paytda 14 yoshdan 55 yoshgacha bo'lgan 135 millionlik auditoriyaga ega. Shundan ikki million profil (foydalanuvchining shaxsiy sahifasi) mamlakatimiz fuqarolari tomonidan ochilgan. Bir kunda unga 30 million kishi tashrif buyuradi. Qizig'i shundaki, mazkur ijtimoiy tarmoq yaratilganida, muallif unga bor-yo'g'i reklama joylashtirishni maqsad qilgandi. Biroq qisqa fursat ichida Albert juda katta daromad manbaiga ega bo'lganini anglab yetdi. Sayt tashrif buyuruvchilarga alohida va umumiy muloqot qilish, turli o'yinlar o'ynash, sharhlar qoldirish, guruhlar ochish, do'stlar orttirish, suratlar, videoroliklar yuklash uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi. Bir so'z bilan aytganda, juda katta muloqot maydonidir. Kimlar uchundir u eski do'stlar va qadrdonlarni, yillar ortidagi tanish-bilishlar, yo'qotilgan qarindoshlar, birinchi muhabbatni topish imkonini bersa, kimlar uchundir mo'maygina daromadga ega bo'lish manbai, virtual e'lonlar makonidir. Ayni paytda sayyoramizda istiqomat qilayotgan bir yarim milliard yoshlar ijtimoiy tarmoqlarning asiri hisoblandi. Albatta, ijtimoiy tarmoqlarning foydali tomonlarini inkor etib bo'lmaydi. Biroq yovuz niyatli kishilar ham bunday beminnat yordamchilardan foydalanmaydi deb o'ylash, kulguli, albatta. Masalan, Afg'onistondagi Tolibonlar, Al Qoida, Somalidagi «Al-Shabab» terrorga ixtisoslashgan ekstremistik tashkilotlar ijtimoiy tarmoqlarda o'z profili va minglab «do'st»lariga ega. Xususan, ular o'zlarining jihodiy g'oyalarini, va'zlarini targ'ib va tashviq qilishda, inqiloblarga chorlashda hadsiz imkoniyatlarga ega bo'lmoqda. Ayni paytda ularni qo'llab-quvvatlayotganlar ham, e'tirozlarni, nafratlarini izhor etayotganlar ham kam emas. Hatto muqaddas islom dini yuziga loy chaplashni niyat qilgan qora kuchlar ijtimoiy tarmoqlarga payg'ambarlarning karikaturalarini joylashtirib, o'zlarning manfurona basharalarini namoyish qilmoqdalar. Bu o'z navbatida, millatlararo, dinlararo nizolarga sabab bo'layotgani, achinarli. Bundan ham yomoni, ijtimoiy tarmoqlar Yaqin Sharq va Osiyoda turli namoyishlaruyushtirishning qulay vositasiga aylanganini bir necha bor amalda isbo etdi. Hozirda dunyoning eng qaynoq nuqtasi bo'lib turgan Suriyadakechayotgan xunrezliklarda ijtimoiy tarmoqlar ham faol rol o'ynamoqda. Masalan, amaldagi tuzumga qarshi kurashishga chaqiriqlar, buning uchun xayriya yig'ini tashkil qilishga da'vatlar (Otning o'limi — itning bayrami, deb shuni ayt¬salar kerak-da) shular jumlasidan. «Arab bahori» deb nom olgan va hali beri poyoni ko'rinmayotgan bu harakatlar Tunis, Liviya, Misr, endi esa Suriyada qator xudkushliklarga sabab bo'lmoqda. Taraqqiyotni yillar ortiga surib yuborayapti… Statistik ma'lumotlarga qaraganda, Rossiyada har bir foydalanuvchi bir kunda o'zining 10,4 soat, Angliyada 5,3, Turkiyada 7,8, yurtimizda esa taxminan 6 soat vaqtini sarflayapti. Afsuski, mazkur gapning kesimi yoniga «behuda» so'zini qo'shib qo'yish, yoki uni «isrof qilgan» jumlasiga almashtirish ham mumkin. Taraqqiyot odimlari bugun internet qiyofasida dunyoning eng chekka mamlakatlariga ham bo'ylayapti. Bugun bo'lajak kelin yoki kuyovlar haqidagi dastlabki ma'lumotlar ham ijtimoiy tarmoqlardan qidirilayotgani ularning nechog'li ijtimoiy hayotimizga ta'sir ko'rsatayotganini anglatadi. Taassufki, mamlakatimizda eng mashhur ijtimoiy tarmoq hisoblanmish «Odnoklassniki.ru» saytida yuzlab, minglab axloqqa zid profil yoki guruhlarga ko'zingiz tushishi mumkin. Afsuski, fohishabozlik, bachchavozlik, qonxo'rlikka undaydigan e'lonlar, mavjud ijtimoiy tuzumlarga qarshi qaratilgan chaqiriqlarni hech bir to'siqsiz o'qiyotgan, tomosha qilayotgan yoshlar ham yo'q emas. Achinarlisi, ularni nazorat qilishning iloji yo'q. Yaqinda Chexiya poytaxti Praga shahridagi mehmonxonalarning birida o'zlarini xalqning daholari deb sanaydigan va tuzilmalariga demokratiya, xalq, tayanch, adolat, tiklanish kabi dabdabali yorliqlarni yopishtirib olgan bir guruh tovlamachilarning yig'ilishi bo'lib o'tdi. Maqsadlari hokimiyat, yurtimizdagi taraqqiyotni izdan chiqarish bo'lgan bu noshud kimsalar ham o'zlarining faoliyat ko'lamlarini kengaytirishda ijtimoiy tarmoqlardan unumli foydalanish harakatiga tushib qoldilar. Demak, vaziyat yanada hushyorlikni talab etadi. Ha, dunyo taraqqiyoti bizga mana shunday qarama-qarshi vaziyatlarni ro'baro' qilmoqda. Muammoni yechishning esa bitta yo'li bor: u ham bo'lsa, istiqlolning ilk kunlaridan muhtaram Yurtboshimiz tomonidan ta'kidlab kelinayotganidek, tarbiyani oiladan, mahalladan, maktabdan boshlash kerak. Ma'naviy immuniteti mustahkam bo'lgan kishi hech qachon lo'ttivozlarning yolg'on aldovlariga, dabdabali va'dalariga uchmaydi. Qolaversa, mahalliy o'z domenida joylashgan va nazorat qilish imkoni bo'lgan doira.uz, muloqot.uz, sinfdosh.uz, olam.uz kabi ijtimoiy tarmoqlarni yanada rivojlantirish zamonning o'zi taqozo etib turgan vazifalardan hisoblanadi. Taraqqiyot haqida gapirganda ―Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch asarida keltirilgan Mahmudxo’ja Behbudiyning fikrlari esga tushadi: ―Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo’lur. Xo’sh, millatni poymol etmasdan taraqqiyotni olg’a surish va bu yo’lda―o’rgimchaklardan ozod bo’lishning yo’li qanday? O’shanda muhtaram Prezidentimiz-ning so’zlari esimga tushadi: ―Fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashmoq kerak. Ular bilan kurashish uchun sayt yaratish bo’yicha ilmiy salohiyat kuchli bo’lishi kerak va biz aynan o’sha ilmimiz va boy mafkuramiz bilan qarshi turishimiz zarur. Ilmiy salohiyatimiz tufayli ular bilan bemalol kurasha olsak, ularning jaholatini yengishda esa ma'rifatimiz qo’l keladi. Bir so’z bilan aytganda, internetda o’zgacha muhitni yaratishimiz zarur. Keyin bu muhit shunday bir ummonga aylanadiki, uning ichida tengsiz ma'naviyatimiz, tubsiz madaniyati-miz, davlatimizning jonkuyar siyosati o’z ifodasini topgan bo’ladi. Qarabsizki, bizdan keyingi avlod aynan o’sha olamda sayr qiladi,―o’rgimchaklar bizga xavf sola olmaydi. Yuqorida bayon etilgan milliy tarbiyani o`quvchilar ongiga singdirish va ―Ommaviy madaniyatga o`quvchilarning kirib qolishlarini oldini olish, ―O`rgimchak to`riga tushib qolish va virtual olamdan asrash maqsadida kerakli chora-tadbirlarni ko`rish oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi talab ertiladi. Hamkorlik ishlari esa o`z navbatida tizimli izchillikda olib borilishi zarur. O`z maqsadi, shakl, usul va bosqichlariga ega bo`lgan har qanday tadbir samara berishi tabiiy. Albatta, ushbu natijaga erishish uchun oldindan reja tuzib olish zarur. Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, hamkorlik ishlarini samarali olib borish maqsadida o`quvchilar o`rtasida ommaviy madaniyatni bartaraf etish bo`yicha ―Ommaviy madaniyatga qarashi kurashish chora-tadbirlari rejasini tuzib chiqdik. Namuna sifatida quyidagi chora-tadbirlar rejasini keltiramiz.


XULOSA.
Olib borilgan tajriba-sinov ishlari natijalarining ko`rsatishicha, 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab jamoatchilik hamkorligini shakllantirishda uyushqoqlik, birdamlik va birgalik harakatlari muammoning ijobiy yechimini kafolatlaydi. Tajriba — sinov ishlarining natijalariga muvofiq quyidagi xulosalarga kelindi: 4-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligi mazmunini o`rganish, bu boradagi hamkorlik darajasini aniqlashga yo`naltirilgan harakat muammoning nazariy va amaliy yechimlari to`la hal etilmaganligini ko`rsatdi. O`quvchilar faoliyatini bevosita va bilvosita kuzatish ularda tabiatni oilaga, mahallaga bo`ysunish xissi mavjud, biroq uning chuqur va barqaror xususiyatga ega emasligidan dalolat berdi. Oila va mahallaning maktab bilan o`zaro birga ishlashi 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligi shakllanganligiga bog`liq. Bu g`oya 3-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini shakllantirish masalasining dolzarb pedagogik muammo sifatida asoslashga imkon beradi.
2.4-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini shakllantirish jarayonida o`ziga xos psixologik — pedagogik xususiyatlar ko`zga tashlanadi. Jumladan, bu yosh davri o`quvchilari oila a‘zolari,
kattalar ko`magiga muxtojdirlar. Biroq bu muxtojlik o`rganilayotgan ob‘yektning mohiyatini to`la ochib bera olmaydi. Shu sababli 3-sinf
o`quvchilarida tizimli oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini shakllantirish va ularda hamkorlarga tayangan holda ishlashni qaror toptirish maqsadga muvofiqdir.
3.4-sinf o`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini shakllantirishning an‘anaviy va samarali usullarni mavjud holati bugungi kun talablari darajasida emasligidan dalolat beradi. Tadqiqot doirasida amalga oshirilgan dastlabki tajriba natijalarining ko`rsatishicha, buning asosiy sabablaridan biri o`quvchilar bilan sinf rahbarining yakka o`zi doimiy faoliyat olib borishidadir.



Yüklə 78,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə