I bob. Mahalla oila va maktab hamkorligi


O`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligini



Yüklə 78,51 Kb.
səhifə3/6
tarix17.12.2023
ölçüsü78,51 Kb.
#150053
1   2   3   4   5   6
Mahalla, oila va maktab hamkorligining mazmun mohiyati.

1.2. O`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligini
amalga oshirish tamoyillari va bosqichlari, mexanizmi va uslublari.
Shu o`rinda 2012 yilga mamlakatimiz rahbari tashabbuslari ―Mustahkam oila yili deb nom berilishi va shu asosda azal-azaldan hayotimizning tayanchi va suyanchi bo'lib kelgan, jamiyatimizning hal qiluvchi bo'g'ini bo'lmish oila institutini yanada rivojlantirishga qaror qilishi hayot abadiyligini, har qaysi insonning baxtu saodati, kelajagi, orzu-intilishlarini mujassam etadigan oilani yanada mustahkamlash va farovonligini oshirish, bu borada olib borayotgan barcha ishlarimizni yangi bosqichga ko'tarishdek olijanob rejalarni amalga oshirish ko'zda tutilgani hammamizga yaxshi ayon. Ta'kidlash kerakki, ―Mustahkam oila yili jamiyatimizning ma'naviy negizlarini yanada rivojlantirish, azaliy qadriyatlarni asrab-avaylash, yuksak ma'naviy muhitni qaror toptirishda, milliy mentalitetimizga yot bo'lgan zararli ta'sirlarga qarshi turishda beqiyos kuch bo'lgan oilaning o'rni va nufuzini oshirishga qaratilgan oila, maktab va jamoatchilik hamkorligida tashkil etilgan ko'plab tadbirlarga, jumladan, turli ko'rik-tanlovlar, festivallar, ko'rgazma va ijodiy kechalarga boy bo'ldi.
Ushbu xayrli ishlarning davomi sifatida 2013-yilning Obod turmush yili deb e‘tirof etilishi ham bejizga emas.
Oilalarning mustahkamligi va turmushning obodligi kelajak avlodning komil inson bo`lib yetishi uchun tayanch hisoblanadi. Ushbu yilda ham ishlab chiqilgan Davlat Dasturi asosida hamkorlik ishlarini tashkil etish zarur. Bunda oilaning ham, makatb va mahallaning ham tashabbuskorligi va o`zaro hamjihatliligi talab etiladi.
Oila kabi mahalla ham jamiyatini shakllantirishning ajralmas qismidir.
Vatanimiz tarixi guvohlik beradiki, o‘zbek jamiyatida jamoa bo‘lib yashashning sinalgan shakli mahalladir.
„Mahalla" so‘zi arabcha „Mahallun" so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, aholi yashaydigan joy, guzar, uy-joy mavzelari degan ma'noni anglatadi. Mahalla shaharlar ichidagi kichik hududiy birlik bo‘lib, o‘tmishdan meros bo‘lib kelmoqda.Bejizga yurtboshimiz ―Mahalla – yurt mustahkam bo`lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi, deb ta‘kidlamagan. ―Bir bolaga yeti mahalla – ota – ona degan naqldan kelib chiqib kelajak avlodni tarbiyalash va unga ta‘lim berish jarayonini amalgaoshirish borasida kichik Vatan bo`lmish mahallaning oldida quyidag vazifalar turadi: mahalla faollari tomonidan tarbiya muassasalari bilan birgalikda ta‘lim-tarbiya jarayonida amalga oshirilishi kerak bo`lgan masalalarni muhokama qilishda qatnashishi va oqilona yechimlarini topishda faollik ko`rasatilishi; mahalla o`z hududidagi ijtimoiy va iqtisodiy yordamga muhtoj oilalarni aniqlab, ularni qo`llab-quvvatlab va farzandlarining bilim va tarbiya olishlariga bosh-qosh bo`lishi; ma‘nan nosog`lom oilalarni mahalla yig`inlarida muhokama qilish, ularga nisbatan jamoatchilik choralarini ko`rish;mahalla hududidagi o`quv-tarbiya muassasalariga iqtisodiy va ijtimoiy yordam ko`rsatilishini qo`llab-quvvatlash; ota-onalar orqali bolalarni tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, milliy g`urur, vatanparvarlik, milliy odob, mafkuraviy onglilik, baynalmilallik kabi xislatlarni singdirishni har tomonlama rag`batlantirish;yoshlarga diniy mashablar va sektalar, aqidaparastlikning mohiyatini to`g`ri anglab yetishiga ota-onalar orqali ta‘sir ko`rsatish, ulug` ajdodlarimizning tarbiyaviy o`gitlarini singdirib borishga jamoatchilikni safarbar qilish; mahalla yig`inlarida milliy davlatchilik va milliy mafkura g`oyalarini,respublikamizda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda erishilgan turli tadbirlar tashkil qilish;
―Ma‘naviyat va ma‘rifat,
―Sog`lom avlod uchun,
―Mahalla,
―Ekosan,
―Umid,
―Ulug`bek,
―Nuroniy,
―Kamolot
jamg`armalari, xotin-qizlar qo`mitalari, turli jamiyatlar, birlashmalar va ijodiy uyushmalarni yosh avlod milliy istiqlol g`oyalari asosida tarbiyalash ishiga muammoli masalalarning yechimini topishga faol jalb qilish;mahalla hududidagi ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarining imkoniyatlarini o`quv-tarbiya muassasalari moddiy negizini mustahkamlashga jalb qilish mahalla hududida o`quv-tarbiya muassasalari bilan birgalikda turli ko`rik-tanlovlar, sport musobaqalari, anjumanlar, bayram va bellashuvlar tashkil qilish; turli yo`nalishda iqtidorli bo`lgan o`quvchi bolalarni maktablar tavsiyasiga ko`ra ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qo`llab-quvvatlash; - ilg`or pedagog xodimlar, tarbiyachilarga mahalla imkoniyatlaridan kelib chiqib, har tomonlama yordam ko`rsatish;farzandlariga ta‘lim va tarbiya berishda ijobiy natijalarga erishayotgan, namunali oilalar hayot tajribasini ommalashtirib, mahalla hududida ―Oila saboqlari mashg`ulotlarini tashkil qilish;
- mahallada istiqomat qilayotgan xalq ustalari, san‘atkorlar, ziyolilar va barcha ijod ahlining imkoniyatlaridan foydalanib, turli to`garak va ―Usta-shogird rusumida billim va kasb berish faoliyatini tashkil qilish;
mahalla hududidagi ishlab chiqarish korxonalari tomonidan mahallada istiqomat qilayotgan va moddiy qiynalgan yoshlar uchun ish joylari kvotasining ajratilishiga erishish; har bir yosh fuqaroda O`zbekistonda, uning tabiatiga muhabbat, tarixiga qiziqish, mahalla obodonchiligi, ahilligi uchun javobgarlik ruhinishakllantirish. Bugungi kunda mamlakatimizda ushbu ulkan va mas‘uliyatli vazifalarni amalga oshirishda ―Kichik biznes va tadbirkorlikning ahamiyati ortib bormoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida, avvalambor, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitini yaratish, aniq maqsadlar ko`zlangan istiqbolli rejalarni amalga oshirishda hal qiluvchi kuch va ta'sirga ega bo`lib bormoqda.
Ishbilarmonlikning faol qo`llab-quvvatlanishi xalqimiz turmush farovonligini oshirish omili bo`lib qolmoqda. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar strategiyasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, oilaviy biznesni tashkil etish, yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, doimiy ish ơrinlari yaratish orqali oilalar turmush farovonligini oshirishga alohida e'tibor berilishi tijorat banklari kredit siyosatida ơz aksini topdi.
Mamlakatimizda oilaviy biznesni tashkil etish, oilalarning farovonligini oshirish bơyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida ajratilgan kreditlar miqdori 956 mlrd. sơmdan, jumladan xotin-qizlarni tadbirkorlik sohasiga faol jalb etishga yơnaltirilgan kreditlar hajmi 451 mlrd. sơmdan kơproqni tashkil etdi. Natijada minglab oilalar o`zlarining oilaviy bizneslarini yơlga quydilar, shaxsiy yordamchi xơjaliklarini tashkil etish imkoniga ega bơldilar. Yuzlab bog'dorchilik vasabzavotchilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik bilan shug'ullanadigan yangi xususiy tadbirkorlik tuzilmalari faoliyat yurita boshladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida, avvalambor, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitini yaratish, aniq maqsadlar kơzlangan istiqbolli rejalarni amalga oshirishda hal qiluvchi kuch va ta'sirga ega bơlib bormoqda. Ishbilarmonlikning faol qơllab-quvvatlanishi xalqimiz turmush farovonligini oshirish omili bơlib qolmoqda. Bolalarga ta‘lim-tarbiya berishda maktab va pedagoglarning asosiy vazifalari O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan ―Ta‘lim to`g`risidagi Qonunning, ―Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi va respublika rahbariyatining dasturiy fikrlarimazmunidan kelib chiqqan bo`lishi kerak, ya‘ni: maktabda bolaga biron bir kasb-korni egallashi uchun mustahkam poydevor yaratish; o`quvchi yoshlarning sport turlari bilan shug`ullanishlariga yordamberish, ularning bo`sh vaqtlarini, imkoniyatlarini hisobga olgan holda to`garak mashg`ulotlarini tashkil qilish; bolalarga ta‘lim berishni ilg`or pedagogic texnologiyalar, zamonaviyo`quv uslubiy dasturlar asosida tashkil etish, o`quv-tarbiya jarayonlarini jahon andozalariga mos ravishda ta‘minlash;
o`quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini tahlilidan, iqtisodiy va ijtimoiy muhitdan kelib chiqib, ularni turli soha bo`yicha kasb asoslariga yo`naltirish va ta‘limda tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish;
yosh oilalar bilan ishlash, tibbiy-tarbiyaviy, huquqiy, ma‘naviy-ma‘rifiy, ijtimoiy tushunchalar berish uchun maxsus tadbirlarni amalga oshirish; o`z hududidagi mahalla jamoalarining faoliyatini tarbiyaviy maqsad yo`lida muvofiqlashtirish; tarbiyasi og`ir, qarovsiz qolgan bolalarning ota-onalari bilan ishlash, oilalarga pedagogik yordam berish;
bola tarbiyasi yaxshi yo`lga qo`yilgan oilalarni tegishli idoralar hamkorligida o`rganib, tajribalarini ommalashtirish; o`qishni va ishlashni xohlamaydigan, bezorilik yo`liga kirib ketgan o`smirlarni hisobga olib, ularga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda zarur choralar ko`rib, ota-onalar yig`ilishlarida muhokama qilish; tarbiya sub‘yektlari bo`lmish huquqiy, tibbiy, ijodiy uyushmalar, yoshlar, tabiatni muhofaza qilish va ―Ekosan, ―Qizil yarim oy, barcha jamg`arma va jamoatchilik markazlari, ommaviy axborot vositalari, inson huquqlari, ommaviy axborot vositalari, inson huquqlari, nodavlat tashkilotlari, ishlab chiqarish korxonalari, mahalliy boshqaruv idoralarining bola tarbiyasiga bo`lgan mas‘uliyat va javobgarligini muvofiqlashtirish;turar joyda va mahallada olib borilayotgan tarbiyaviy, ma‘naviy, ma‘rifiy, madaniy-ommaviy va sport tadbirlari markazi maktab bo`lishiga erishish o`quvchi-yoshlar, ota-onalar, jamoatchilik bilan huquqiy tarbiyani amalga oshjrish, tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilari orasida milliy mafkurani targ`ib qilish, aqidaparastlik va milliy taraqqiyotimizga zararli g`oyalarning kirib kelishiga qarshi murosasiz kurashni tashkil qilish; makatb negizida pedagogik, huquqiy, psixologik, ma‘naviy va ma‘rifiy bilimlar beruvchi ―Ota-onalar unversitetlari faoliyatini tashkil qilish.
2. O`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligini amalga oshirish tamoyillari va bosqichlari, mexanizmi va uslublari Yosh avlodni yaxshi xulqli, davlat ramzlariga sadoqatli qilib tarbiyalashda ularning yosh jihatlariga, xarakteriga alohida ahamiyat berish lozim, chunki bularsiz tarbiyada ko`zlangan maqsadga erishib bo`lmaydi.Oila, mahalla, maktab hamkorligida quyidagi tamoyillarga va bosqichlarga amal qilinganda samaradorlik yanada yuqori bo`ladi: ta‘lim va tarbiya sohasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilari harakatlarining ish birligi; tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg`unligi; hamkorlik jarayoni sub‘yektlarini teng huquqliligi va yuksak mas‘uliyati; faoliyat jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi; Birinchi bosqich. Yosh oilalar bilan ishlash. Yosh ota-onalarga farzand va uning tarbiyasi haqida falsafiy, tibbiy tushunchalarni berish va bu masalalarga tibbiyot xodimlari, obro`li xotin-qizlarni, ota-onalarni jalb qilib, ―Yosh onalar va otalar maktablari faoliyatini yo`lga qo`yish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchi bosqich. Farzandning maktabgacha bo`lgan davridagi jismoniy, aqliy va ma‘naviy rivojlanishini ta‘minlash borasida ularga rasm chizish, voqealarni bayon qilish, o`ziga o`zi xizmat qilish, harf tanish, qo`shiq aytish va raqs tushish, turli o`yinlarda ongli qatnashish tushunchalarini singdirish va mustaqil ravishda bilim olish ko`nikmalarini shakllantirish yuzasidan maktabga tayyorlash guruhlari, ―yakshanbalik maktablar ishini tashkil qilish.
Uchinchi bosqich. Kichik yoshdagi (6-11 yosh) maktab davrida bolalarning jismoniy, ma‘naviy va ijtimoiy shakllanishini ta‘minlash, uning ilk iqtidori, qiziqishi va aqliy imkoniyatlarini aniqlash, o`z xatti-harakatlariga javobgarlik hissini tarbiyalash, bo`sh vaqtini to`g`ri tashkil qilishni o`rgatish, atrof-muhitga ongli munosabatda bo`lish, do`stlik, baynalminallik, vatanparvarlik xislatlarini shakllantirish.
To`rtinchi bosqich. O`smirlarni (11-16 yosh) qiziqishini, bilimga chanqoqlik va aql-zakovatini hisobga olgan holda ijtimoiy faoliyatga tortish, jismonan baquvvat bo`lishini ta‘minlash, maishiy mehnat faoliyati orqali turli kasblarga yo`naltirish, o`smirlar guruhlari va jamoatchilik orasida o`z o`rnini topa olishiga ko`maklashish, o`z xatti-harakatlari uchun jamiyat, qonun va ota-onalari oldida javobgarlik tuyg`usini shakllantirish, ijtimoiy faolligi va mustaqil dunyoqarashini yuzaga keltirish.
Beshinchi bosqich. Yoshlarni (16 va undan yuqori) dunyo andozalariga mos bilim olishlari, kasb tanlashlari, mustaqil hayotga tayyorgarliklarini ta‘minlash. Ularning imkoniyatlari darajasida ta‘lim olishlariga, tanlagan kasblari bo`yicha ish bilan ta‘minlanishlariga, iqtisodiy mustaqil bo`lishlariga shart-sharoit yaratish, Vatan, Davlat va jamiyat oldidagi fuqaroli burchlarini ado etishga javobgarlik hissini to`la shakllantirish, mustaqil oila qurishga tayyorlash.Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturining 4-bo`lim 6-bandida ―Muassistashkilotlarning , mahalliy hokimiyat organlarining, savdo- sanoat doiralarining jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiylarning vakillarini o`z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatuv kengashlari tuzish orqali ta‘lim muassasalarining samarali, jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi, deb belgilab qo`yilgan. O`zaro hamkorlik ishlarini boshqarish uchun joylarda o`z tarkibiga mahallar faollari, obro`li ota-onalardan, o`quv-tarbiya muassasalarining tajribali xodimlaridan iborat muvofiqlashtiruvchi jamoatchilik kengashlari tuzilishi kerak. Jamoatchilik kengashi o`z zimmasiga olgan vazifalardan kelib chiqib, o`z tarkibida turli yo`nalishlarda faoliyat ko`rsatadigan kichik tashabbuskor guruhlarni tuzishi mumkin. Jamoatchilik kengashi ma‘lum bir muddatga mo`ljallangan ish dasturini tuzish va uni mahalla yig`inida tasdiqlab olib, amalga oshirishi zarur bo`ladi. Qayd etyilgan tadbirlar davra suhbatlaridan, biron bir mavzuga yoki muammoga qaratilgan kengash va majlislardan, anjumanlardan, oqsoqollar kengashlaridan, mahalla yig`inlaridan, mahalla ahlini birlashtiruvchi, ularni sog`lom turmush tarziga yetaklovchi ko`rik-tanlovlar, musobaqala, bellashuvlar, uchrashuvlar va turli sanalarga bag`ishlangan anjuman va tantanalardan iborat bo`lishi mumkin. Joriy qilingan jamoatchilik kengashi o`z faoliyati to`g`risida mahalla ahliga har chorakda bir marotaba hisobot beradi.
Zarurat tug`ilganda o`quv-tarbiya muassasalari, mahalla faollari, mahalla hududida joylashgan tashkilot, korxona va idoralarni ta‘lim-tarbiya yuzasidan olib borayotgan ishlari to`g`risida hisobotlarini tinglab, ularga amaliy va nazariy yordam berishi ish samarasiga va uning izchilligiga ijobiy ta‘sir ko`rsatadi.Hamkorlik kenagshi mahalla hududida istiqomat qilayotgan o`z farzandalari tarbiyasiga befarq ota-onalarga nisbatan davlat boshqaruv idoralari,huquqni himoya qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda turli ma‘muriy choralarni qo`llashi mumkin. Hamkorlik kenagshi mahalla hududida o`zbek milliy tarbiya an‘analarini tiklash, turli madaniy tadbirlar o`tkazish, bolalar va kattalarning bo`sh vaqtlarini tashkil etish borasida maktablar, o`yingohlar, madaniyat muassasalari, sport inshootlari, o`smirlar klublari, maktabgacha tarbiya va makatabdan tashqari muassasalar ishini muvofiqlashtiradi. Hamkorlik kenagshi o`tkazilgan tadbirlarni tahlil qiladi, bu borada uslubiy maslahatlar tayyorlaydi va bu tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritadi. Hamkorlik kenagshi yosh avlodni tarbiyalashda mahalla, maktab va oila hamkorligi tasarrufiga kirgan masala va muammolarini mahalla hududidagi o`quv-tarbiya muassasalari, tashkilotlar va idoralari ishi rejalashtirilishi va amaliyot dasturlariga kiritilishida ularning bahamjihatliligini ta‘minlaydi. Ta‘lim-tarbiya sohasiga e‘tiborni kuchaytirish, bu borada hukumatimiztomonidan qabul qilingan qonun va hujjatlarni, ma‘muriy ko`rsatmalarni samarali bajarish uchun oila, mahalla, maktab hamkorligifaoliyati o`ziga xos pedagogik tizim uslub va shakllarga ega bo`lishi zarur.
O`tkazilgan tadbirlar har tomonlama puxta, shuning bilan qatnashchilarning yoshlariga mos pedagogik va psixologik mujassamlashgan, mantiqan teran, qiziqarli va ko`rgazmali, ta‘sirchan, ommabop, amaliy jihatdan qisqa va lo`nda, estetik jihatdan keng ko`lamli bo`lishi kerak.
Hamkorlikda olib borilayotgan ishlar mahalla hududidagi barcha yoshdagi va toifadagi fuqarolarni qamrab olishi va ularning qiziqish va intilishlariga mos bo`lishi lozim. Hamkorlik tadbirlarining mavzulari ―Sog`lom avlod uchun, ―Ota-onangga rahmat, ―Odobingga balli, ―Sog` tanda – sog`lom aql, ―Mehr chashmasi, ―Qizlar ibosi, ―Bir yigitga qirqhunar oz, ―O`g`lim - posbonim, ―Hayot-ustoz, xalq muallim,―O`zbekiston – Vatanim manim!, ―Milliy burch va mas‘uliyat, ―Oila saboqlari, ―Oila etikasi, ―Oila tinch – mahalla tinch, ―Mustaqil hayot bo`sag`asida, ―Askarlik – yigitlikmaktabi, ―Oila baxti – Vatan baxti, ―Sportchi oila, ―Oilamiz ohanglari, ―Vatan ostonadan boshlanadi, ―Bizkimmiz kabi tadbirlardan iborat bo`lishi mumkin.
Xalq amaliy san‘ati, hunarmandchiligi, urf-odatlari, madaniyati va tarixini o`rganish, o`quvchi yoshlarda vatanparvarlik g`ururini hisobga olgan holda, bu borada tashkil qilinadigan tadbirlar kattalar va yoshlar xotirasida doimo yorqin hissiyotlar qoldirishini unutmaslik tashkiliy ishlar samarasini oshiradi.
Mahalla hududida o`tkaziladigan sport va turli madaniy tadbirlar yoshlarning intilish va imkoniyatlarini kattalar tomonidan chuqur o`rganish imoniyatini beradi.



Yüklə 78,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə