I bob Ma’naviyatning mohiyati va shakillanish omillari



Yüklə 125,58 Kb.
səhifə3/31
tarix12.05.2022
ölçüsü125,58 Kb.
#86789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Milliy ma’naviyatimizning takomil bosqichlari.

Bu muqaddas zaminda yashayotgan har qaysi inson o’z farzandining baxtu saodati, fazlu kamolini ko’rish uchun butun hayoti davomida kurashadi, mehnat qiladi, o’zini ayamaydi. Bola tug’ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi».

O’zbek xalqi urf-odatlari, qadriyatlari o’ziga xos noziklik bilan shakllanganki, ularda insoniy xislatlari ustuvor. Bu insoniylik xislatlari asrlar osha silsilalarga bardosh berib, o’z mohiyatini yo’qotgani yo’q. U o’zining falsafiy teranligini hamisha namoyon qiladi. Shu sababli ham ota-ona bilan farzandlar o’rtasida iliq munosabatlar, o’zaro hurmat-izzat, mehr-oqibatlar markaziy o’rinni oladi. Ular o’rtasidagi bu holatlar zaruriy davrda bir-birini to’ldiradi ham. To’g’ri, ota-ona faoliyati farzand uchun tengi yo’q mehr-oqibat bilan yo’g’rilgan asosli his-tuyg’ular yig’indisidir. Ota-onaning farzand oldidagi burchlari, o’zlarining oxiratini obod etuvchi qarzlari bor. Dinu-diyonatli xonadon oqsoqollaridan so’rasangiz, ularni lo’nda qilib sanab beradi: yaxshi nom qo’yish, yaxshi muallim qo’liga topshirib, savodini chiqarish, ilmli, kasbli-hunarli qilish,boshini ikki, uyli - joyli qilish.


Yüklə 125,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə