I bob Ma’naviyatning mohiyati va shakillanish omillari


Ma’naviyatning rivojlanishi omillari va ilk bosqichlari



Yüklə 125,58 Kb.
səhifə6/31
tarix12.05.2022
ölçüsü125,58 Kb.
#86789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Milliy ma’naviyatimizning takomil bosqichlari.

1.2 Ma’naviyatning rivojlanishi omillari va ilk bosqichlari

Maʼnaviyat — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi. Ma'navyat atamasining asosida "maʼno" soʻzi yotadi. Maʼlumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning boʻybasti, koʻrinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqa kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuygʻularini oʻz ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami Ma'navyatdir. Oziq-ovqat odamga jismoniy quvvat bersa, Ma'navyat unga ruhiy ozuqa va qudrat bagʻishlaydi. Ma’navyat maʼrifat va madaniyat bilan bogʻliq. Ma’navyat odamlarda tap-tayyor holda vujudga kelmaydi. Unga muttasil oʻqish, oʻrganish, tajriba orttirish orqaligina erishiladi. Ma'navyat qanchalik boyib borsa, jamiyat va millat shunchalik ravnaq topadi. Ma’navyatli odam yashashdan maqsad nimaligini aniq biladi, umrini mazmunli oʻtkazish yoʻlini izlab topadi, muomala qilish madaniyatini egallaydi, har bir masalaga insof va adolat nuqtai nazaridan yondoshadi. Vijdon nima, yolgʻon va rost nima, or-nomus nima, halol va harom nima — bularning hammasini bir-biridan ajrata oladi, hayotda yomonlikka boshlovchi xatti-harakatlardan voz kechadi, yaxshilikka boshlovchi amallarni bajaradi. Qisqasi, Ma’navyatda inson hayotining mazmuni aks etadi. Vatanni sevish, vatanpar-varlik inson Ma'navyatini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Ma'naviyat kamol topgan jamiyatlarda qobiliyat, isteʼdod egalari shu jamiyatning , millatning yuzi, gʻururi, obroʻ-eʼtibori hisoblanadi. Ma’navyatli jamiyatda aql, sogʻlom fikr, adolat va yaxshi xulq ustuvordir.


Yüklə 125,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə