I bob o'zbekiston qizil kitobiga kiritilgan o'simliklar


I BOB O'ZBEKISTON QIZIL KITOBIGA KIRITILGAN O'SIMLIKLAR



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə2/5
tarix23.12.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#157697
1   2   3   4   5
Endemiklar

I BOB O'ZBEKISTON QIZIL KITOBIGA KIRITILGAN O'SIMLIKLAR
1.1 O’zbekiston qizil kitobiga kiritilgan o’simliklar

O‘zbekiston Respublikasi hududida hozirda 4400 ga yaqin oliy yovvoyi o‘simlik va 2000 dan ziyod zamburug‘ turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko‘plab kamyob endemik va relikt turlar ham bor. Bunday turlarning soni 300 dan ortiq bo‘lib, ular O‘zbekiston florasining 10-12 foizini tashkil etadi.


Respublika qo‘riqxonalarida muhofaza qilinayotgan o‘simliklarning umumiy holati nisbatan yaxshi bo‘lishiga qaramay, ko‘plab yovvoyi turlarining tabbiy zaxiralari keskin kamayib ketmoqda. Dunyoga dong‘i ketgan lola va sallagullar, qimmatbaho o‘simlik-yetmak, dorivor o‘simlik bozulbang kabilar keyingi yillarda keskin kamayib ketdi. Bir qancha turlar yo‘qolib ketish holatiga kelib qoldi. Aholining tabiatga noto‘g‘ri munosabati ham o‘simliklarning kamayib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa shahar va qishloqlar atrofida qizil lola, sallagul, shirach va shunga o‘xshash nafis gulli o‘simliklar juda kamayib ketgan. Tabiatga, o‘simliklar dunyosiga nisbatan bepisand munosabatda bo‘lishiga chek qo‘yish, tabiat boyliklarini muhofaza qilish va ko‘paytirish hammamizning asosiy burchimizdir.
O‘zbekiston musaqillikka erishgach, atrof-muhitni, hayvonot va o‘simliklar dunyosini muhofaza qilishga alohida eʼtibor qaratildi.
1992 yil 9 dekabrda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, 2004 yil 3 dekabrda “Muhofaza etiladigan tabiy hududlar to‘g‘risida”gi qonunlar, 2016 yil 21 sentyabrda “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”, 2018 yil 16 aprelda esa “O‘rmon haqida”gi qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi.
Bu qonunlar barcha o‘simlik turlarini saqlab qolish, ularni asrab avaylash va muhofaza qilishda muhim hujjat hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida Qizil kitob ilk bor 1979 yilda taʼsis etilgan. Mazkur Qizil kitobga nabotot olamining kamyob, yo‘qolib ketishi xavfi ostidagi turlari haqidagi maʼlumotlar kiritilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad, jamoatchilik va davlat idoralari eʼtiborini tabiat muhofazasi masalalariga jalb etishdan va turlar genoofondini saqlab qolishga ko‘maklashishdan iborat edi.
Qizil kitobning 1984 yilgi nashriga O‘zbekiston florasining yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan 163 ta turi kiritilgan. Bu turlarning taqdiri respublika mutaxassislari, olimlari mutassil shug‘ullanib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida olib borilgan kuzatishlar ayrim o‘simlik turlarining soni va maydoni ancha kengayganligini ko‘rsatmoqda. Masalan, anzur va Suvorov piyozlari oldingi holatiga kelmagan bo‘lsa-da, maʼlum darajada ko‘paydi. Eng kamyob o‘simliklardan sanalgan Minkvis teziumi turlarining soni 7 tadan 17 tagacha ortdi. Qurama tizmasida kamyob o‘simliklardan hisoblangan Korovin shirachi o‘simligining mavjudligi aniqlandi. Ayni vaqda ayrim o‘simlik turlarining soni keskin qisqarib ketdi. Omonqara o‘simligi, Pskom piyozi, Margarita marmaragi kabilar shular jumlasidandir. Keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar o‘lkamiz florasiga mansub yana 138 turdagi o‘simlikni Qizil kitobga kiritish lozimligini ko‘satmoqda. 1998 yil maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o‘simlik turlarining soni 301 tani tashkil etgan bo‘lsa, yangi nashrdan 48 oilaga mansub 313 tur o‘simlik o‘rin oladi.
Qizil kitobga kiritilgan o‘simlik turlariga Tabiatni muhofaza qilish xalqaro uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan tasnifga binoan kamyoblik darajasiga ko‘ra 4 ta maqom (status) beriladi.
1. Yo‘qolgan yoki yo‘qolib ketganligi ehtimoldan yiroq emas. Bir necha yillar davomida tabiatda uchratilmagan, lekin yig‘ib olish qiyin bo‘lgan ayrim joylardagina yoki madaniy sharoitda saqlab qolish ehtimoli mavjud bo‘lgan turlar.
2. Yo‘qolib ketish arafasida turgan. Yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan, saqlab qolinishi uchun maxsus muhofazani talab etadigan turlar.
3. Kamyob. Maʼlum kichik maydonlardagina o‘ziga xos sharoitlarda saqlab qolingan, ammo tez yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan va jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar.
4.Son jihatdan kamayib borayotgan. Soni va tarqalgan maydonlari maʼlum vaqt ichida tabbiy sabablarga ko‘ra yoki inson omili taʼsiri ostida kamayib ketayotgan turlar. Ayni vaqtda, bunday o‘simliklarni har tomonlama nazoratga olish talab etiladi.
Qizil kitobning mazkur yangi nashri mutaxassislar, davlat idoralari hamda jamoat tashkilotlari oldiga qo‘riqxonalar va buyurtmaxonalarni kengaytirish, yovvoyi o‘simliklar sotishni taqiqlash, xomashyo uchun yig‘iladigan o‘simliklarni terish uchun litsenziyalar joriy etish kabi bir qancha dolzarb masalalarni qo‘yadi.
O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish bu jarayonda keng jamoatchilik ishtirok etgan taqdirdagina ijobiy samara beradi. Barcha yakdillik bilan harakat qilsagina, nabotot olamining bebaho boyliklarini saqlab qolishga, ularni asrab-avaylab, munosib ravishda kelgusi avlodlarga qoldirishga erisha olamiz.

1.2 O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”
Respublikamiz qo‘riqxonalarida muhofaza qilinayotgan o‘simliklarning umumiy holati nisbatan yaxshi bo‘lishiga qaramay, kishilar xo‘jalik faoliyati olib boradigan hududlarda ko‘plab yovvoyi turlarning tabiiy zahiralari keskin kamayib ketmoqda. Dunyoga dong‘i ketgan lola va sallagullar, qimmatbaho dorivor o‘simliklar – yetmak, bozulbang, kovrak, shirinmiya, kovul kabilar keyingi yillarda keskin kamayib ketdi. Buxoro otostegiyasi, yirik gulli ostrovskiya, Minkvits teziumi kabi bir qator relikt turlar yo‘qolib ketish holatiga kelib qoldi.
Aholining tabiatga noto‘g‘ri munosabati tabiiy sharoitda o‘sadigan o‘simlik turlarining kamayib ketishiga eng asosiy sabab bo‘lmoqda. Bugungi kunga kelib yirik shaharlar va qishloqlarimiz atrofida qizil lola, sallagul, shirach va shunga o‘xshash nafis gulli o‘simliklar juda kamayib ketgan.
Bu borada yuzaga kelayotgan muammolarning qay darajada jiddiylashib borayotganligini O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ning yangi nashrlarida ko‘rishimiz mumkin. Ma’lumki, “Qizil kitob” O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining olimlari tomonidan nashrga tayyorlanadi. Mazkur kitobning avvalgi nashri chop etilganidan beri oradan o‘tgan 10 yil ichida O‘zbekistonning o‘simlik dunyosi tarkibida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi, ayniqsa, uning noyob turlari bo‘yicha holat qanday? 
“Qizil kitob”ning 1984-yilgi ilk marta chop etilgan nashriga O‘zbekiston florasining yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan 163 ta turi kiritilgan. Bu turlarning taqdiri bilan respublika mutaxassislari, olimlari muttasil shug‘ullanib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida olib borilgan kuzatishlar ayrim o‘simlik turlar tuplarining soni va maydoni ancha kengayganligini ko‘rsatmoqda. Masalan, so‘nggi yillarda olib borilgan izlanishlar anzur va Suvorov piyozlari ma’lum darajada ko‘payganligini ko‘rsatadi. Milliy floramizning eng kamyob o‘simliklardan sanalgan Minkvits teziumi tuplarining soni 17 tadan 100 dan ortiq tuplargacha ortganligi bir necha yillar davomida olib borilgan dala kuzatuvlari orqali aniqlandi. Ayni vaqtda ayrim o‘simlik turlarining tarqalish maydonlari keskin qisqarib, tabiiy populyatsiyalarining holati salbiy tomonga o‘zgargan. Omonqora, Piskom piyozi, Margarita marmaragi, tiyonshon marmaragi kabilar shular jumlasidandir.

4-1 Viktor omonqorasi 4-2 Margarita marmaragi


(Ungernia victoris Vved. ex Artjuschenko) (Salvia margaritae Botsch.)
Keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar o‘lkamiz florasiga mansub yana 138 turdagi o‘simlikni “Qizil kitob”ga kiritish lozimligini ko‘rsatmoqda. 1998-yil ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan o‘simlik turlarining soni 301 tani tashkil etgan bo‘lsa, yangi nashrdan 48 oilaga mansub 313 turdagi o‘simlik o‘rin oldi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti ilmiy xodimlarining keyingi yillar mobaynida viloyatlar kesimida olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlarining samarasi o‘laroq, “Qizil kitob”ning avvalgi (2009) nashridagi ma’lumotlar yangilandi, ya’ni, “Qizil kitob”ning yangi nashriga ayrim jiddiy o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, O‘zbekistonda kam uchrashi, tarqalish hududlari, ya’ni tarqalish maydonlari, asosan boshqa mamlakatlar (Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqalar)ga to‘g‘ri kelganligi sababli, botqoq toshyorari, kechki lloydiya, Martius qilicho‘ti, Oltoy trolliusi, yumaloqbargli parpi, Tojikiston yetmagi va boshqa bir qancha turlar “Qizil kitob”dan chiqarish lozimligi borasidagi ilmiy tavsiyalar tayyorlandi. Ulug‘bek skabiozasi, Olga sorbariyasi, Oloy nataliyellasi ham “Qizil kitob”dagi turlar ro‘yxatidan chiqarildi, sababi, hozirgi kundagi ma’lumotlarga ko‘ra, ularning areallari O‘zbekiston hududiga tegishli emasligi aniqlandi.
Bundan tashqari, so‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar Keller astragali, Olatog‘ za’faroni, Olьga soxta klausiyasi, Severtsov mug‘ultog‘i, Lipskaya chandiri singari turlarning o‘sish maydonlarini kengayganligi aniqlanib, mavjud tabiiy va antropogen omillar yig‘indisi ularning yo‘qolib ketish xavf emasligi tadqiqotlar davomida o‘z tasdig‘ini topdi. Shunga asoslangan holda, mazkur turlar “Qizil kitob”dan chiqarildi. Maqomi 0 ga tenglashtirilgan, ya’ni yo‘qolib ketgan deb hisoblanuvchi turlar soni 19 tadan 10 taga qisqardi. Shuningdek, 15 ta noyob va mamlakatimiz florasi uchun endemik turlar ham “Qizil kitob”ga kiritildi. Qiziqarlisi shundan iboratki, ular orasida so‘nggi bir necha yilda O‘zbekistonlik olimlar tomonidan kashf etilgan va hozirgacha dunyo botanika fani uchun noma’lum bo‘lgan turlar ham bor. “Qizil kitob”ning avvalgi nashri bilan yaqin kunlarda chop etilishi rejalashtirilayotgan yangi nashrini taqqoslaydigan bo‘lsak, endilikda 157 ta turlarning kamyoblik maqomi o‘zgardi. Shuningdek, avvalgi nashr chop etilganidan beri xalqaro botanika nomenklaturaga kiritilgan ko‘p sonli o‘zgarishlar tufayli, shu jumladan, DNK-tahlillash usulidan keng foydalanilishi munosabati bilan uzoq vaqt davomida maxsus adabiyotlarda qo‘llanilib kelingan ko‘plab taksonomik birliklar (turlar, turkumlar, oilalar)ning ilmiy nomlari ham o‘zgardi.
“Qizil kitob”ning yangi nashriga antropogen omillar ta’siri ostida qolgan va tobora kamayib borayotgan bir nechta tur ham kiritilgan. Eslatib o‘tamiz, mazkur turlar “Qizil kitob”ning avvalgi nashrida qayd etilmagan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti ilmiy xodimlari tomonidan Tojik kovragi tabiiy populyatsiyalarining hozirgi holati, tabiiy zahiralari va tarqalish hududlarini o‘rganishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida o‘simlik populyatsiyalari sonining keskin qisqarib ketganligi, o‘z navbatida, o‘simlik zahirasi hajmining kamayib ketganligi aniqlandi. Bunga asosiy sabab, tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan o‘simlik xomashyosi (shirasi) nazoratsiz, rejasiz va noto‘g‘ri (o‘simlik ildizi o‘zak qismini to‘liq kesib tashlash orqali – bunda o‘simlikning to‘liq nobud bo‘lishiga olib keladi) yig‘ib olinayotganligidir. Boisi shuki, o‘simlikdan farmatsevtikada qon to‘xtatuvchi boylam sifatida foydalaniladi. Xalq tabobatiga bag‘ishlangan qator ilmiy manbalarda bu shira amenoreya kasalligini davolashda kataral mahsulot sifatida tavsiya etilgan. Ko‘pchilik Sharq davlatlarida xalq tabobatida bu o‘simlik ildizidan olinadigan shirasi quruq yo‘tal, meteorizm va tomir tortishish kasalliklarida foydalaniladi. Ateroskleroz, katarakta, asab va ruhiy buzilishlarning rivojlanishini tormozlovchi vosita sifatida yuqorida darajada qadrlanadi. Bundan tashqari, o‘simlik kuchli antigelьmint xususiyatiga ega. Qandolatchilikda xushbo‘y hid beruvchi sifatida foydalaniladi. Biroq, bularning barchasi qat’iy tavsiyalar asosida va dori vositalarini tayyorlash retsentlariga jiddiy rioya qilingani taqdiridagina ijobiy ta’sir ahamiyatiga ega bo‘lishini unutmaslik lozim.
Respublikamizning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari xududlaridagi yuqori adir va quyi tog‘ mintaqalarida joylashgan tabiiy zaxiralaridan, ya’ni) bunday nooqilona foydalanish natijasida ilgari xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan maydonlar butkul yaroqsiz holatga kelib, mazkur turni O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ning navbatdagi nashriga 3-maqom bilan tavsiya etilishiga asos bo‘ldi.

Tojik kovragi (Ferula tadshikorum Pimenov)


Endilikda, tojik kovragi tabiiy populyatsiyalarini saqlab qolish va qayta tiklash uchun:
- o‘simlik tabiiy populyatsiyalaridan uning shirasini yig‘ib olishga yo‘l qo‘ymaslik (bu o‘simlik populyatsiyalarining qayta tiklanishiga zamin yaratadi);
- o‘simlikni keng masshtabli sun’iy plantatsiyalarini tashkil etish;
- sun’iy plantatsiyalarni tashkil etishda o‘simlik tabiiy populyatsiyalaridan foydalanish, ya’ni populyatsiyalarga zarar yetkazmagan holda o‘simlik urug‘larini yig‘ib olish;
- o‘simlikni tabiiy populyatsiyalaridan foydalanishda qat’iy nazoratga yo‘lga qo‘yish;
- o‘z navbatida, tegishli tashkilotlar tomonidan tabiiy populyatsiyalarni muhofaza qilishni qat’iy chora-tadbirlar rejasi asosida amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish zarur.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, O’zR FA Botanika instituti tomonidan dorivor va xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘simliklarning tabiiy zahiralarini o‘rganishga qaratilgan maxsus tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan o‘simlik xomashyosi rejasiz va nazoratsiz yig‘ib olinishi natijasida sassiq kovrak (Ferula foetida L.), qizilmiya (Glycyrrhiza glabra L.), Samarqand o‘lmaso‘ti (Helichrysum maracandicum Popov ex Kirp.) kabilarning ham tabiiy populyatsiyalarining keskin qisqarib ketganligi va zahiralari deyarli qolmaganligi aniqlandi. Bu esa mazkur o‘simliklarning ham tojik kovragi qatorida O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ning navbatdagi nashriga tavsiya etilishiga sabab bo‘lmoqda.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə