I ma’ruza mashg‘ulotlari


-rasm. MK ga ega tish chotkasi



Yüklə 436,98 Kb.
səhifə2/10
tarix22.12.2023
ölçüsü436,98 Kb.
#153885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-3 Ma\'ruzalar

1.6-rasm. MK ga ega tish chotkasi
O‘T yana bir afzalliklari aniq vaqt ichida ishlash. Misol tariqasida avtomobilning xavfsizlik yostiqchasini olamiz. Xavfsizlik yostiqcha datchiklari xavfni sezishi bilan 10 ms ichida xavfsizlikni ta’minlashi kerak, aks xolda xaydovchi rul yoki g‘ildirakka urilib ketadi.
Qo‘llaniladigan soxalar: Avtomobil va Aviatsiya tarmoqlarida, Kommunikatsiya soxalari va hokazo.
Dasturiy ta’minot
Har bir O‘T to‘liq buyruqlarini bir necha guruhga ajratish mumukin.
1- guruh ma’lumotlarni joylashtirish komandalari. Ushbu komandalar yordamida protsessor bir turdagi xotira tarkibidagi ma’lumotlarni ichki registrlardan biriga joylashtiradi.
2- guruh bu qayta tiklash guruhlari. Ya’ni qo‘shish,ayirish,mantiqiy operatsiyalar va h.k.
3- guruhga boshqaruvni uzatish komandalari kiradi.
Misol. MPT boshqaruv tugmachasiga ega. Har bir tugmacha o‘z vazifasiga. Misol tariqasida har bir tugma bosilganda kerakli yo‘nalishlarga o‘zgartirilishi kerak.Uning natijasida dastur har doim tugmacha xolatini nazorat qilib turishi kerak.
Shartli va shartsiz o‘tish komandalari
Ushbu komandalar dastur ish jarayonini o‘zgartirib yuboradi.Shartli o‘tish komandalari belgilangan shartning bajarilishiga qarab o‘tishlarni tashkil qiladi. Shartsiz o‘tish komandalari esa yo‘naltirilgan belgi asosida o‘tishlarni tashkil qiladi.



1.7-rasm. Shartli va shartsiz o‘tish komandalari ish jarayoni
Sikllarni tashkil qilish komandalari
Sikl komandalarning bajarilishi dastur kodlarining qisqartirilishiga imkon yaratadi. Shunday dasturlar mavjudki bir operatsiyani bir necha marta takrorlashga to‘g‘ri keladi.Shunday xolatlarda sikl operatoriga murojaat qilinadi.



1.8.-rasm. Sikl operatorining ish jarayoni


Uzilishlar mexanizmi
2 xil rejimlar mavjud
1-uzilish rejimi
2-xotiraga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat rejimi.
Agar umumiy dasturga portga kelib tushayotgan impulslar so‘rovlar natijasida protsessor boshqa operatsiyalar bilan mashg‘ul bo‘lishi mumkin. Natijada bir qancha impulslar o‘tkazib yuborilishi mumkin. Ana shunday xolatlarni bartaraf etish maqsadida ham uzilishlar mexanizmi o‘ylab topilgan.
Ixtiyoriy protsessor xech bo‘lmaganda bitta maxsus uzilishlarga so‘rovlar kirishiga ega bo‘ladi. Aynan shu kirishga hisoblarni amalga oshirishda impulslarni berish kerak. Uning natijasida asosiy dastur uziladi va boshqaruv uzilishlarni qayta ishlash protsedurasiga uzatiladi. Ushbu dastur asosiy dasturning asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ular uchun maxsus komandalar tizimi mavjud.


Yüklə 436,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə