I ma’ruza mashg‘ulotlari


-Mavzu: O‘rnatilgan tizimlarga qo‘yiladigan asosiy talablar. O‘rnatilgan tizimlar, ularning klassifikatsiyalanishi va asosiy xususiyatlari



Yüklə 436,98 Kb.
səhifə3/10
tarix22.12.2023
ölçüsü436,98 Kb.
#153885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-3 Ma\'ruzalar

2-Mavzu: O‘rnatilgan tizimlarga qo‘yiladigan asosiy talablar. O‘rnatilgan tizimlar, ularning klassifikatsiyalanishi va asosiy xususiyatlari

O‘rnatilgan tizimlari kompyuterlar katta ko‘p joy oladigan asosda bajarilgan ishonchsiz ishlagan paytda paydo bo‘lishgan.


Uzoq masofada joylashgan boshqariladigan ob’ektlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hisoblash tizimlar sinflari axborot-boshqaruvchi tizimlar (ABT) deb nomlanardi. Kompyuter tarmoqlari paydo bo‘lishi bilan tarmoq yoki taqsimlangan ABTlarni qurish imkoniyati vujudga keldi. Integral mikrosxemalar va mikroprotsessorlar paydo bo‘lishi ABTni boshqariladigan ob’ektlarga yaqinlashtirish yoki unga EHMni o‘rnatish imkonini berdi. Shunday qilib birinchi o‘rnatilgan tizimlari (Embedded System) paydo bo‘ldi. Bora-bora element bazasi arzonlanishi va uni integrallanishi darajasi ko‘tarilishi va hisoblash qurilmalarini ishonchliligi oshishi bilan EHMni boshqariladigan ob’ektni turli joylariga o‘rnatish va barcha hisoblash tugunlarini umumiy nazorat tarmoqiga birlashtirilish imkonlari vujudga keldi. Rivojlanish protsessida elementlar kichiklashishi va boshqariladigan ob’ektlar bilan birlashishi bilan kiberfizik nomini olgan (CPS, Cyber Physical System) tizimlari paydo bo‘ldilar.
Boshqariladigan ob’ektlariga hisoblash tizimi kiritilish darajasiga ko‘ra quyidagi tizimlarni ajratish mumkin:

  • Axborot-boshqaruvchi tizimlar (ABT).

  • Taqsimlangan axborot-boshqaruvchi tizimlar (TABT).

  • O‘rnatilgan tizimlar (Embedded System, ES).

  • Tarmoqli o‘rnatilgan tizimlar (Networked Embedded System, NES).

  • Kiberfizik tizimlari (Cyber Physical System, CPS).

Texnika rivojlanishiga ko‘ra boshqaruvchi kompyuter tizimlarini sinflarini belgilash evolyutsiyasi amalga oshrilildi : axborot-boshqaruvchidan o‘rnatilgan tizimlarga, o‘rnatilgandan tarmoqli o‘rnatilganga, tarmoqli o‘rnatilgandan kiberfizik tizimlariga. Zamonaviy kiberfizik tizimlari juda yaqindan boshqariladigan ob’ektlari bilan integrallashtirilgan.

Yüklə 436,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə