I ma’ruza mashg‘ulotlari


-rasm. Real vaqt masshtabida ishlash



Yüklə 436,98 Kb.
səhifə5/10
tarix22.12.2023
ölçüsü436,98 Kb.
#153885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-3 Ma\'ruzalar

2.1.-rasm. Real vaqt masshtabida ishlash
O‘rnatilgan tizimlarni loyihalashda qo‘llaniladigan dasturlash tillari va vositalari. Telekommunikatsiya tarmoq qurilmalarining dasturiy taʼminotlarini yaratishda asosan ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan keng foydalaniladi. Tarmoq qurilmalarining dasturiy taʼminotlari asosan Assembler, C/C++ kabi dasturlash tillarida, abonent terminallari, kompyuterlarning ilovalari esa C/C++, C#, Java, Visual basic, J# va boshqa dasturlash tillarida yoziladi.
C/C++ dasturlash tili. C++ dasturlash tili C tiliga asoslangan. C esa o‘z navbatida B va BSPL tillaridan kelib chiqqan. BSPL 1967 yilda Martin Richards tomonidan tuzilgan va operatsion sistemalarni yozish uchun mo‘ljallangan yedi. Ken Tompson o‘zining B tilida BSPL ning ko‘p hossalarini kiritgan va B da Unix operatsion sistemasining birinchi versiyalarini yozgan. BSPL ham, B ham tipsiz til bo‘lgan. Yani o‘garuvchilarning maʼlum bir tipi bo‘lmagan - har bir o‘zgaruvchi kompyuter hotirasida faqat bir bayt maydon egallagan. O‘zgaruvchini qanday sifatda ishlatish esa, yaʼni butun sonmi, kasrli sonmi yoki harfdekmi, dasturchi vazifasi bo‘lgan.
C tilini Dennis Ritchiyedan keltirib chiqardi va uni 1972 yili ilk bor Bell Laboratoriyasida, DEC PDP-11 kompyuterida qo‘lladi. C o‘zidan oldingi B va BSPL tillarining juda ko‘p muhim tomonlarini o‘z ichiga olish bilan bir qatorda o‘zgaruvchilarni tiplashtirdi va bir qator boshqa yangiliklarni kiritdi. Boshlanishda C asosan Unix sistemalarida keng tarqaldi. Hozirda operatsion sistemalarning asosiy qismi C/C++ da yozilmoqda. C mashina arhitekturasiga bog‘langan tildir. Lekin yahshi rejalashtirish orqali dasturlarni turli kompyuter platformalarida ishlaydigan qilsa bo‘ladi.
1983 yilda, C tili keng tarqalganligi sababli, uni standartlash harakati boshlandi. Buning uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (ANSI) qoshida X3J11 tehnik komitet tuzildi. Va 1989 yilda ushbu standart qabul qilindi. Standartni dunyo bo‘yicha keng tarqatish maqsadida 1990 yilda ANSI va Dunyo Standartlar Tashkiloti (ISO) hamkorlikda C ning ANSI/ISO 9899:1990 standartini qabul qilishdi. Shu sababli C da yozilgan dasturlar kam miqdordagi o‘zgarishlar yoki umuman o‘zgarishlarsiz juda ko‘p kompyuter platformalarida ishlaydi. C++ 1980 yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ juda ko‘p qo‘shimchalarni o‘z ichiga olgan, lekin yeng asosiysi u ob’ektlar bilan dasturlashga imkon beradi.
Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta ahamiyat kasb yetmodi. Buni taʼminlash uchun ob’ektli dasturlash g‘oyasi ilgari surildi. Huddi 70-chi yillar boshida strukturali dasturlash kabi, programmalarni hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob’ektlat orqali tuzish dasturlash sohasida inqilob qildi. C++ dan tashqari boshqa ko‘p ob’ektli dasturlshga yo‘naltirilgan tillar paydo bo‘ldi. Shulardan eng ko‘zga tashlanadigani Xerox ning Palo Altoda joylashgan ilmiy-qidiruv markazida (PARC) tuzilgan Smalltalk dasturlash tilidir. Smalltalk da hamma narsa ob’ektlarga asoslangan. C++ yesa gibrid tildir. Unda C ga o‘hshab strukturali dasturlash yoki yangicha, ob’ektlar bilan dasturlash mumkin. Yangicha deyishimiz ham nisbiydir. Ob’ektli dasturlash falsafasi paydo bo‘lganiga ham yigirma yildan oshayapti.
C++ funksiya va ob’ektlarning juda boy kutubhonasiga ega. Yaʼni C++ da dasturlashni o‘rganish ikki qismga bo‘linadi. Birinchisi bu C++ ni o‘zini o‘rganish, ikkinchisi yesa C++ ning standart kutubxonasidagi tayyor ob’ekt/funksiyalarni qo‘llashni o‘rganishdir.

Yüklə 436,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə