I ma’ruza mashg‘ulotlari


-rasm. Boshqaruv tizimining umumlashgan tuzilish sxemasi



Yüklə 436,98 Kb.
səhifə9/10
tarix22.12.2023
ölçüsü436,98 Kb.
#153885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-3 Ma\'ruzalar

3.1-rasm. Boshqaruv tizimining umumlashgan tuzilish sxemasi
Boshqariluvchi ob’ektning tuzilish xususiyatlariga va ishchi holatlariga bog‘liq ravishda boshqaruv tizimi loyihalashtiriladi va boshqarish tizimi ishlab chiqiladi.
Ko‘plab adabiyotlarda boshqaruv tizimlari quyidagicha sinflanadi:

  1. Ko‘p kanalli boshqaruv tizimlari. Vazifasi ob’ektlarni boshqarish, nazorat qilish uchun bir vaqtda ikki tomonlama aloqa kanallarini tashkil qilish orqali amalga oshiriladi.

  2. Adaptiv/moslashuvchan boshqaruv tizimlari – ushbu boshqaruv tizimlarida ob’ektni ishlatish vaqtida unga tashqi taʼsirlar taʼsir qilganda ob’ekt holatining o‘zgarishi yuz bersa, ushbu o‘zgarishlarga moslashuvchan boshqaruv usullari qo‘llaniladi.

  3. Intellektual boshqaruv tizimlari – ob’ektda bo‘ladigan holatlarini e’htimoliy hisobga olgan holda mantiqiy hisob – kitoblarni amalga oshirgan holda, intellektual hisoblash tizimlaridan foydalangan holda boshqarishni amalga oshiradi.

Boshqaruv tizimlari tashkillashtirish usullari bo‘yicha quyidagi ikki turga bo‘linadi:
1. Teskari aloqali boshqaruv tizimlari;
2. Teskari aloqasiz boshqaruv tizimlari.
Boshqaruv tizimlarini tashkillashtirishda markazlashgan, iyerarxik, markazlashtirilmagan ko‘rinishda tashkillashtiriladi.
Markazlashgan boshqaruv tizimlarida boshqarish yagona boshqaruv markazidan amalga oshiriladi. Barcha boshqariluvchi ob’ektlar yagona boshqaruv markaziga ulangan bo‘ladi va yagona tizim yordamida nazorat qilinadi.
Ierarxik boshqaruv tizimlari maʼlum bir pog‘onali tuzilishga ega bo‘lgan holda bosqichma – bosqich ob’ektlarni boshqarishni taʼminlaydi. Ierarxiyaning yuqori qismida yagona boshqaruv markazi bo‘ladi, pastki qismida esa lokal boshqaruv markazlari tashkillashtiriladi.
Markazlashmagan boshqaruv tizimlari bugungi kunda eng ko‘p tarqalgan boshqaruv tizimlari hisoblanadi. Bularda boshqaruv boshqariluvchi ob’ektlar xususiyatlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Har bir boshqaruv tizimi o‘ziga biriktirilgan vazifalarni bajarishga javob beradi.
Boshqaruv tizimlarida va ularni loyihalashtirishda aloqa tizimlaridan foydalanish bugungi kunda yer yuzidagi barcha ob’ektlarni telekommunikatsiya tarmoqlari orqali monitoring qilish imkonini beradi.
Uzoq masofadan monitoring qilish uchun GPS, GSM va boshqa global aloqa tizimlari, yaqin masofadan aloqa qilish uchun WI-Fi, ZeegBee, Bluetooth kabi aloqa texnologiyalari keng qo‘llaniladi.
3.2-rasm. Kommunikatsion boshqaruv tizimi
Masofadan boshqarish tizimlari uchun har bir ob’ektga kommunikatsion tizim o‘rnatiladi. Ushbu kommunikatsion tizim bugungi kunda boshqaruv jarayonini yanada optimallashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, zamonaviy boshqaruv tizimlarining asosini mikrokontroller tizimlari, mikroprotsessor tizimlari va zamonaviy kommunikatsiya tizimlari tashkil etadi.
O‘rnatilgan tizimlarining boshqaruv tizimlarida qo‘llashning asosiy afzalliklari:
Ko‘p funksiyalilik – MP boshqaruv komandalari soniga bog‘liq ravishda, dasturlanuvchi xotiraning hajmiga bog‘liq ravishda va aloqa interfeyslarining turlariga bog‘liq ravishda bir vaqtda ko‘plab boshqaruv funksiyalarini bajarish mumkin;
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə