I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 131,77 Kb.
səhifə20/41
tarix24.04.2023
ölçüsü131,77 Kb.
#106772
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41
I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vaz

Savollar va vazifalar
1. Axborot nima, axborot olami mavjudmi?
2. Qanday vaziyatda axborot ilmiy axborotga aylanadi?
3. Axborot va bilim tushunchalari nisbatini izohlab bering?
4. Axborotni izlashda qanday qoidalarga e’tibor berish kerak?
5. Tadqiqotchining ixtiyorida qanday axborot texnologiyalari va tizimlari mavjud?
6. Axborotni birlamchi va ikkilamchi hujjatli manbalarini izohlang, farqini ko‘rsating?
7. «Axborot» va «fakt» tushunchalari nisbatini izohlab bering?
8. Fakt nima?
9. Axborot qanday vaziyatda faktga aylanadi?
10. Qanday faktni ilmiy fakt deb ataydilar?
11. Ilmiy faktni qanday sifat belgilari mavjud? Misollar keltiring?
12. Faktlarni qayta ishlash, talqin qilish nimalarga olib kelishi mumkin?
13. Fakt va nazariy umumlashma (xulosa) qanday munosabatda bo‘ladilar?
14. Ilmiy adabiyot bilan ishlashda nimalarga e’tibor berish kerak?
15. O‘qishni qanday texnikasi, usullari mavjud?
16. Ilmiy asarni o‘rganishda qanday qoidalarga rioya qilish kerak?

5-ma'ruza

5 -MAVZU


Tadqiqot metodi va metodologiyasi.Empirik tadqiqot va eksperimental tadqiqotlar usullari sharti (2s)
1. Usul (metod) tushunchasi. Ilmiy tadqiqot va usul. Metodologiya tushunchasi
2. Tadqiqot usullari tasnifi
2.1. Empirik tadqiqot usuli tushunchasi
2.2. Kuzatish va o‘lchash empirik usul sifatida
2.3. Taqqoslash va tavsiflash
3. Eksperiment va uning turlari
3.1 Eksperimentni rejalashtirish va tashkil qilish. Eksperiment natijalarini tahlil qilish va baholash
3.2.Umumilmiy eksperimentlar
3.3.Xayoliy eksperiment
3.4. Matematik eksperiment
3.5. Kompyuterli eksperiment

I. TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

1. Usul (metod) tushunchasi


Bilish inson faoliyatini bir ko‘rinishi bo‘lib, shu faoliyat natijasida narsa va hodisalar to‘g‘risida tasavvurlar, obrazlar, tushunchalar hosil bo‘ladi, ularning tizimlashgan majmuasi bilimda ifodalanadi. Tasavvur va tushunchalarni bir – bir bilan bog‘laydigan, yakka tushunchalardan umumiy tushunchalarni hosil qiladigan ruhiy jarayon tafakkurdir.
Inson voqelikni o‘zlashtirar va o‘rganar ekan, uning faoliyatiga yordam beradigan vositalar, hatti-harakat tamoyillari, qoidalari shakllanadi, ya’ni faoliyat usuli vujudga keladi. Dastlab, amaliyot usullari, keyinchalik ta’lim, fan sohalarida aqliy faoliyat usullari ishlab chiqildi.
Shunisi e’tiborliki, yunon tilida usul (methodos – tadqiqot yo‘li, nazariya, ta’limot) nazariy faoliyat qoidasi (tamoyili) ma’nosini bildirsa, arab tilidan olingan «usul» so‘zi ko‘proq amaliy faoliyat yo‘lini, ya’ni, bir narsani yuzaga chiqarish, amalga oshirish yo‘li, harakat tarzi, tartibi ma’nolarini ifodalaydi.
Shunday qilib, faoliyat mavjud ekan, faoliyatni yo‘naltiradigan usul ham mavjud bo‘ladi. Mehnat tajribasining umumlashmasi bo‘lgan muntazam takrorlanadigan faollik tartibi, qoidalari asrlar davomida shakllangan. Shu bilan birga aqliy mehnat sohasida ham ixtisoslashgan faoliyat usullari vujudga kelib, ular bilish va tadqiq qilish usullarini paydo bo‘lishi uchun zamin bo‘lib xizmat qilishgan.
Usul – bu amaliy yoki nazariy natijaga erishish maqsadida tatbiq qilinadigan tushuncha, qoida va tamoyillar tizimidir. Bunday tizimdan foydalanish faoliyatimizga oqilonalik, tartibot, yo‘nalish va energetik yutuq beradi.
Haqiqatan ham faoliyatning qaysi sohasida bo‘lmasin, usuldan foydalanish bir qator ijobiy natijalarni beradi:
- inson faoliyatini tartiblashtiradi;
- natijaga erishish yo‘lini qisqartiradi;
- faollik yoki izlanish energiyasini tejash imkoniyatini beradi;
- samaradorlik koefitsiyentini bir necha barobar ko‘paytiradi.
Usul faoliyat samaradorligini ta’minlaydigan tizimli qurol ekan, uning unsurlari aqliy, amaliy va texnologik amallar, qoidalar va vositalardan tashkil topgan. Tabiiy-ki, ilmiy tadqiqotda aqliy faoliyat qoidalari, tamoyillari ustuvor o‘rinni egallaydi.

Yüklə 131,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə