I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 131,77 Kb.
səhifə29/41
tarix24.04.2023
ölçüsü131,77 Kb.
#106772
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41
I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vaz

Savollar va vazifalar!
1. Yangi zamongacha qanday bilish usullari ustuvor rol o‘ynagan? Izohlab bering.
2. O‘yg‘onish davrida tadqiqot olib borish, bilish usuli sohalarida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi?
3. Eksperiment texnologiyasini takomillashib borishi tadqiqotchilarga nima va qanday ustunlik berdi?
4. Eksperiment nima? Unga berilgan ta’rifni izohlab bering.
5. Empirik bilish usullari orasida eksperiment qanday ustunlikka ega? Misollar bila tushuntirib bering.
6. Eksperimentning asosiy hislatlari nimadan iborat? Ularni ko‘rsating, misollar keltiring.
7. Eksperiment qanday turlarga bo‘linadi? Eksperiment turlari tasnifini izohlab bering.
8. Eksperimentning yangi turlari paydo bo‘layaptimi? Siz ishlayotgan soha yoki yo‘nalishdagi vaziyatni izohlab bering.
9. Klassik fanlar taraqqiyoti davrida olimlar eksperimentni qanday tarzda o‘tkazar edilar?
10. Nima sababdan tadqiqotchilar nazariyotchilar va eksperimentatorlarga bo‘linib ketishdi?
11. Eksperiment rejasi nima, unda nimalar belgilanadi?
12. Eksperimentga tayyorgarlik ko‘rishda qanday ishlari amalga oshiriladi?
13. Monitoring nima, eksperimentda u nima uchun kerak?
14.Eksperiment metodikasida nimalar belgilanadi?Izohlab bering.
15. Eksperimentni o‘tkazishdan maqsad nima?
16.Eksperiment natijalarini tekshirish uchun qanday amallar bejariladi?
2. Eksperimentda xatoliklar bo‘ladimi? Ularni to‘g‘rilash uchun qanday amallar bajariladi?
3. Eksperiment natijalarini qayta ishlash, qiyoslash va tahlil qilish nimaga olib keladi?
4. Eksperimentda kashfiyot qanday sodir bo‘ladi?
IV.Umumilmiy eksperimentlar.
4.1. Xayoliy eksperiment
Ilmiy bilish usullari masalasini ko‘rib chiqqanimizda alohida umumilmiy bilish usullari guruhi mavjudligini qayd qilgan edik. Bu usullar tabiat va jamiyatda keng tarqalgan xossalar va qonuniyatlarni o‘rganishda samarali natija berishi bois fanning deyarli barcha soha va tarmoqlarida tatbiq qilinadi. Analiz va sintez, formallashtirish, analogiya, tizimli yondashuv va boshqalar shular jumlasiga kiradi.
Umumilmiy usullar qatorida xayoliy eksperiment o‘ziga xos ijodiy imkoniyatga ega bo‘lgan usul hisoblanadi.
Xayoliy eksperimentda ob’ekt sifatida uning aqliy analogi (o‘xshashi) bo‘lgan obrazli model tuziladi, shundan keyin bu model tasavvur qilish kuchi bilan turli sharoitga qo‘yiladi, tahlil qilinadi.
Masalalan, tadqiqotchi uch o‘lchovli golografik obrazni tasavvur qilib, uning topologik ko‘rinishini model sifatida qabul qilishi mumkin. Bunda xayoliy model – «ob’ekt» paydo bo‘ladi. Tadqiqotchi ongida hosil bo‘lgan modelga fikran ta’sir ko‘rsatib, undagi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni qayd qiladi, ularni tahlil qiladi. Bu borada tadqiqotchi nazariy bilimidan foydalanib, turli birliklar, doimiyliklar va postulatlarga asoslanib tasavvuridagi modelning miqdoriy qiymati va o‘zgargan xossalarini aniqlaydi, uni har tomonlama o‘rganadi.
Demak, xayoliy eksperimentning asosiy quroli – izlanish ob’ektining ongda tuzilgan modeli bo‘lib, tadqiqotchi o‘zini tasavvurida uni turli sharoitga qo‘yadi, “ta’sirlar” o‘tkazadi, bo‘lishi mumkin oqibatlarni mantiqiy tahlil vositasida ko‘rib chiqib xulosaga keladi, xatto bashoratomuz g‘oyani olg‘a surish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘tgan asrni boshida N.Bor noklassik fizikada endi shakllanayotgan atomning planetar modeli ustida xayoliy eksperiment o‘tkazib, yadro atrofida aylanayotgan elektronning bir qator xossa va holatlarini tasavvur qildi, qo‘lga kiritilgan faktlarga asoslanib uchta gipotetik postulatni (qoidani) olg‘a surdi: 1) atomda tashqi ta’sir bo‘lmaganda statsionar (o‘zgarmas) holat mavjud; 2) atom statsionar holatda bo‘lganda aylanayotgan elektronning impulsi diskret (uzuq-uzuq) qiymatga ega; 3) elektron bir statsionar orbitadan ikkinchisiga o‘tganda bir kvant energiyani chiqaradi yoki yutadi. Keyinchalik Borning bu g‘oyalari o‘tkazilgan bir qator real fizik eksperimentlarda to‘la tasdiqlandi.
Xayoliy eksperiment tadqiqotchi amalga oshirayotgan aqliy faoliyatning bir ko‘rinishi bo‘lib, unda tasavvurni kuchi bilan real eksperimentning obrazli modeli ongda shakllantiriladi, ob’ektning haqiqiy yoki mumkin (ehtimolli) bo‘lgan hislatlari aniqlanadi.
Xayoliy eksperiment strukturasiga: 1) tadqiqot ob’ektining tasavvurda yaratilgan aqliy (ideal) modeli; 2) eksperimentning mavhumlashtirilgan sharoiti va modelga (xayolda) o‘tkaziladigan ta’sirlar; 3)xayoliy ob’ektga ko‘rsatiladigan ta’sirlarni ongli va reja asosida o‘zgartirish; 4) xayoliy eksperiment jarayonida fan qonunlari, tamoyillari, fundamental birliklaridan foydalanish kiradi.
Shunday vaziyat ham bo‘ladiki, tadqiqotchi real eksperimentni o‘tkazishga to‘sqinlik qiladigan tashqi tabiiy muhit va ta’sirlar borligini inobatga olishga majburdir. Muammoning bu tamonini hisobga olsak xayoliy eksperiment ma’lum ustunlikka ega. Bunday eksperimentda chegara qo‘yadigan va to‘sqinlik qiladigan tabiiy omillar fikrda inobatga olinmaydi, tasavvur qilish yo‘li bilan tajribani ongda mavhum model va jarayonlar shaklida amalga oshirish mumkin.
Xayoliy va real eksperiment o‘rtasida o‘xshashlik mavjud, ya’ni har qanday real eksperimentni amalga oshirishdan oldin uni tadqiqotchi o‘z ongida rejalashtiradi, o‘tkazish jarayonini bosqichlarga bo‘lib tasavvur qiladi. Shu bois, ko‘p hollarda tadqiqotchi real eksperimentni ideal rejasi sifatida xayoliy eksperimentni ongida o‘tkazadi, sodir bo‘lishi mumkin jarayonlarni tasavvur qiladi, natijasini ma’lum ehtimollik bilan ko‘z oldiga keltiradi.
Xayoliy eksperiment qayd etilgan ustunlikka ega bo‘lgani bois, real eksperimentga qaraganda tatbiq qilinishi sohasi ancha kengdir. Ayniqsa real tajribani o‘tkazishni iloji bo‘lmagan vaziyatda tadqiqotchilar xayoliy eksperimentga tez-tez murojaat qiladilar.
Yana fan tarixiga nazar tashlaymiz. Galiley xayoliy eksperiment o‘tkazib jismlarning harakati holatida inersiya mavjud,degan xulosaga keldi. Olimning kashfiyoti Aristotelning harakatdagi jismda uni itarayotgan kuch yo‘qolsa u to‘xtab qoladi, degan fikri umumiy qonuniyatni bildirmasligini asoslab berdi. Galileyning kashfiyoti haqida A.Eynshteyn shunday deydi: «Biz ko‘rdik – ki, inersiya qonunini bevosita eksperimentda namoyish qilib bo‘lmaydi, uni faqat kuzatish bilan bog‘langan mushohadali tafakkurdan keltirib chiqarish mumkin. Bu masalada real eksperimentni o‘tkazishni iloji yo‘q». Haqiqatan ham hech qanday real eksperimentda inersiya qonunini kuzatib bo‘lmaydi, biron – bir asbobda qayd qilishni iloji ham yo‘q.
Xayoliy eksperiment real izlanish chegarasini kengaytiradi, tasavvur qilishni kuchi bilan real eksperiment oldida turgan to‘siqlarni «bartaraf» etib, kashfiyotga olib boradigan g‘oyani olg‘a surish, xulosa qilish imkoniyatini beradi.

 


Yüklə 131,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə