I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 131,77 Kb.
səhifə32/41
tarix24.04.2023
ölçüsü131,77 Kb.
#106772
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41
I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vaz

Savollar va vazifalar
1. Xayoliy eksperiment nimaga asoslanadi?
2. Xayoliy eksperimentning asosiy unsurlari nimalardan iborat?
3. Fizik olim N.Bor qanday eksperimentni amalga oshiridi?
4. Xayoliy eksperiment strukturasini izohlab bering.
5. Xayoliy eksperiment qanday amalga oshiriladi?
6. Xayoliy eksperiment qanday afzalliklarga ega?
7. Qanday vaziyatda matematik eksperiment o‘tkaziladi?
8. Matematik eksperiment unsurlari nimalardan tashkil topgan?
9. Matematik eksperimentning texnologik bosqichlarini izohlab bering
10. Matematik eksperiment qanday o‘tkaziladi?
11. Fizikada termoyadroli sintez muammosi bo‘yicha amalga oshirilgan matematik eksperimentni izohlab bering?
12. Eksperimentda kompyuter texnologiyasidan foydalanish qanday imkoniyatlarni ochib beradi?
13. Sun’iy aql nima? Kompyuterli eksperimentga qanday aloqasi bor?
14. Eksperimentda tatbiq qilinadigan dastur nimalardan iborat?
15. Freym nima? Slot nima?
16. Kompyuterli eksperimentning asosiy unsurlari nimalardan iborat?
17. Kompyuterli eksperiment qaysi hollarda va qanday qilib o‘tkaziladi.
18. Kompyuterli eksperimentning afzallik tomonlari nimadan iborat?
19. Kompyuterli eksperimentga misollar keltiring?

6-ma'ruza

6-MAVZU


Ilmiy tadqiqotda modellashtirish va nazariy tadqiqot usullari (2s)
1. Model tushunchasi. Modellashtirish va uning turlari
2. Modellashtirish: jarayon va usul sifatida. Matematik va kompyuterli modellashtirish.
II. Nazariy tadqiqot usullari
1. Analiz va sintez
2. Analogiya va gipotetik usul
3. Formallashtirish usuli
4. Mavhumlashtirish va umumlashtirish usuli

II. ILMIY TADQIQOTDA MODELLASHTIRISH

1. Model tushunchasi


Tadqiqotning muhim usullaridan biri modellashtirish usulidir. Bu usul ham empirik, ham nazariy izlanish darajalarida, tabiiy, texnik va ijtimoiy-gumanitar fanlarda qo‘llaniladigan umumilmiy usuldir. Modellashtirish usuli har qanday, atomdan tortib, to inson, jamiyat va kosmik tizimlargacha bo‘lgan ob’ektlarni samarali tadqiq qilish imkoniyatini beradi. 
Modellashtirishda ob’ekt, uning qiziqish o‘yg‘otgan xossasini nusxasi, o‘xshash namunasi ishlab chiqiladi. Ob’ektning o‘rindoshi bo‘lgan bu model o‘rganiladi, olingan ma’lumot ob’ekt haqida bilim beradi yoki mavjud bilimga yangi faktlar, tasavvurlar va g‘oyalar qo‘shadi. Demak, modellashtirish usulidan foydalanishni asosida modelni qurish va uni tadqiq qilish yotadi.
«Model» atamasi lot. modulus, frans. modile so‘zlaridan olingan bo‘lib, me’yor, namuna ma’nolarini anglatadi.
Model moddiy yoki ideal (namoddiy) unsurlardan qurilgan bo‘lishi mumkin. Shahar transport yo‘nalishlarini namoyish qiladigan maket moddiy model turiga kiradi. Xayoliy eksperiment o‘tkazish uchun tasavvurda hosil qilingan ob’ekt obrazi ideal modelni bildiradi. Bulardan tashqari simvolik belgilardan, topologik shakllardan tuzilgan modellardan ham foydalanadilar. Matematik tenglamalar tizimi, kompyuter dasturi shunday modellar qatoriga kiradi.
Biz ko‘rib chiqayotgan tushunchaga quyidagi ta’rifni berish mumkin: model – bu o‘rindosh – ob’ekt bo‘lib, asl, real ob’ektning qiziqish o‘yg‘otadigan xossa yoki funksiyalarini nusxa sifatida qaytaradi, shu bois uni almashtiradi va tadqiqot predmetiga aylanadi. Asl ob’ekt xususiyatlarini modelda qayta tiklash predmetli (maket, tuzilma), obrazli (tasvir, kompyuterli anmatsiya, golografik qurilma) va belgi (grafik jadval, sxema, tenglamalar tizimi) ko‘rinishida bajarilishi mumkin.
Shunday qilib, model o‘xshash nusxa sifatida asl ob’ektning xossa va tomonlarini qaytarar (tiklar) ekan, u asl ob’ekt haqida bilim manbaiga aylanadi. Bunda model o‘zini borlig‘i (nisbatan mustaqil mavjudligi), xossalari va funksiyalariga ega bo‘lgan tadqiqot ob’ekti bo‘lib qoladi.
Model va asl ob’ekt o‘rtasidagi munosabat gomomorfizm (shakliy o‘hshashlik) va izomorfizm (nuqtali, aynan, aniq o‘xshashlik) tushunchalari orqali izohlanadi. Gomomorfik munosabat deganda model va ob’ekt o‘rtasida to‘liq bo‘lmagan shakliy o‘xshashlik qayd qilinadi. Geografik harita biron-bir o‘lkaning gomomorfik modeli hisoblanadi. Izomorfik munosabatda ob’ekt va model, ularning parametrlari o‘rtasida katta aniqlikdagi o‘xshashlik, aynanlik mavjud.Mars planetasidan o‘zi yurar robot orqali yuborilgan foto suratlar planeta sathini izomorfik modeli sifatida tadqiq qilinadi.
Tadqiqot olib borish maqsadida model ikki yo‘nalishda tuziladi va o‘rganiladi: 1) Oldin ob’ektni nusxa-modeli quriladi, keyin uni o‘rganish boshlanadi. Asosiy vazifa ob’ektni mumkin qadar aniq modelini ishlab chiqish. Kompyuter grafikasi yordamida yaratilgan dinozavrlar hayoti haqidagi filmlar shu birinchi yo‘nalishga misol bo‘ladi. 2) Ikkinchisida bilish jarayoni modeldan ob’ektga qarab yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bunda avvalambor model ishlab chiqiladi, uni tadqiq qilish samarali natija bergan taqdirda asl ob’ektning ma’lum bo‘lmagan hislatlarini tahlil qilish amalga oshiriladi. O‘tgan asrda EHM dasturlarini ishlab chiqish jarayonida sun’iy intellekt deb atalgan artefakt (inson yaratgan predmet) vujudga keldi.Sun’iy intellektni aqliy faoliyat modeli sifatida o‘rganish inson intellekti haqidagi bilimlarimizni boyitishga olib keldi.
XX asr fanlarida ro‘y bergan inqilobiy yangilanishlar ko‘plab fan – texnik kashfiyot va ixtirolar qilishga olib keldi. Ularni ishlab chiqarishga tatbiq qilinishi natijasida murakkab va o‘ta murakkab texnologik tizimlar yaratildi. Bu tizimlarni shu vaqtgacha ishlatilayotgan an’anaviy bilish usullari vositasida o‘rganish mumkin bo‘lmay qoldi. Bunday vaziyatda modellashtirish usulidan foydalanish tadqiqot samaradorligini keskin oshirish imkoniyatini beradi . Oldin bo‘lajak texnologik tizimni modeli yaratiladi, u turli sharoitlarga qo‘yib o‘rganiladi. Shunday keyin asl ob’ekt bo‘lgan texnologik tuzilma yaratiladi.

Yüklə 131,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə