I. U. Raxmonov, K. M. Reymov, N. N. Niyozov



Yüklə 3,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/96
tarix21.10.2023
ölçüsü3,78 Mb.
#129459
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   96
Elektr ta\'minoti tizimida energiya tejamkorligi. Raxmonov I.U.

avtomatik boshqarish;
• sinxron o ‘lchashlarni ta ’m inlash hisobiga energiya resurs­
lari ishlab chiqarish bilan bog‘liq b o im ag an xarajatlarni minimal­
lashtirish m aqsadida yagona tizim vaqtini ushlab turish. Ishlab
97


chiqarish korxonalarining k o ‘plab amaldagi ENHAT o ‘z tuzilmaviy 
va funksional cheklashlari tufayli ko‘rib chiqilgan masalalami faqat 
bir qismini yechadi.
NAZORAT SAVOLLARI:
1. ENHATga ta’rif bering.
2. Umumiy holda ENHAT tuzilm asi qanday pog‘onalardan 
tashkil topgan?
3. Sanoat korxonalarida energiya resurslari sarflarini hisobga 
olish va nazorat qilish masalasi holatini tahlil qiling.
4. E N H A T ni jo r iy etish y o rd a m id a qan day iq tiso d iy
samaradorlikka erishiladi?
5. Tijorat asosidagi hisobga olish tizimiga ta ’rif bering.
6. Texnik asosidagi hisobga olish tizimiga ta’rif bering.
7. Sanoat korxonalarida elektr energiyani texnik hisobga 
olishning olib borilishi nimalarga imkon beradi?
8. Lokal pog'onada ENHAT nimalardan tashkil topgan?
9. ENHATning ko‘p pog‘onali tuzilmasini tushuntirib bering.
10. To‘g ‘ri sim li aloqali ENHATning q o ‘llanilish sohalari 
to ‘g ‘risida so‘zlab bering.
11. GSM modemlardagi ENHAT sxemasi qanday qurilgan?
12. E n erg iy a is te ’m olin i h iso b g a o lish n in g m aq sad lari 
nimalardan iborat?
13. N azorat qilish va hisobga olish tizim larining vazifalari 
nimalardan iborat?
98


7-BOB. E L E K T R EN ER G IY A SIN I
NAZO RAT Q IL ISH VA H ISO B L A SH N IN G
A VTO M A TLASH TIR ILG A N T IZ IM L A R I (ENHAT)NI
TA SH K IL E T ISH VA QURISH
0 ‘zbekiston energetika tizimida ENHAT ikki o ‘zaro bog‘langan 
tarmoqlarga ega:
1. Yuqori kuchlanishli magistral elektr tarm oqlarining (MET) 
ENHAT;
2. T a’m in lash -taq sim la sh e le k tr ta rm o q larin in g (TTET) 
ENHAT;
MET ENHAT quyidagi pog‘onalarga ega:
- yuqori pog‘ona - milliy dispetcherlik markazi, «Energiya 
sotish» va « 0 ‘zelektrtarm oq» korxonalari elektr energiyasini 
taqsimlash koordinatori, hisobga olish texnik operatoridan iborat;
- 0 ‘zbekiston energetika tizimi hududiy bo‘limlari pog‘onasi - 
« 0 ‘zelektrtarmoq» UK (MET) filiallari;
- taqsim lash subyektlari pog‘onasi — M ETning viloyat b o ‘- 
limlari, sotish, ta’minot elektr tarmoqlari va elektr stansiyalari.
M ET pog‘onasi M ETlarning m a’muriy hududida joylashgan 
energiya obyektlari va iste’m olchilarning balansli va idoraviy 
tegishliligidan qat’iy nazar ulaming elektr energiyasi va quvvatlarini 
taqsimlanishi haqida axborotlami yig‘ish va birlamchi qayta ishlashni 
amalga oshiriladigan asosiy pog‘ona hisoblanadi.
TTET ENHAT quyidagi pog‘onalarga ega:
- yuqori pog‘ona - sotish-taqsimlash elektr tarm oqlar korxo­
nalari (ETK);
- energiya obyektlari (elektr stansiya va nimstansiyalar);
- tuman elektr tarmoqlari (TET);
99


- elektr energiyasi iste’molchilari (ishlab chiqarish va ularga 
tenglashtirilgan korxonalar, qishloq x o ‘jalik, komm unal-m aishiy 
korxonalar va boshqa iste’molchilar).
H ar bir quyi p o g ‘onalarda ax borotlar o ‘zaro belgilangan 
hajm larda va form atlarda qayta ishlanishi va yuqori pog‘onaga 
uzatilishi kerak.
Axborotlarni qayta ishlash va uzatish oralig‘i quyidagicha:
- operativ - 10 sekunddan ortiq bo‘lmagan (operativ boshqa- 
rishdagi maqsadlar uchun);
- tijorat - 30 m inutli, talab qilinadigan vaqtda quvvatning 
(elektr energiyasining) o ‘rtacha qiymatlari haqida;
- taqvim - sutkalik iste’mol ko‘rsatkichlari haqida;
- o ‘sib borish tartibi bilan yakunlanadigan (elektr energiya va 
quvvat haqida haftalik va oylik axborotlar).
Barcha sanab o ‘tilgan pog‘onalarda ENHATning axborotlarni 
yig‘ish va qayta ishlash markazlari ETKning tuzilmaviy boMinmalari 
hisoblanadi.
Axborotlarni uzatish uchun quyidagi kommutatsiyalanadigan 
yoki ajratilgan aloqa kanallari ishlatiladi:
- kabelli va simli telefon kanallari;
- yuqori kuchlanishli liniyalar bo‘yicha yuqori chastotali aloqa 
kanallari;
- radiostansiyalar asosidagi radiokanallar, uyali yoki boshqa 
mobil aloqa kanallari.
Elektr energiyasi va quvvati to ‘g ‘risidagi dastlabki axborotlar 
MET hududida joylashgan ENHAT obyektlarida: elektr stansiyalar, 
nimstansiyalar va blok-stansiyalarda, ishlab chiqarish korxonalarida 
shakllantiriladi.
ENHATtuzilmasi vafunksiyalarining ishlatilishi uchun universal 
va maxsus texnik vositalar ishlatiladi. Ularga quyidagilar kiradi:
- elektr energiyasi sarfini hisobga olish asboblari (hisoblagich- 
lar) va o ic h o v o ‘zgartirgichlari (datchiklar);
100


- axborot-o‘lchovtizimlari (A O T )-h iso b lag ich lard an olingan 
axborotlami yig‘ish, birlamchi qayta ishlash, saqlash va axborotlami 
uzatishning avtomatlashtirilgan vositalari;
- axborotlami qayta ishlash markazlariga A O ‘T dan axborot- 
larni uzatish vositalari bo‘lgan lokal tarm oqlar, aloqa kanallari
modemlar va boshqa qurilmalar;
- energiya obyektlaridan keladigan axborotlami qayta ishlash 
markazlari va ENHAT iyerarxiyasi pog‘onalari orasida axborotlami 
almashtirish uchun hisoblash texnikasi vositalari;
- ENHAT DT tizimiy, funksional va texnologik qismlardan 
tashkil topgan. Tizim iy va funksional DT ENHAT iyerarxiyasi 
pog‘onasiga, bajariladigan vazifalarga va foydalaniladigan texnik 
vositalarga bog‘liq. Texnologik DT esa, bevosita ENHAT tatbiq 
etilgan obyektning texnologik jarayoniga bog‘liq ravishda amalga 
oshiriladi.

Yüklə 3,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə