Ibbiy etika asoslari


Emotsiyalar. Normadagi va patalogiyadagi emotsiyalar



Yüklə 398,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/23
tarix30.12.2023
ölçüsü398,95 Kb.
#164641
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
1 dar Tbbiy etika va dеontologiyasi asoslari

3.Emotsiyalar. Normadagi va patalogiyadagi emotsiyalar. 
«Emotsiya» degan termin lotincha emovere- to‘lqinlantirmoq degan so‘zdan 
kelib chiqqan. Emotsiyalar psixik jarayonlarning eng muxim tomonlaridan biri 
bo‘lib, kishining voqelikni boshdan kechirishi, uning tevarak – atrofdagilarga va 
o‘z-o‘ziga munosabati bilan xarakterlanadi. Ular psixik va somatik jarayonlarni 
tartibga solishda katta axamiyatga ega bo‘ladi. Bizning emotsiyalarimiz va xis-
tuyg‘ularimiz shunday nozik indikator, xulq-atvor sababchisidirki, ular 
qo‘zg‘atuvchining faoliyat uchun (emotsiyalar) yoki shaxs bilan jamiyatning 
o‘zaro munosabatlari uchun (xis-tuyg‘ular) foydalilik darajasini ko‘rsatib beradi. 
Bunda insonning idrok qilinuvchi narsaga munosabatlarining turli formalari 
yoqimli va yoqimsiz narsalar qutblari o‘rtasida joylashgan bo‘ladi. Emotsiyalarsiz 
oliy nerv faoliyati bo‘lishi mumkin emas. Emotsiyalar xayvonlarda xam bo‘ladi, 
lekin xis-tuyg‘ular, ayniqsa, yuqori xis-tuyg‘ular faqat insonga xosdir. Bunday xis-
tuyg‘ularga faqat shunday emotsiyalar kiradiki, ular intellektuallashgan bo‘lib, 
ikkinchi signal sistemasi ishining strukturasiga kirishi bilan belgilanadi. 
Emotsiyalar faoliyat, xis-tuyg‘ularning sifat darajasiga qarab umuman shaxsning 
xususiyatlari, uning oliy extiyojlari namoyon bo‘ladi. 
1.Asosiy emotsiyalar turlari. 
Bemor bilan muloqotga kirishishda uning emotsional xolatini aniqlash muloqot 
shaklini va turini aniqlash uchun muxim o’rin egallaydi.Barca emotsiyalarni 
quyidagi turlarga bo’lish mumkin: 
Ijobiy 
Neytral (xolis) 
Salbiy 


1.Mamnunlik 
2.Quvonch 
3.Shodlik 
4.Zavq-shavq
5.Dadillik 
6.G‘ururlanish
7.Ishonch 
8.Xayrixoxlik
9.Xayratlanish
10.Sevgi(jinsiy) 
11.Muxabbat(ko‘ngil 
qo‘yish) 
12.Xurmat 
13.Raxm qilish 
14.Minnatdorchilik 
(mamnunlik)
15. Yoqimlilik 
16. Mag‘rurlik
17. Roxat 
18. 
O‘ch 
olishdan 
qoniqish xissi 
19. Tinch vijdon 
20.Yengillik tuyg‘usi 
1.Qiziquvchanlik 
2.Taajublanish 
3.Ajablanish 
4. Befarqlik
5.Osoyishta-
xayolchanlik kayfiyati 
1.Qoniqmaslik 
2.Qayg‘u (achinish)
3.Zerikish 
4.Xafagarchilik 
(nadomat)
5.Umidsizlik 
6.Ranjish 
7.Xavotirlik
8.Xafalik 
9.Qo‘rqish
10.Cho‘chish
11.Daxshat 
12.Afsus 
13.Achinish 
14.Afsuslanish
15.O‘kinch 
16.G‘azab 
17.Taxqirlanish 
tuyg‘usi 
18.Nafrat 
(qaxri 
kelish)
19. adovat 
20. Xasad 
21. Xasrat 
22. Xunoblik
23. Rashk
24. Vaxima
25. Ishonchsizlik 
26. Uyat 


21.O‘z-o‘zidan 
mamnunlik xissi 
22.Xavfsizlik tuyg‘usi 
23.Oldindan 
lazzatlanish 
27.Sarosimalik 
28. Jaxl 
29. Jirkanish
30. Nafratlanish 
31.O‘z-o‘zidan 
qoniqmaslik 
32. 
Pushaymon 
bo‘lish 
33. Vijdon azobi 
34. Sabrsizlik
35. Alam 
36. Ichi qoralik 
Emotsiyalarning organizm faoliyatidagi fiziologik roli benixoya kattadir. 
Emotsiyalar organizmni biror faoliyatiga tayyorlashda ishtirok etadi. Xayvonlarda 
emotsiyalarning funksiyasi faqat baxolovchi – bir butun funksiya bo‘lib, xarakat 
qilishga undovchi faoliyat bilan bevosita bog‘liqdir. Oliy xayvonlarda emotsiyalar 
yuksak darajada tabaqalashuv va murakkablikka erishishi xamda ularga tashqi va 
ichki muxitning organizmga xar qanday ta'sirini baxolash va adekvat reaksiya 
uyg‘otishni ta'minlaydi. 

Yüklə 398,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə