Ibbiy etika asoslari


Emotsional xolatlarni asosiy turlari va ularni farqlovchi belgilar



Yüklə 398,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/23
tarix30.12.2023
ölçüsü398,95 Kb.
#164641
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
1 dar Tbbiy etika va dеontologiyasi asoslari

 
5.Emotsional xolatlarni asosiy turlari va ularni farqlovchi belgilar. 
Emotsional xolatlarda kishining rangi oqarib ketadi yoki qizaradi
muskullarning taxi- yoki bradikardiyasi, gipo- yoki gipertoniyasi, ter, yosh, yog‘ 
bezlari va boshqa bezlarning faoliyati o‘zgaradi. Qo‘rqib ketgan kishining ko‘zlari 
katta-katta ochilib, ko‘z korachig‘i kengayadi, qon bosimi ko‘tariladi. Bazan 
“tovuq eti” paydo bo‘ladi, sochlari tik bo‘ladi va xokazo, ya'ni xayajonlanishda 
tomir – vegetativ va endokrin o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. 
Asosan salbiy xarakterdagi juda kuchli kechinmalar bilan paydo bo‘ladigan 
nevrozlarda vegetativ-tomir buzulishlari sodir bo‘ladi. 


U yoki bu xis-tuyg‘uning uzoq davom etishi va ifodalaninish darajasiga qarab 
quyidagi emotsiyalar: kayfiyat, extiros, affekt mavjud bo‘ladi. Kayfiyat - uzoq 
davom etadigan emotsional xolat bo‘lib, u ko‘proq intensivlikka erishmaydi va 
yetarli darajadagi uzoq davr mobaynida muxim tebranishlarga ega bo‘lmaydi.
Ijobiy yoki salbiy kayfiyatning davom etishi bir necha soatdan bir necha kungacha 
va xatto xaftagacha davom etadi. Kayfiyat faoliyatining tegishli darajasini 
ta'minlaydi. Agar emotsional faoliyatda nisbatan barqaror kayfiyatni ta'minlab 
turadigan muvoznatlashtiruvchi regulyator bo‘lmaganda edi, u xolda odam 
to‘xtovsiz ravishda doimo paydo bo‘lib turadigan emotsiyalar va xis- tuygular
ogushida bo‘lardi xamda samarali faoliyatga qobil bo‘lmasdi. Bunday xollar 
kasallik xolatida sodir bo‘ladi.
Extiros- uzoq cho‘ziladigan va intensiv emotsiya bo‘lib , u inson uchun 
muayyan axamiyatga egadir. Kuchli va uzoqqa cho‘ziladigan extiros kishining 
oliy va quyi extiyojlariga xam ta’aluqli bo‘lishi mumkin. U kishining faoliyatini
uyushtirish va rag’batlantirishga qodirdir. Buyuk extiros kishilarni jasoratlarga , 
buyuk kashfiyotlarga yollaydi. Bunga yaqqol misol olim va tadqiqotchi Jordano 
Brunoning jasoratidir. U N.Kopernikning geliosentrizm xaqidagi nazariyasini (yer 
va oyning quyosh atrofida xarakat qilish qonuni)ancha chuqurlashtirdi o‘zining 
"din aqidalariga xilof" g’oyalari uchun xukm qilingan J.Bruno inkivizitorlarga: 
"yondirmoq rad qilmoq degani emas, men jafokash sifatida o‘z ixtiyorim bilan 
qurbon bo‘layapman" , - deb xitob qilgan. Vatanimiz va chet el tarixida buyuk 
extiros tadqiqotchilarni yer atrofida sayoxat qilishga, Janubiy va Shimoliy 
qutblarni zabt etishga, buyuk tog’ cho‘qqilarini egallashga ko‘pdan ko‘p misollar 
ma’lum. Nixoyatda buyuk bir extiros K.Ye. Tsiolkovskiyni kosmik parvozlarning 
mumkinligini isbotlab berish uchun maxrumliklarga borishga, ertalabdan
kechgacha tinim bilmay ishlashga majbur qilgan. Vrachlar insonni qutqarish va 
kasallik tabiatini isbotlab berish uchun o‘zlariga yuqumli kasalliklarni 
yuqtirganlar, xayotlarini xavf ostida qoldirganlar.
Affekt (jazava) - bu nixoyatda aniq ifodalangan, lekin qisqa davom etadigan 
emotsiya, to‘satdan paydo bo‘ladigan kuchli ruxiy xayajonlanish. Affekt shunday 


bir xolatki, unda qisqa vaqt ichida paydo bo‘ladigan xis-xayajonlar aql-idrokning 
raxbarlik ta'siriga xuddi tutqich bermaganday bo‘ladi. Darg’azablik, rashk, jaxl, 
quvonch jazavasi va boshqa jazavalar bo‘ladi. Jazava odatda shiddatli 
xarakatlantiruvchi reaksiya bilan birga bo‘ladi. Aql-idrok nazorati ostida 
bo‘ladigan jazava fiziologik jazava nomini olgan. Undan farqli o‘laroq, bir qator 
xastalik xolatlarida patologik jazava xam kuzatiladi. Patologik jazava xolatida 
bo‘lgan kishi o‘z xatti-xarakatlarini boshqarish, o‘z qilmishlari xaqida o‘ziga 
xisob berish qobiliyatini yo’qotadi va jazava vaqtida nima qilganligini 
bilmaydi(amneziya). U odam o‘ldirishgacha jinoyat sodir qilishi mumkinki, bu 
xolat uni o‘z-o‘zini o‘ldirishgacha olib boradi. Patologik jazava psixopatiya
epilepsiya, bosh miyaning organik shikastlanishidan azob chekuvchi shaxslarda 
uchraydi.

Yüklə 398,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə