Ichki sekretsiya bezlari va ularning garmonlari reja


Buyrak usti, me'da osti va jinsi bezlar



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə5/6
tarix11.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#146195
1   2   3   4   5   6
ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI VA ULARNING GARMONLARI

Buyrak usti, me'da osti va jinsi bezlar

  • Buyrak us!i bezlari. Bu bezlar ikkita bo'lib, nomiga monand o'ng va chap buyraklarning ustki qismida joylashadi (6- rasm). Ularning birgalikdagi og'irligi 10-20 g. Buyrak usti bezlari ikki qavatdan: ustki - po'slloq va ichki - miya qavatdan iborat Buyrak usti bezlarining ustki po'stloq qavatida uch guruh kortiko¬steroid gormonlar ish lab chiqariladi: I. Mineralokortikoid gormoni organizmda mineral tuzlar almashi¬nuvi boshqarilishida ishtirok etadi. 2. Glyukokortikoid gormoni organizmda oqsil va uglevod almashi¬nuvini boshqarishda ishtirok etadi. Ular ta'sirida qonda qand, jigarda glikogen miqdori ortadi. Bundan tashqari bu gormonJar odamda aller¬gik reaksiya va yallig'lanish jarayoni yuzaga kelishini susaytiradi. Shuning uchun bu gormonlardan tayyorlangan dorilar (prednizolon, gidrokortizon va boshqalar) allergiya kasalliklarida hamda og'ir o'tadigan turli xii xastaliklami davolashda ishlatiladi. 3. Androgen va esterogen gormonlari erkaklar va ayollaming jinsiy bezlari funksiyasini kuchaytiradi. Buyrak usti bezlarining ichki - miya qismida noradrenalin va adrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Bu ikkala gormonning ta'siri bir xil bo'lganligi uchun ular birgalikda katexolamin deb ham yuritiladi. Bu gormonlar arterial qon bosimini oshiradi, yurak qisqarishini tezlashtiradi, to'qimalarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi. Odam hayajonlanganda, achchiqlanganda, qo'rq¬qanda katexolamin hosil bo'lishi kuchayadi. Shuning uchun bun¬day holatlarda odamning arterial qon bosimi ortadi, teridagi qon tomirlari torayadi va rangi oqarib, yurak urishi tezlashadi. Odam qattiq ta'sirlanib, stress holati yuzaga kelganda buyrak usti bezlari¬ning funksiyasi kuchayadi, uning po'stloq va miya qismlarida gormonlar ko'p hosil bo'ladi.

ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI

  • Tashqi, ichki va aralash sekretsiya bezJari haqida umumiy tushuncha Odam organizmida ueh xii bez bo'ladi: 1. Tashqi sekretsiya bezlariga tetidagi ter, yog', sut, so'lak (quloq oldi, til osti va jag' osti) hamda me'da va ichak shilliq qavatidagi shira ajratuvehi bezlar kiradi. Bularda ishlab ehiqariladigan suyuqliklar tashqi muhitga chiqariladi. Shuning uehun bu bezlar tashqi sekretsiya bez/ari deb ataladi. Ba'zi olimlaming fikrieha, jigar ham eng katta tashqi sekretsiya bezi hisoblanadi, ya'ni ishlab ehiqariladigan o't suyuqlig'i iehakka quyiladi va najas bilan tashqariga ehiqariladi. 2. Ichki sekretsiya bezlari. Bular odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo'lib, ularda ish lab ehiqariladigan suyuqliklar organizmning ichki muhitiga, ya'ni qon va limfaga quyiladi. Shuning uchun bu bezlar ichki sekretsiya bez/ari deb ataladi. lehki sekretsiya bezlariga gi pofiz, epifiz, qalqonsimon, qalqon oldi, ayrisimon, buyrak usti bezlari kiradi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə