Idrok va uning nazariyalari. Idrokning konstantligi


farqli tomoni shuki, u narsa va hodisalarni yaxlit holda aks ettirishdir



Yüklə 51,25 Kb.
səhifə4/8
tarix22.03.2024
ölçüsü51,25 Kb.
#180483
1   2   3   4   5   6   7   8
Perseptiv obrazlarni kontur va sturkturaning ahamiyati Idrok va -fayllar.org

farqli tomoni shuki, u narsa va hodisalarni yaxlit holda aks ettirishdir.
Xuddi shu yaxlitlik belgisi alohida namoyon buluvchi ayrim alomatlarda
ifodalanuvchi narsalarni predmet yoki jism tarikasida inʼikos qilish qobiliyatiga
ega, Chunki jismlarning aniqligi, ravonligi predmet yoki jism sifatida ko‘zga
tashlanishida o‘z ifodasini topib, muayyan to‘zilish, strukturani vujudga
keltiradi, Idrok mazmuniga, tarkibiga kiruvchi har qanday hodisa, xox verbal,
xox noverbal tarzda ifodolanishdan kaʼtiy nazar bu predmet yoki jism sifatida
gavdalanadi va unga qiyos berilgan yaxlitligini namoyish etadi.
Idrokning konstantligi. 
Idrokning konstantligi shundan iboratki, bironta narsani idrok qilishdan
hosil boʻlgan obraz, idrokning fizik sharoiti oʻzgarib tursa ham, doimo shu obraz
holicha qolaveradi. Psixologiya fanida idrok etilayotgan narsalarning fizik holati
o‘zgarsa ham, lekin uning ko‘z pardasidagi obrazning o‘zgarmasligi, nisbiy
turgunlik ko‘rsatuvchi qonun, eng muxim xususiyat konstantlik deyiladi.
Doimiylik, o‘zgarmaslik uning asosiy belgilari hisoblanadi. Idrokning
konstantligi koʻrish idroklarida, narsalarning katta-kichikligini ularning shakli
va ranglarini idrok qilishda, ayniqsa, yaqqol koʻrinadi. Bizga maʼlumki, biror
narsadan o‘zoqlashsak, uning koʻzimiz toʻr pardasidagi surati (aksi) kichrayadi,
ammo shu narsaning obrazi bu bilan oʻzgarmaydi, oʻzgarganda ham bilinar-
bilinmas oʻzgaradi. Toʻgʻri burchakli stol bizdan 1 m yoki 10 m o‘zoqrogʻda
tursa ham biz unga toʻgʻridan yoki yondan qarasak ham, uning kattaligi va
shaklining aksi koʻz toʻr pardasida har safar oʻzgarib turishiga qaramay, baribir
hamisha oʻz shakli va katta-kichikligini oʻzgartirmagandek, boyagicha idrok
qilinaveradi.Konstantlik hodisasi shuni koʻrsatadiki, biz narsalarni koʻrib turgan
paytimizda, ularning koʻz toʻr pardasiga tushgan suratiga aynan muvofiq holda
koʻrmay, balki shu narsalar haqiqatda qanday mayjud boʻlsa, shu holda



koʻramiz. Idrokning konstantligi odamning tajribasi jarayonida, amaliy


faoliyatida vujudga kelib, mustahkamlanadi.
Konstantlik hodisasi voqelikni bilishda, tevarak-atrofdagi muhitni
fahmlab, kunda amaliy ish koʻrishda juda katta ahamiyatga egadir. Idrokimizda
konstantlik boʻlmaganida edi, biz har bir qimirlashimizda, boshimizni salgina
burganimizda, yorugʻlik oʻzgarib turganida, narsalar oʻz joylaridan andakkina
siljiganida ham xuddi shu narsalarni har gal butunlay boshqa-boshqa, yangi
notanish narsalardek idrok qilardik, biz hatto oʻz narsalarimizni ham ulardan
hatto yarim metr o‘zoqlashgan taqdirda, taniy olmasdik.
Idrok qilinishi zarur narsa va hodisalar muayyan to‘zilishga yoki
strukturaga ega bo‘lgandagina ularning tarkibiy qismlari, alomatlari to‘g‘risida
mulohaza yuritishi mumkin bo‘ladi, holos. Xuddi shu sababdan, ularning hajmi,
fazoda egallagan urni, rangi, ichki moxiyati, ko‘rinishi, vazni to‘g‘risidagi
muayyan tushunchaga ega bo‘lish uchun idrok qilinadigan aniq to‘zilishga, yaʼni
strukturaga ega bo‘lishi lozim. Bilish jarayonini taqozo etuvchi ijodiy idrokning
muhim xususiyatlaridan biri, yaʼni bittasi uning tuzilishiga ega ekanligi, yaʼni
strukturaviyligidir. Ushbu xususiyatsiz idrokning mag‘zi hisoblanmish yaxlitlik
haqida jonli mushoxada bo‘lishi mumkin emas. Chunki strukturi qismlardan
vujudga kelsa, alohidaliklar birikmasida yaxlit to‘zilma yaratiladi.Yuqoridagi
xususiyatlarning barchasi insonning yosh xususiyatlarga, aqliy kamolotiga,
tajribasiga, bilim saviyasiga bog‘likdir. Lekin to‘g‘ri (adekvat) idrok qilish
uchun maʼlum shart-sharoitlar muxayyo bulmogi lozim: 1) subʼektning aks
ettirish zarur bo‘lgan narsalar yuzasidan avvalgi o‘quvi, tasavvurlarining kulami,
ularning kengligi, chuqurligi; 2) mazkur jism fan, voqelik, muammo o‘rganilishi
bilan bog‘lik bo‘lgan maqsad, maqsad quya olish; 3) perseptiv faoliyatning
faolligi, izchilligi va tanqidiy xususiyati; 4) idrok qilish faoliyati tarkibiga
kiruvchi faol xatti-harakatlarning saqlanishi, ularning o‘zaro uygunligi.
Muayyan sharoitda shaxs tomonidan idrok qilinadigan narsa yoki jism
idrokning obʼekti deb ataladi. Idrok qilinadigan narsa uni urab turgan boshqa
narsa jism yoki hodisalarga nisbatan obʼekt hisoblanib, obʼektning atrofdagilari
esa fon deyiladi. Idrokning sifati obʼektning fondan tez tuliq va aniq ajratib olish
bilan belgilanadi.
Idrokning muhim jabhalari va tarkiblari mohiyatiga kiruvchilar qatoriga
ko‘z bilan aks ettirishning negizi bulmish ko‘z harakatlari kiradi. Ular
o‘zlarining to‘zulishi, kelib chiqishi, vaqtliligi, surʼati kabi belgilariga binoan,
kuydagi turlarga ajratiladi.
1.Konvergensiya (lotincha convergore – yakinlashish, qushilish demakdir)
– ikkala ko‘zning kurish o‘qlarining yakinlashuvi natijasida tur pardasida
jismning ikkalanishiga yo‘l kuymaslikka o‘z ifodasini topadi.
2. Divergensiya (lotincha divergere – o‘zoklashish ko‘zning vergent
harakatlarining bir turi bo‘lib, bir-biridan muayyan masofada turgan nuktalarini
qayd qilishda kurish o‘qlarining o‘zoqlashuvidan iborat harakat.
3. Gorizantal harakat, yaʼni ko‘zning bir xil tekislikdagi ikki nuqta oralik
buyicha narsalarning qayd qilishidir.
4. Vertikal harakat har-xil fazoviy joylashuviga ega boʻlgan nuqtalar
oʻrtasida aloqani tiklashdan iborat koʻz harakati yordami bilan idrok qilinishidir.



5. Siklofo‘zion (yunoncha cyclos – doira, aylana) harakat, harakatlanuvchi


jismlarni koʻz qorachigʻi yordamida aniq tasvirini aks ettirishidir.
6. Torsion (franso‘zcha torsion – aylantirish) harakat koʻz oʻqi atrofida jismlarni
aylanib turgan holda qayd qilishdir.
7. Version (lotincha verfo- harakatlanaman, aylanaman demakdir) harakat
koʻzning makro harakatlari doirasiga kirib, koʻrish burchagini ko‘zatish, tezlikni
oʻzgartirmasdan ko‘zatiluvchi obʼektni idrok qilishda ishtirok etishidir.
8. Vergen ( lotincha vergo – ogʻish, qiyshayish) harakat koʻzning makro
harakatlari tarkibiga kirib, oʻng, chap koʻzlarning koʻrish oʻqlari burchagi
oʻzgarishiga olib keladi va hokozo.

Yüklə 51,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə