qanchalik o‘zoq-yaqin turganiga bogʻliq boʻladi. Fazoni (monokulyar koʻrish
yoʻli bilan) bir koʻz bilan yetarli darajada aniq va mukammal koʻrib boʻlmaydi.
Obektiv dunyo hodisalarini aks ettiradigan idrok, tassavur, fikr va hokazolardan
iborat boʻlgan bizdagi subektiv, psixik hodisalar vaqt davomida paydo boʻladi,
oʻzgarib va almashib turadi. Harakatni idrok qilish ayni zamonda ham fazoni,
ham vaqtni idrok qilish demakdir. Masalan, yurayotgan mashinani koʻrib turar
ekanmiz, biz ayni vaqtda uning bizga nisbatan
joyini ham va biror nuqtaga
nisbatan masofasi oʻzgargan (yaqinlashgan yoki o‘zoqlashgan) vaqtini ham
idrok qilamiz. Idrok qilinayotgan harakatning tezligi shu narsa harakatining
obektiv (haqiqiy) tezligiga hamisha teng baravar boʻlavermaydi. Ayni bir xildagi
harakat tezligi, vaziyatga qarab, har xil idrok qilinishi mumkin: goho ildamroq,
goho sekinlashgandek koʻrinadi. Tanamizga bevosita tegib turgan narsalarning
harakatini
biz teri sezgisi, muskul va koʻruv organlari vositasi bilan idrok
qilamiz.
Harakatni koʻz bilan koʻrib idrok etish ikki xil usul bilan: birinchidan,
harakatda boʻlgan narsaga koʻzni o‘zmasdan qaraganda uning surati koʻz toʻr
pardasida hosil boʻladi, ikkinchidan, koʻzimizni harakatda boʻlgan narsa tomon
yuritish, harakatini ko‘zatib borish bilan voqe boʻladi. Odatda, harakat ana shu
ikkala usul bilan bir yoʻla idrok qilinadi.
Dostları ilə paylaş: