Idrok va uning nazariyalari. Idrokning konstantligi


Illyuziya va gallyusinasiya



Yüklə 51,25 Kb.
səhifə7/8
tarix22.03.2024
ölçüsü51,25 Kb.
#180483
1   2   3   4   5   6   7   8
Perseptiv obrazlarni kontur va sturkturaning ahamiyati Idrok va -fayllar.org

Illyuziya va gallyusinasiya. 
Baʼzi hollarda narsalar notoʻgʻri, yanglish idrok qilinishi mumkin.
Narsalarni bu tariqa notoʻgʻri idrok qilishni illyuziya deb ataladi. Masalan,
agar biz koʻrsatkich va oʻrta barmogʻimizni chalishtirib, noʻxat yoki bironta
dumaloq narsani chalishtirilgan ikkala barmogʻimizning uchi bilan bosib turib,
ayni bir vaqtda aylantiraversak (biz noʻxatni aylantiraylik), barmoqlarimiz
tagida bitta emas, balki ikki noʻxat bordek his qilamiz. Ana shu holda bir
narsaning ikki boʻlib sezilishini Aristotel (Arastu) illyuziyasi deyiladi. Ogʻirligi
aynan teng, ammo kattaligi har xil boʻlgan ikki buyumni ketma-ketiga ushlab
turilsa, kattasi yengilroq, ikkinchisi ogʻirroqdek tuyo‘ladi. Metalldan ishlangan 1
kg tarozi toshi, 1 kg paxtadan ogʻirroqdek his qilinadi. Bu hol geometrik
illyuziyalar deb nom berilgan illyuziyalarda, ayniqsa, yaqqol koʻrinadi. Masalan,
o‘zunligi baravar boʻlgan ikki chiziqning chetlariga ikki xil burchaklar chizilsa,
illyuziya paydo boʻladi, yaʼni burchaklari tashqariga qaratilgan chiziqqa
nisbatan burchaklari ichkari tomonga qaratilgan chiziq kaltaroq boʻlib
koʻrinadi.Idrok qilib turgan shaxsning psixikasida roʻy beradigan oʻzgarishlar
bilan tugʻiladigan tasodifiy illo‘ziyalar ham boʻladi. Masalan, choʻlda suvsagan
kishi o‘zoqda yarqirab turgan shoʻrxok erni koʻl deb oʻylashi (lekin bu
illyuziyani sahrodagi sarobdan farq qila bilish kerak) yoki oʻrmondagi toʻnka
odam¬ning koʻziga bironta yirtqich hayvonga oʻxshab koʻrinishi va hokazo shu
kabi illyuziyalar jumlasidandir.
Illo‘ziyani gollyusinasiyadan farq qilish lozim. Illyuziya shu onda sezgi
organlarimizga taʼsir qilib turgan bir narsani yanglish, notoʻgʻri idrok qilish
boʻlsa, gollyusinasiya yoʻq narsalarni, tashqi taʼsirosiz «idrok qilinishidir»: oʻrni
tagida yoʻq narsaning koʻzga bordek koʻrinishi, yoʻq ovozlarning quloqqa
eshitilishi, yoʻq narsalarning isi dimoqqa urilishi va boshqa shu kabilar
gollusinasiya mahsulidir. Gollusinasiya shaxsning goʻyo biror narsani
koʻrgandek, eshitgandek, ushlagandek, va boshqa shu kabi tasavuridir, holos.
Gollyusinasiya koʻpincha kasallikdan darak beruvchi alomatdir, u nerv sistemasi
bironta zaharli narsa (alkogol, kokain, nasha) bilan taʼsirlanganda, nerv
sistemasini bo‘zadigan kasalliklar oqibatida roʻy beradi.
Odatda, illyuziyani gallyusinasiyadan farq qila olish lozim. Illyuziya shu
laxzalarda shaxsning sezgi aʼzolarida taʼsir etib turgan biror narsani yanglish,
notoʻgʻri idrok qilish jarayoni bo‘lsa, gallyusinasiya yoʻq, mavjud emas
narsalarni “tashqi taassurosiz” idrok qilinishdir. Masalan yoʻq narsalarning



koʻzga bordek koʻrinishi, yoʻq ovozlarning quloqqa eshitilishi, yoʻq hidlarning


dimoqqa urilishi va h.k. gallyusinasiyaning mahsuli boʻlib hisoblanadi.
Gallyusinasiya shaxsning biror narsa va holatni koʻrgandek, eshitgandek,
ushlagandek, hid bilgandek kabi tassavvurlarning aks ettishidir, holos.
Gallyusinasiya shaxsning biror narsa va holatni koʻrgandek, eshitgandek,
ushlagandek hid bilgandek kabi tassavvurining aks ettirishidir. Gallyusinasiya
hodisasi koʻpincha kassalikdan ( isitma, alaxlashdan) darak beruvchi alomatdir,
u nerv sistemasini bo‘zadigan kasalliklarning oqibatida roʻy berishi mumkin.

Yüklə 51,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə