Ii asosiy qism


-rasm. Shrenk yoki Tyan-Shan qoraqarag‘ayi



Yüklə 7,89 Mb.
səhifə4/20
tarix18.02.2022
ölçüsü7,89 Mb.
#83846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
23 Qoraqarag‘ay (Picea) turkumining dendrologik xarakteritikasi va ko‘kalamzorlashtirishdagi ahamiyati.

35-rasm. Shrenk yoki Tyan-Shan qoraqarag‘ayi


A – novdasi, B – yosh novdalarining po‘stlog‘i, V – katta yoshdagi daraxt tanasi po‘stlog‘i, G – qubbasi, D, E – urug‘i

Shrenk yoki Tyan-Shan qoraqarag‘ayi (Picea Schrenkiana F.et.M.) katta daraxt bo‘lib, balandligi 30-35 m ga, diametri 1-1,5 ga etadi. Shox-shabbasi konussimon yoki tor piramida shaklida, po‘stlog‘i tarkibida oshlovchi modda bor. Bu qoraqarag‘ay bir uyli o‘simlik hisoblanadi. Aprel-may oylarida changlanadi. Qubbalari birinchi yili etiladi. Bu qoraqarag‘ay urug‘idan yaxshi ko‘payadi.

Havoning va tuproqning bir oz quruqligiga chidamli. U asosan Jung‘oriya Olatovida dengiz sathidan 2500 m balandda, Tyan- Shanda 3000 m gacha balandliklarda tabiiy holda o‘sadi. Er tanlamaydi, toshli erlarda, tog‘ daryolari bo‘yida, tog‘ qiyaliklarida ko‘proq uchraydi kichik o‘rmon massivlari yuzaga keltiradi.

Shrenk qoraqarag‘ayining yog‘ochi qurilish materiali sifatida ishlatiladi. Bu qoraqarag‘ay turi Toshkent shahrini ko‘kalamzor- lashtirishda, tog‘ o‘rmon xo‘jaliklarida o‘stirish uchun tavsiya etiladi. G‘arbiy Tyan-Shan tog‘ tizimining Toshkent vohasi hududlarida yaxshi o‘smoqda va hosilga kirgan. Tog‘li o‘rmon xo‘jaliklarida uning ko‘chatlarini o‘stirish yo‘lga qo‘yilgan.




Yüklə 7,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə