Ii asosiy qism


Evropa oqqarag‘ayi (Abies alba Mill.)



Yüklə 7,89 Mb.
səhifə7/20
tarix18.02.2022
ölçüsü7,89 Mb.
#83846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
23 Qoraqarag‘ay (Picea) turkumining dendrologik xarakteritikasi va ko‘kalamzorlashtirishdagi ahamiyati.

Evropa oqqarag‘ayi (Abies alba Mill.) balandligi 55 m va diametri 1,5 m bo‘lgan, piramida shaklidagi shox–shabbali

daraxtdir, shoxlari yoyilib o‘sadi. Qubbalari bir mavsumda etilib, erga to‘kiladi va urug‘i sochilib ketadi. Bu oqqarag‘ay urug‘idan hamda parxish yo‘li bilan ko‘payadi. Yaxshi sharoitlarda 400-500 yilgacha yashashi mumkin.





39-Rasm. Yevropa (1-4) va sibir oqqarag‘ayi (5-7)

Bu oqqarag‘ay turi qumoq, qumli, suv saqlamaydigan drenajga ega unumdor tuproqli erlarda yaxshi o‘sadi. Sernam, botqoq erlarda o‘smaydi. qurg‘oqchilikka chidamaydi. U soyasevar daraxt hisob- lanadi. Bu oqqarag‘ay Karpat tog‘ida, Rossiyaning Volinsk tepaliklarida hamda o‘rta va janubiy Evropada qoraqarag‘ay bilan birgalikda dengiz satxidan 400-1300 m baland bo‘lgan tog‘larda yirik o‘rmonlar hosil qilib o‘sadi. U Boltiq bo‘yida, Kavkazda, Qora dengiz sohillarida ko‘kalamzorlashtirish maqsadlarida ekiladi. Yog‘ochidan sifatli qurilish materiallari tayyorlanadi, gugurt cho‘pi, yashiklar va qutichalar ishlanadi. Daraxtining tana po‘stlog‘idan oliy sifatli skipidar olinadi. Uni xushmanzara daraxt sifatida, parklarga, ko‘chalarga ekish tavsiya qilinadi.


Yüklə 7,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə