Ishni bajarish tartibi
Vitamin C (askorbin kislota) dorivor o‘simliklar tarkibida ko‘p miqdorda uchraydi. Ayniqsa, ho‘l mevalarda (qarag‘at, apelsin, limon, na’matak) va sabzavotlarda (bulg‘or qalampiri, gulkaram, ukrop,karam,kartoshka) ko‘p bo‘ladi. Askorbin kislotani aniqlash uning qaytaruvchanlik xususiyatiga asoslangan.
Reaktivlar: o‘simlik materiali, xlorid kislotaning 1% li eritmasi, oksalat kilotaning
1% li eritmasi, 2,6–dixlorfenolindofenolning 0,001 n eritmasi.
Na’matak o‘simlik materialidan 1–5 g olib, chinni xovonchada, shisha kukunlari yordamida yaxshilab ezilada va xlorid kislotaning 1% li eritmasidan 5 ml qo‘shib, ezishni yana davom ettiriladi. Keyin yana 15 ml xlorid kislota eritmasidan qo‘shiladi va aralashmani 100 ml li o‘lchov kolbaga quyiladi. Chinni xovoncha oksalat kislotasi yordamida yuviladi va u ham kolbaga quyiladi. Keyin oksalat kislota yordamida kolbadagi suyuqlik cheklangan hajmgacha chayqatilib, filtrdan o‘tkaziladi. Filtrdan o‘tkazilgan suyuqlikda askorbin kislota miqdori aniqlanadi. Ikkita kolba olib, birinchisiga 5–10 ml filtrat, ikkinchisiga 5–10 ml xlorid kislota va oksalat kislota (1:5) aralashmasidan solinadi va 0,001 n 2,6–dixlorfenolindofenol eritmasi bilan titrlanadi. Askorbin kislota miqdori quyidagicha aniqlanadi:
X=(a–b) ·T · 100/C
Bu erda:
X – o‘simlik materialidagi askorbin kislota miqdori, % hisobida
a – tajriba uchun sarflangan indikator miqdori
T – tuzatma, 0,088ga teng bo‘lib, 1 ml 0, 001n indikator eritmasiga teng bo‘lgan askorbin kislota miqdori
C – tahlil uchun olingan o‘simlik miqdori, gr hisobida
b – nazorat namuna uchun sarflangan indikator miqdori
VITAMIN S (ASKORBIN KISLOTASI) GA XOS SIFAT REAKSIYALARI
Vitamin C kimyoviy tuzilishi jixatidan 2,3-dienol-gulon kislotasining laktoni hisoblanadi. Dienol gruppasining mavjudligi vitamin C ning oson oksidlanib, qaytarilishini ta’minlab turadi:
Dostları ilə paylaş: |