Ii. Laboratoriya mashg‘uloti materiallari mavzu: dorivor o‘simlik xom ashyosini taxlil qilish usullari. Mashg‘ulot shakli



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə2/48
tarix14.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#121886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
amaliy mashg\'ulot BFM 11

GULLAR (FLORES)
Farmatsevtik amaliyotda gullar deb gul va to‘p gullarning alohida quritilgan dorivor o‘simlik xom ashyosining alohida qismlariga aytiladi. Gullar odatda gullash davrining boshida, ba’zida esa g‘unchalash davrida tarib olinadi.
Tashqi belgilari: Xom ashyoda to‘p gulning turi va gullaganlik (opushennost) darajasi aniqlanadi: shundan so‘ng xom ashyo namlanadi, bunda xom ashyo 1 daqiqaga issiq suvga bo‘ktirib qo‘yiladi, so‘ng qurollanmagan ko‘z bilan yoki lupa yordamida (10X) gul (yoki gul g‘unchaning) tuzilishi ko‘riladi. Gul buyum oynasiga joylashtiriladi va lupa ostida maxsus ignalar yordamida alohida qismlarga ajratiladi. Bunda asosan gul kosa qismiga e’tibor beriladi ­ oddiy (kosachasimon yoki tojsimon) yoki juftligi, kosachasining va gultojining tuzilishiga qaraladi (to‘g‘ri ­ aktinomorf yoki noto‘g‘ri ­ zigomorf), shu bilan birga kosa barglarining soni va shakliga (kosachalarining tishiga), gulbarglarining soni va shakliga (yoki gultojining tishchalariga), changchi soni va tuzilishiga, urug‘chilar soni va shonalar tuzilishining o‘ziga xosligiga e’tibor beriladi.
O‘lchamlar – gul diametri (g‘unchasi) o‘lchov lineykasi yoki millimetr qog‘ozi yordamida namlantirilgan materialda o‘lchanadi. Xom ashyo rangi kun yorug‘ligi ostida aniqlanadi, xidi ­ ezib ko‘rish orqali aniqlanib, ta’mi esa ­ bir bo‘lak xom ashyoni ta’tib ko‘rish yoki uning damlamasini ta’mi orqali aniqlanadi (faqatgina zaxarli bo‘lmagan ob’ektlardan).


MEVALAR (FRUKTUS)
Farmatsevtik amaliyotda mevalar deb ­ oddiy va murakkab mevalarga, sohta mevalarga, meva oldi mevalariga va ularning qismlariga aytiladi. Ba’zi bir suvli mevalar quritilmagan xolda qayta ishlanadi.
Tashqi beliglari: Mevalar quruq xolatda tadqiq etiladi, bunda qurollanmagan ko‘z bilan yoki lupa yordamida ko‘zdan kechiriladi (10X).
Quritish jarayoni natijasida o‘z rangini o‘zgartirgan suvli mevalar avval quruq holda, so‘ng issiq suvda bo‘ktirib yoki 5­10 daqiqa davomida qaynatib olingan xolda ko‘zdan kechiriladi.
Mevaning meva oldi qismi (perekarpiy) va uning ichida joylashgan mevalardan iborat. Perekarpiy quruq (quritilgan mevalar) yoki go‘shtdor (suvli mevalarda) bo‘lishi mumkin. Mevaning rangi, meva oldi qismining yuzasi, o‘lchamlari (uzunligi, qalinligi, kengligi), xidi va ta’mi meva sifatini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Suvli mevalar uchun ular yumshatilganda so‘ng shakli, meva oldi qismining o‘ziga xos tuzilishi aniqlanadi, shu bilan birga urug‘lari ajratib olinib ularning soni, shakli, xajmlari, yuzasining tuzilishi va h.k.lar aniqlanadi.



Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə