Ii. Laboratoriya mashg‘uloti materiallari mavzu: dorivor o‘simlik xom ashyosini taxlil qilish usullari. Mashg‘ulot shakli



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə14/48
tarix14.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#121886
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48
amaliy mashg\'ulot BFM 11

Ishning nazariy qismi
Gel — filtratsiya uslubi moddalarni o‘lchami, og‘irligi, shakliga ko‘ra ajratishga asoslangan. Bu uslub yordamida oqsillarni molekulyar og‘irligiga ko‘ra ajratish, oqsil fraksiyalarini tozalash, oqsil eritmalarini konsentrlash (quyultirish), tuzsizlantirish va oqsillarning molekulyar og‘irliklarini aniqlash mumkin. Bu jarayonlarning barchasi «molekulyar elak» prinsipida amalga oshiriladi.
Usulning mohiyati. «Molekulyar elak» vazifasini bajaruvchi gel donachalari bilan to‘ldirilgan xromatografik ustn orqali tahlil qilinayotgan aralashma o‘tkazilganda, kichik molekulalar gel g‘ovaklarida tutilib qoladi, Natijada ularning harakati sustlashadi. Yirik molekulalar gel ichiga kira olmaydi. Shu sababli, dastlabki fraksiyalarda yuqori molekulyar, keyingilarida esa kichik molekulyar moddalar yig‘iladi.
Gel- filtratsiya xromatografiyasi jarayonida adsorbent sifatida gelning turli markalari qo‘llanaladi,ular juda tez shishadi, qattiq ham emas, suyuq ham emas.Katta molekulalar gelning katta g‘ovaklariga kiradi, kichik molekulalar kichik g‘ovaklariga kiradi. G‘ovakning ichki hajmi qancha katta bo‘lsa, shuncha katta molekulalaruning ichiga tushadi. Inglizchadan tarjima qilinganda gel-xromatografiyasi «g‘alvir xromatografiyasi» deyiladi.Tahlil qilinayotgan eritma xromatografik ustunga yuqoridan yuborilsa, bunda katta molekulalar birinchi bo‘lib quyiga tushadi. Ishlatilayotgan adsorbent mayda bo‘lsa, u zichlashib, unga suyuqlik o‘tmay qoladi. Natijada modda erimaydi va xromatografiya jarayoni amalga oshmaydi.Gel sifatida suvda, tuzli, tuzsiz kislotali, ishqoriy eritmalarda erimaydigan, yuqori gidrofil, kuchli bo‘kuvchi polimerlar (sefadeks,agaroza,silikagel kabi adsorbentlar) qo‘llaniladi. Shunday gellardan biri «Farmatsiya» nomli shved firmasining sefadekslaridir. Sefadekslar glyukozaning tabiiy polimeri —dekstringa epixlorgidrin ta’sir ettirib olinadi. Bunga dekstrinning uzun zanjiri uchburchak g‘ovak hosil qilib birikadi. G‘ovakning o‘lchami epixlorgidrinning miqdoriga bog‘liq. Sefadekslar G (G) harfi bilan belgilanib, «suvni yutish xajmi» bilan farqlanadilar.Sefadekslarni bo‘ktirishda odatda kuchsiz kislotali eritmalardan foydalaniladi, chunki kuchli kislotali muhit sefadekslarning glikozid bog‘lariga ta’sir ko‘rsatadi.



Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə