Ii. Laboratoriya mashg‘uloti materiallari mavzu: dorivor o‘simlik xom ashyosini taxlil qilish usullari. Mashg‘ulot shakli



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə16/48
tarix14.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#121886
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48
amaliy mashg\'ulot BFM 11

ION ALMASHINISH XROMATOGRAFIYASI

1947-yil T.B.Gapon, E.N.Gapon va F.M.Shemyakin eritmadagi ionlar aralashmasining xromatografik ustunda ajratdilar. Bunda eritmadan ionlar bilan sorbent ionlarining almashininishi kuzatildi.


Aminokislotalar, oqsillar kabi biologik birikmalar tarkibida ionizatsiyaga moyil guruhlar mavjud bo‘lib, ular birikmalarning manfiy yoki musbat zaryadini ta’minlaydilar.Ion almashinish xromatografiyasi qarama-qarshi zaryadlangan zarrachalarning tortishish kuchiga asoslangan usuldir.


ION ALMASHINUVCHI ADSORBENT TURLARI
Ion almashinish xromatografiyasi (IAX) maxsus ion almashinish smola bilan to‘ldirilgan xromatografik ustunlarda amalga oshiriladi.Ion almashinuvchi adsorbentlarning kation almashinuvchi va anion almashinuvchi turlari mavjud.Kation almashinuvchi adsorbent tarkibidagi kislota gruppasinnng protolizi hisobiga manfiy zaryadlanadi va musbat oqsillarni biriktiradi. Shunga ko‘ra kislotali kation almashinuvchi adsorbent (kationit) deb nomlanadi. Anion almashinuvchi adsorbent esa ishqoriy gruppasiga proton biriktirish hisobiga musbat zaryadlanadi va manfiy oqsillarni biriktiradi, hamda ishqoriy ion almashinuvchi adsorbent (anionit) deb yuritiladi.

Aminokislota va peptidlarni tozalashda ko‘llanuvchi smolalarni oqsillar uchun qo‘llab bo‘lmaydi.Chunki, birinchidan, oqsillar smola bilan mustahkam bog‘ hosil qiladi: ikkinchidan, smolaning o‘lchami oqsilga nisbatan kichik bo‘lganligi sababli oqsilning yirik molekulasi uning ichiga kira olmaydi; uchinchidan smolaning gidrofob matritsasi oqsilning denaturatsiyasiga sabab bo‘ladi. Shunga ko‘ra oqsilning ion almashinuvchi xromatografiyasi uchun sellyuloza asosli ion alamashinuvchi adsorbentlar qo‘llaniladi. Kation almashinish smolalari manfiy zaryadlangan funksional guruhlarni saqlab, o‘ziga musbat zaryadlangan molekulalarni tortadilar. Ushbu smolalar,shuningdek,kislotali ion almashinish smolalari deb ham ataladi. Chunki kislotali guruhlarning protoliz jarayonida manfiy zaryadlar vujudga keladi.



Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə