Ii. Laboratoriya mashg‘uloti materiallari mavzu: dorivor o‘simlik xom ashyosini taxlil qilish usullari. Mashg‘ulot shakli



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə15/48
tarix14.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#121886
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48
amaliy mashg\'ulot BFM 11

1— jadval
SEFADEKS TURLARI



Gel turlari

Molekulyar og‘irligiga ko‘ra ajratish qobiliyati, Daltonda

Suvni yutish hajmi, g/g quruq gelga nisbatan

Bo‘kkan gelning hajmi sm3/g, quruq gelga nisbatan

G – 10

700 gacha

1,0

2

G – 15

1500 gacha

1,5

3

G – 25

1000 – 5000

2,5

5

G – 50

1500 – 30000

5,0

10

G – 75

3000 – 80000

7,5

12 – 15

G – 100

4000 – 150000

10,0

15 – 20

G – 150

5000 – 300000

15,0

20 – 30

G – 200

5000 – 600000

20,0

30 – 40

Sefadekslar distillangan suvda bo‘ktirilganda, elektrostatik tortishuv tufayli bir —biriga yopishib qolishi mumkin. Elektrolitlarda esa bunday holat kuzatilmaydi. SHu sababli sefadekslarni kuchsiz tuzli eritmalarda bo‘ktirish maqsadga muvofiqdir. Barcha gellar tez bo‘linadi, lekin bo‘kish to‘liq borishi uchun ularni ma’lum muddat eritmada ushlash lozim. Agar gel to‘liq bo‘kmagan bo‘lsa, bu jarayon gel bilan to‘ldirilgan kolonkada davom etadi. Natijada gel donachalari zichlashib eritmaning o‘tishini qiyinlashtiradi. Ishlatib bo‘lgach sefadeksni avtoklavda (100°S da, 40 min) sterilizatsiya qilish mumkin.Gel – filtratsiyada ishlatiladigan gellarga agarozalar ham kiradi. Agaroza gellari — chiziqli polisaxarid bo‘lib, D – galaktoza va 3,6 – angidro – L galaktoza qoldiqlarining ketma – ket birikishidan hosil bo‘lgan.


Sefaroza, biogel A, gelaroza, sagavak – agaroza gellari hisoblanadi. Bu gellar ham dekstrin gellariga o‘xshash gidrofil hususiyatiga ega va tarkibida zaryadlangan gruppa tutmaydi. Bu gellarning g‘ovaklik darajasi yuqori bo‘lganligi sababli katta molekulyar og‘irlikka ega bo‘lgan moddalarni ajratishda qo‘llaniladi (G – 200 geli 600000 Daltongacha bo‘lgan molekulalarni ajratadi). Shu sababli agaroza gellari viruslar, NK va polisaxaridlarni tekshirishda qo‘llaniladi. Agaroza gellari yuqori konsentratsiyadagi tuz eritmalarida, 96%li spirtda, rNi 4 – 10 bo‘lgan muhitda turg‘un xisoblanadi. Gel bilan ishlash uchun optimal harorat 0 – 30°C bo‘lib, undan yuqori haroratda gel yumshab qoladi, past haroratda esa o‘z xususiyatini yo‘qotadi.
Poliakrilamid gellari akrilamid va metilenbisakrilamidning polimeri bo‘lib, ikkala monomer nisbatini o‘zgartirish bilan ma’qul o‘lchamdagi g‘ovaklik hosil qilish mumkin. «Bio – Rad – laboratoris» firmasi tomonidan 30 xildan ortiq poliakrilamid asosiga ega bo‘lgan biogellar ishlab chiqariladi, ulardan R – 2, R – 6, R – 10, ..... , R – 300 va hakozolar. Ular 800 – 400000 dalton molekulyar og‘irlikka ega bo‘lgan moddalarni ajratishda qo‘llaniladi. Bu gellar ham pH muhiti 4,5 – 9 dan oshganida va 50°C dan yuqori haroratda o‘z stabilligini yo‘qotadi.
Gel o‘rnida «bioglas» va «porasil» nomi bilan yuritiladigan g‘ovaksimon sharchalardan ham foydalaniladi.

Bu sharchalar borosilikat shishasidan yasalgan bo‘lib, bir qator ijobiy xususiyatlarga ega:



  • NF va kuchli ishqorlardan tashqari barcha reagentlarga nisbatan inert;

  • Sharchalar ishga tayyor xolda bo‘lganligi sababli bo‘kishi uchun ortiqcha vaqt sarflanmaydi;

  • Eritma katta tezlikka o‘tkazilganda ham sharchalar holati o‘zgarmaydi (bir – biriga yopishib qolmaydi, zichlashib ketmaydi);

  • Shisha sharchalarning poralari o‘lchami eritma konsentratsiyasi rNiga bog‘liq emas;

  • Shisha sharchalarni oson yuvib sterillash mumkin.

Gel filtratsiya olib borilayotgan gellarda ichki turg‘un va tashqi harakatlanuvchi fazalar mavjud. Shu zaylda gelning umumiy xajmi 2 qismdan: tashqi – granula tashqarisidagi xajm(V0) va ichki xajmidan (Vi) dan iborat. Tekshirilayotgan moddaning gel g‘ovaklari ichiga kirishi yoki gel atrofida tarqalishini tarqatish koeffitsienti ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkich molekulaning o‘lchamiga bog‘liq bo‘lib, agar molekulalar katta bo‘lsa, ular gel g‘ovaklari ichiga kira olmaydi va Kd=0 bo‘ladi. Kichik molekulalar teshik orqali gel ichiga kiradi, bu xolda Kd=1 bo‘ladi. O‘rtacha o‘lchamdagi molekulalar gel g‘ovaklari ichiga qisman kira olishi sababli ularning Kd ko‘rsatkichi 0 bilan I oralig‘ida yotadi.


Gel-filtratsiyada ajratiladigan moddani xromatografik ustundan yuborishdan to uning ustundan chiqquncha ketgan bufer xajmi elyuat xajmi (Ve) deb ataladi. Elyuat hajmi tashqi hajmga (V0), tarqalish koeffitsentiga (Kd) va gelning ichki qismiga (Vi) bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Elyuat xajmi (Ve) quyidagi tenglama bo‘yicha aniqlanadi:

Ve=V – Kd.Vi (1)


Gelning ichki hajmi (Vi]) uning quruq massasi (a) va suvni yutish qobiliyatiga (W) bog‘liq:


Vi =a.W (2)

Ue — elyuat hajmi kolonkaning katta — kichikligiga mos ravishda o‘zgaradi, lekin Kd—ma’lum gel uchun doimiy kattalik bo‘lib, uning ko‘rsatkichi xromatografik ustun o‘lchamiga bog‘liq emas.


Agar ikki hil modda turlicha molekulyar og‘irlikka va Kd ga ega bo‘lsa, (Kd,) va (Kd,,) u holda ikkala moddaning elyuat hajmi quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:

Vs= Ve, – Ve,,=(V0 – Kd,. Vi) – (V0 – Kd,,. Vi) (3)


Vsq=(Kd, – Kd,,) . Vi (4)


Ikki hil moddani to‘liq ajratish uchun tekshiriladigan eritma miqdori Vs miqdoridan xiyol kamroq olinadi.Gel ustunining balandligi 1 va 2 tenglama asosida hisoblab topiladi.





Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə