Ii. Laboratoriya mashg‘uloti materiallari mavzu: dorivor o‘simlik xom ashyosini taxlil qilish usullari. Mashg‘ulot shakli



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə1/48
tarix14.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#121886
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
amaliy mashg\'ulot BFM 11


II. LABORATORIYA MASHG‘ULOTI MATERIALLARI


MAVZU: DORIVOR O‘SIMLIK XOM ASHYOSINI TAXLIL QILISH USULLARI.
Mashg‘ulot shakli: laboratoriya ishi.
Mashg‘ulot metodi: klaster usuli.
Laboratoriya ishining maqsadi: dorivor o‘simlik xom ashyosining texnologik xususiyatlarini aniqlash.
Kerakli jixoz va asboblar: Rumex confertus o‘simligi (Otqulot o‘simligi, shavel konskiy), lineyka, tarozi, konteynerlar, qaychi, elaklar, tegirmon, lupa (10X).


UMUMIY TEXNOLOGIK JARAYONLAR
BARGLAR (FOLIA)
Farmatsevtik amaliyotda barglarga quyidagicha ta’rif beriladi: barglar quritilgan yoki yangi uzilgan holda murakkab bargning alohida barglarini tashkil etadi.
Odatda to‘liq rivojlangan barglar, bandi yoki bandsiz uziladi.
Tashqi belgilari: Tashqi belgilarini aniqlash mayda a qalin barglar odatda quruq holda tadqiq etiladi: yirik, yurqa barglar odatda ezilgan xolatda bo‘lganligi uchun ular oldindan nam kamerada yumshatib olinadi yoki issiq suvga bir necha daqiqaga bo‘ktirib qo‘yiladi. SHundan so‘ng shisha plastinka ustiga tekislab qo‘yiladi. Bunda barg plastinkasi va bandining shakli va hajmiga (tolachalarining miqdoriga va joylashishiga), barg qirralari va tomirlanish darajasiga, efir moylari bezchalarining bor yo‘qligiga va barg ustidagi boshqa hosilalar mavjudligi yoki mezofilda borligiga e’tibor beriladi (10X lupa yordamida).
YAngi uzilgan barglar xech qanday qayta ishlovlarsiz tadqiq etiladi.
Barg o‘lchamlarini aniqlash: Barg o‘lchamlari ­ plastinkasining uzunligi va kengligi, hamda barg bandining diametri va uzunligi ­ o‘lchov lineykasi yordamida aniqlanadi. Barg rangi ikki tomonlama quruq materialda kunduzgi yorug‘lik ostida, barg xidi ­ bargni ezib kurish orqali, ta’mi esa quruq bargning bir bo‘lagi yoki uning damlamasini ta’tib ko‘rish orqali aniqlanadi (faqatgina zaxarli bo‘lmagan ob’ektlardan).


O‘TLAR (HERBAE)
Farmatsevtik amaliyotda o‘tlar deb ­ o‘tsimon o‘simliklarning er ustki qismlarini quritilgan va yangi uzilgan dorivor o‘simlik hom ashyosiga aytiladi. O‘tlar ko‘pincha gullash vaqtida, g‘unchalaganda yoki meva berganda terib olinadi. Ba’zi o‘simliklarda faqatgina uchki qismlari, ba’zilarida esa ­ barcha er ustki qismi, ba’zilarida esa er ustki qismi ildizlari bilan birga yig‘ib olinadi.
Tashqi belgilari: Tashqi belgilarini aniqlashda poyasining, bargining, gullarining (mevalari) tuzilishiga e’tibor beriladi. Bunda xom ashyo ko‘zdan kechiriladi yoki lupa yordamida tadqiqi etiladi (10X). Zarurat bo‘lganda xom ashyo namlantiriladi, bunda xom ashyo bir necha diqiqaga issiq suvga solib qo‘yiladi, so‘ng shisha plastinka yoki biron bir silliq yuza ustiga joylashtiriladi. Agarda o‘t maydalangan xolda bo‘lsa, namlash uchun poyasi, barglari va gullari terib olinadi.



Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə