Ii. Laboratoriya mashg‘uloti materiallari mavzu: dorivor o‘simlik xom ashyosini taxlil qilish usullari. Mashg‘ulot shakli



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə7/48
tarix14.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#121886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48
amaliy mashg\'ulot BFM 11

«BLITS-O’YIN» TEXNOLOGIYASI





Tayyorlash bosqichlari

Yakka tartib

To’g’ri javob

Xato

1













2













3













4













5













6













7













8













9













10













«BLITS-O’YIN» uslubida talabalarni mashg’ulot mavzusini tekshirish uchun jadvalda keltirilgan mavzu bosqichlarini to’gri ketma-ketligini belgilashdan iborat. Bunda taldaba jadvalda keltirilgan tayyorlash bosqichiga raqamlar qo’yib chiqadi (yakka tartibdagi javob katagiga). So’ng, o’qituvchi tomonidan e'lon qilingan «to’gri javob» katagiga yoziladi. Yakka tartibdagi va to’gri javoblar ayirmasi «xato» katagida qayd etiladi va ularning jami mezon bo’yicha baholanadi.




LABORATORIYA MASHG‘ULOTI № 3
MAVZU:AMINOKISLOTALARNING QOG‘OZDAGI XROMATOGRAFIYASI.


Mashg'ulot shakli: «Sanoat farmatsiyasi» va «Biotexnologiya» yo‘nalishlari talabalari uchun laboratoriya mashg‘uloti.
Mashg'ulot uslubi: «Klaster» o‘yin texnologiyasi.
Mashg‘ulot maqsadi: Xromatografiya usullarida aminokislotalarni tozalash va ajratib olishni o‘rganish.Aminokislotalarning Rf ko‘rsatkichini aniqlash.
Mavzuning ahamiyati: Xromatografiya usullari haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lish. Moddalarni tozalash va aniqlashning xromatografik usullari haqida bilimga ega bo‘lish.
Ishning nazariy qismi


Xromatografiya - komponentlarning qo‘zg‘almas faza qavatidan harakatdagi faza oqimi orqali o‘tganda taqsimlanishi hisobiga amalga oshadigan ajralishga asoslangan moddalar va ular ajralishlarining tahlil etishning fizik-kimyoviy
usulidir.Xromatografik jarayonlar asosida ko‘p marta takrorlanadigan
sorbsiya va desorbsiya jarayonlari mavjudki, bunda komponentlar qo‘zg‘almas va harakatdagi fazalar o‘rtasida taqsimlanish koeffitsientlarining farqi hisobiga ularning ajralishi yuz beradi. Xromatografiya asoschisi M.S.Tsvet bo‘lib, hozirda bu usul ko‘pgina bioximik tahlillarda keng qo‘llanilmoqda. M.S.Tsvetning xromatografik usuli turli tabiatdagi moddalar aralashmalarning ajralishi va tahlilini ta’minlovchi universal usuldir. Xromatografiyaning eng muhim afzalligi sifatida bir vaqtning o‘zida ajratish, identifikatsiya, miqdoriy baxolash va moddalarni toza holda ajratib olish, sorbat va sorbentlarning fizik-kimyoviy xossalarini ifodalovchi bir qancha ma’lumotlarni olish imkoniyatini qayd etish mumkin. Ohirgi yillarda xromatografiya usullari ko‘pgina biokimyoviy kuzatuvlarda keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. Bu usul biokimyoviy izlanishlar uchun foydali bo‘lib, gormonlar, vitaminlar, antibiotiklar va boshqa biologik faol moddalarni kuzatish ishlarida qo‘llanilib kelinmoqda.Xromatografiya usuli davolash muassasalarida, klinik tahlillarni aniqlashda ham ishlatilib kelinmoqda.1850-1910yillar davrida ba’zi izlanuvchi-olimlar -Runge, Shenbeyn va boshqalar qog‘oz xromatografiyasi usulini qo‘llaganlar.SHuningdek,xromatografiya – molekulalarning differensial migratsiyasi hisobiga amalga oshadigan, ya’ni molekulalarning turlicha tezlikda harakatlanishi hisobiga boradigan ajralish jarayonidir.
Murakkab birikmalarning sifat va miqdoriy tahlili bilan bir qatorda xromatografiya vositasida yana quyidagi vazifalarni amalga oshirish mumkin:

  1. Moddalarni identifikatsiyalash va ular orasidagi farqni aniqlash;

  2. Murrakab aralashmani alohida komponentlarga ajratish;

  3. Moddaning chinligi va tozaligini aniqlash;

  4. Tahlil qilinayotgan moddani ortiqcha qo‘shimcha moddalardan tozalash;

  5. Suyultirilgan eritmalardan ma’lum moddani ajratish va uning konsentratsiyasini oshirish;

  6. Sanoat jarayonlarini nazorat qilish va avtomatlashtirish.

Xromatografiya - ajratish usullari o‘rtasida molekulalararo o‘zaro ta’sirlarning qo‘llanilishi hisobiga yuqori samarali ajratish imkoniyatlarini namoyon qiladigan usuldir. Shuning uchun ham va bu usul yordamida bajariladigan vazifalarning turli tumanligi xromatografiyaning ko‘plab variantlarini yaratilishiga olib keldi. Har qanday xromatografik jarayonda 2ta faza: harakatsiz va harakatlanuvchi fazalar ishtirok etib, ularning orasidagi fraksiyalarga ajratilayotgan moddalar aralashmasining molekulalari taqsimlanadi. Fraksiyalarga ajratishda komponentlarning kimyoviy, fizikaviy va biologik hususiyatdan foydalaniladi. Yuqoridagi jarayonlarga asoslangan holda xromatografiya usullarini ko‘rib chiqamiz. Fraksiyalarga ajratish prinsipiga asoslangan klassifikatsiyao‘z navbatida quydagilarga bo‘linadi:



  1. Affin xromatografiyasi;

  2. Adsorbsion xromatografiya;

  3. Taqsimlanish xromatografiyasi;

  4. Gel-filtratsiya;

  5. Ion-almashinish xromatografiyasi.




Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə